6-sinf fizika darsligi asosida 60-mavzu: Tovushning qaytishi. Aks sado Yorug'likning bir muhitdan ikkinchisiga o'tishida qisman qaytib, qisman ikkinchi muhitga o'tishini ko'rdik. Tovush ham bir muhitdan ikkinchi muhitga tushganda, tushish yuzasidan qaytadi. Bunga ichi bo'sh bochka yoki truba ichiga gapirib ko'rib ishonch hosil qilish mumkin. Ko'pchilik yangi qurilgan uy yoki hech kim yo'q sport zaliga kirib qolganda o'zaro gaplashgan so'zlarning baland eshitilganini sezgan. Televideniye va radioeshittirishlarni berk sport inshootlaridan olib borilganda ham ovozlar jaranglab eshitilganligiga e'tibor bergan bo'lsangiz kerak. Bularga sabab tovushning tekis devorlardan qaytishidir. Agar devorning uzoqligi 20 m dan ko'proq bo'lsa, qaytgan tovush manbadan chiqqan tovushga nisbatan biroz kechikib 128-rasm. eshitiladi. Bu qaytgan tovushni aks sado deyiladi. Agar parallel joylashgan devorlar yoki tor tog' darasi oralig'ida ovoz chiqarilsa, aks sado ko'p marta qaytariladi. Aks sado faqat qattiq jismlardan qaytgandagina hosil bo'lmaydi. Masalan, chaqmoq chaqnaganda bitta yashin hosil bo'lganini ko'rsak ham, momaqaldiroq ovozi bir necha marta takrorlanganligini kuzatganmiz. Bunda birinchi eshitilgani baland, keyingilari esa pastlashib boradi. Bunga sabab, momaqaldiroq ovozi tog'lar, o'rmonlar, binolar va bulutlardan ko'p marta qaytib bizga eshitilishidir. Tovushning qaytishidan turmush va texnikada ko'p foydalaniladi. Masalan: dengiz va okeanlarda chuqurlikni o'lchash hamda suv osti kemalarini aniqlash uchun ultratovushlardan foydalaniladi (128-rasm). Buning uchun dengiz tubiga ultratovush yuboriladi va urilib qaytgan tovush qabul qilinadi. Tovushning borishi va qaytishi uchun ketgan vaqt t o'lchanib, dengiz chuqurligi h aniqlanadi. Bunda tovush 2h masofani o'tganligi uchun 2h = vt·t bo'ladi. Bundan aniqlanadi. vt - tovushning suvda tarqalish tezligi. Bunday asbob exolot deb ataladi. Tovushning qaytishidan metall quymalar orasida havo bo'shliqlari yoki chet moddalar kirib qolganligi ham aniqlanadi. Quymaga bevosita tekkizilib qo'yilgan tovush manbai va qabul qilgich quyma bo'ylab yurgiziladi. Agar quyma ichi bir xil zichlikda va tutash bo'lsa, qaytgan tovush bir xilda bo'ladi. Chet modda va bo'shliq bo'lsa, qaytgan tovush buziladi. Tibbiyotda ham buyrak kasalliklarini, homila holatini zararsiz holda o'rganish ultratovushlar vositasida amalga oshiriladi. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:25:27
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
760.4 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:23
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:25 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
760.4 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:23 ]
Arxiv ichida: ppt