6-sinf fizika darsligi asosida 57-mavzu: Tovush manbalari va uni qabul qilgichlar KIRISH SUHBATI Har kuni biz turli tovushlar ta'sirida bo'lamiz: gaplashayotgan odamlar, mashinalarning ovozi, televizor va radiopriyomnikdan taraluvchi musiqalar, suvning shildirab oqishi va h.k. Ulardan ayrimlari bizga yoqadi, ayrim tovushlar esa yoqmaydi. Shunga ko'ra, kayfiyatimiz yaxshi bo'lib, unumli ishlaymiz, o'qiymiz yoki aksincha bo'ladi. Tovush orqali insonlar bir-biri bilan muloqotda bo'ladi. Shu muloqot tufayli jamiyatda rivojlanish bo'ladi. Inson tovushlardan foydalanishni allaqachon o'rganib olgan. Tovushga tegishli qonuniyatlarni o'rganib, turli xil musiqa asboblarini yaratgan. Tovushni sun'iy ravishda hosil qiladigan elektr musiqa asboblarini o'ylab topgan. Buni siz to'ylarda, konsert zallarida bir necha o'n musiqachi o'rniga, bittagina «ionik» deb nom qo'yib olishgan elektr musiqa asbobidan foydalanib, xohlagan kuyni chiqarayotgan boshqaruvchi misolida ko'rgansiz. «Ultratovush» deb ataluvchi tovush turidan tibbiyotda ayrim kasalliklarni aniqlashda va davolashda foydalaniladi. Tovushning shu turidan ilmiy-tadqiqot ishlarida, tayyor mahsulotlarning sifatini aniqlashda, dengiz va okeanlarda masofalarni o'lchashda va hoka'zolarda foydalanilmoqda. Katta quvvatli tovushlar ba'zi kimyoviy jarayonlarni tezlashtirishda, mashina va mexanizmlarning mayda, nozik qismlarini tozalashda ham qo'llanilmoqda. Tovush qanday hosil qilinishini o'rganish uchun quyidagi tajribani o'tkazaylik (123-rasm). Chizg'ichni olib, parta chetiga uchini uzun qilib chiqargan holda qo'yaylik. Qolgan qismi ni rasmda ko'rsatilganidek qo'l bilan bosib ushlaylik. Uzun uchidan pastga bosib qo'yib yuborsak, chizg'ich uchi tebrana boshlaganini ko'ramiz. Bunda tovush chiqadimi? Chizg'ich uchini parta ustiga surib tajribani takrorlaymiz. Bunda tovush eshitiladi. Chiz g'ichning tebranuvchi qismini kamaytirib borilsa, tovush aniqroq eshitila boshlaydi. Demak, tovush chiqaruvchi barcha man ba larda nimadir tebranar ekan. Haqiqatan ham, radiokarnayni 124-rasmda ko'rsatilganidek qo'yib, ustiga kichik yengil po'kak parchalarini yoki o'yinchoq to'pponchaning plastmassa sharcha - o'qlarini qo'ysak, tovush chiqayotganda sharchalar sakrab turganligini ko'ramiz. Nima sababdan uzun chizg'ich tebranib turgan da biz uning tovushini eshitmadik? Buni tushun tirish uchun tebranishni xarakterlaydigan tushuncha va kattaliklarni kiritaylik. Har qanday takrorlanuvchi harakatga tebranma harakat deyiladi. 1 sekund davomidagi tebranishlar soniga tebranishlar chastotasi deyiladi. Chastotani v harfi bilan belgilanadi. Agar jism 1 sekundda 1 marta tebransa, uning chastotasini 1 Gers (Hz) deb qabul qilingan. Inson qulog'i 16 Hz dan 20 00 Hz gacha bo'lgan tovushlarni eshita oladi. 16 Hz dan kichik tovushlarni infratovush va 20 00 Hz dan kattalarini ultratovush deyiladi. Aniq bir chastotali tovush chiqaradigan asbobga kamerton deyiladi. Kamertonni 1711-yilda ingliz musiqachisi J. Shorom ixtiro qilgan bo'lib, musiqa asboblarini sozlashda foydalangan. Kamerton ikki shoxli metall ster jendan iborat bo'lib, o'rtasida tutqichi bor (125-rasm). Rezina tayoqcha bilan kamertonning bir shoxchasiga urilsa, ma'lum bir tovush eshitiladi. Kamertonning tebranishiga ishonch hosil qilish uchun ipga birorta yengil sharchani osib, uni kamertonning ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:25:27
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
800.34 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:23
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:25 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
800.34 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:23 ]
Arxiv ichida: ppt