Tovushning obyektiv va subyektiv xarakteristikalari

Tovushning obyektiv va subyektiv xarakteristikalari

O'quvchilarga / Fizika
Tovushning obyektiv va subyektiv xarakteristikalari - rasmi

Material tavsifi

Reja. 1. Tovushning xarakteristikalari. Tovush bosimi. 2. Veber - Fexner qonuni. Tovush intensivligi. 3. Ideal suyuqlik oqimi. Bernulli tenglamasi. 4. Qovushoq (yopishqoq) suyuqlik oqimi. Nyuton formulasi. 5. Ichki ishqalanish koeffitsiyenti. Tovushning obyektiv va subyektiv xarakteristikalari. Ideal suyuqlik oqimi. Bernulli tenglamasi. Qovushoq (yopishqoq) suyuqlik oqimi. Akustika - eng past chastotali tebranishlardan boshlab, o'ta yuqori (1012 - 1013 Gts) chastotali elastik tebranishlar va to'lqinlarni o'rganuvchi fizikaning bir bo'limidir. Tovush - elastik muhit zarralari tebranishlarining muhit bo'ylab to'lqin sifatida tarqalish jarayonidir. Chastotasi 16 Gts dan 200 Gts gacha oraliqda yotgan inson eshitish organi - quloq sezadigan tebranishlar tovush tebranishlari deyiladi. Chastotasi 20·103 Gts dan ortiq bo'lgan tovushlarni ultratovush, chastotasi 16 Gts dan kichik bilgan tovushlarni infratovush, chastotasi 109 Gts dan 1013 Gts gacha tovushlarni gipertovushlar deyiladi. Tovushning havo va gazlarda tarqalish tezligi quyidagi formuladan aniqlanadi V  Bu ifoda Laplas formulasi deb yuritiladi. Elastik mushit biylab tovush tar=alganda tovush tar=almagan paytdagiga nisbatan orti=cha bosim shosil bilib, uni tovush bosimi deb ataladi. Tovush bosimining amplitudasi ro bilan tovush intensivligi J orasida quyidagicha munosabat mavjud: J  Tovush tarqalish yinalishiga tik bo'lgan birlik yuzadan vaqt birligida o'tayotgan energiya oqimi miqdori bilan xarakterlanadigan kattalik tovush intensivligi deyiladi. Tovush ikki xil turdagi: uning kishi tomonidan his qilinishi xususiyatlariga bog'liq bo'lmagan (obyektiv) hamda kishi tomonidan his qilinishiga asoslangan (subyektiv) kattaliklar bilan xarakterlanadi. Har ikkala kattaliklar o'zaro muayyan tarzda bog'langan bo'ladi. Tovushning v chastotasi, spektral tarkibi hamda J intensivligi uning obyektiv xarakteristikalari hisoblanadi. Tovushning subyektiv xarakteristikalariga tovush qattiqligi, tovush balandligi (yuksakligi) va tembri kabilar kiradi. Tovushning spektral tarkibi mazkur tovush qanday chastotadagi tebranishlardan tarkib topganini hamda ular orasida amplitudalar qanday taqsimlanganini ko'rsatadi. . Tovush qattiqligini uning intensivligiga bog'liqligini Veber-Fexner o'rganib, tovush intensivligi ortishi bilan qattiqlik taxminan logarifmlik qonuniyat bo'yicha o'sishini ko'rsatdi. Tovush qattiqligini tovush intensivligining mazkur chastotadagi eshitish bo'sag'asiga mos bo'lgan Jo intensivlikka nisbatini o'nli logarifm orqali quyidagicha ifodalanadi: L  lg ( ) (8) tovush bosimi uchun esa L  2 lg ( ) (9) Mazkur L kattalikni esa tovush qattiqligi darajasi deb ataladi va u (8) formulaga ko'ra Bell (B) birlikda o'lchanadi. Amalda esa undan 10 marta kichik birlik dB keng tarqalgan. U holda (8) ifodani quyidagicha yoziladi: L  10 lg ( ) Veber-Fexner qonuni bo'yicha hissiyotning ortish (kuchayishi), ikkita o'zaro solishtirilayotgan qo'zg'atuvchilar energiyalari nisbatlari logarifmiga to'g'ri proportsionaldir. Tovushning obyektiv xarakteristikasi bo'lgan chastotaga tovush balandligi (yuksakligi) deb ataladigan subyektiv xarakteristikasi mos keladi. Chastota qancha katta bo'lsa, tovush shuncha yuksak ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 274.54 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:23 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 274.54 KB
Ko'rishlar soni 134 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga