6-sinf fizika darsligi asosida 58-mavzu: Tovushning turli muhitlarda tarqalishi Tovushning tarqalishini o'rganish uchun 1660-yilda Robert Boyl shunday tajriba o'tkazgan. Shisha qalpoq ostiga soatni qo'ygan. Bunda soatning chi qillab yurgan ovozi bemalol eshitilib turgan (126-rasm). Shundan so'ng qalpoq ichidagi havoni so'rib ola boshlagan. Soatning chiqillagan ovozi pasayib, oxirida bu tunlay eshitilmay qolgan. Demak, tovush tarqalishi uchun muhit kerak ekan. Vakuumda tebranishni tarqatuvchi hech narsa yo'q. Umuman, tovush qanday tarqaladi? Kamerton shoxchasi tebranganda uning yonidagi havoda siqilishlar va kengayishlar hosil bo'ladi. So'ngra siqilish va kengayish havo zarralari orqali atrofga tarqaladi. 1. Gazlarda tovushning tarqalishi. Stadionlarda o'tkazilgan katta tadbirlarda turli uzoqlikda joylashgan radiokarnaylardan chiqqan bir xil ovozlarning bir vaqtda emas, balki oldinma-ketin eshitilganligiga e'tibor bergan bo'lsangiz kerak. Osmonga otilgan mushak larning oldin charaqlagani, keyin uning portlagan ovozini ham eshitgansiz. Momaqaldiroq vaqtida, chaqmoq chaqqanidan ancha keyin uning guldiragan ovozi keladi. Demak, tovushning havoda tarqalish tezligi yorug'likning tarqalish tezligidan ancha kichik ekan. Tovushning havoda tarqalish tezligini birinchi marta 1636-yilda fransuz olimi M. Mersen o'lchagan. Tovushning 20°C dagi tezligi 343 ms yoki 1235 kmsoat ga teng. Bu kattalik miltiq o'qining tezligidan taxminan ikki barobar kam. Tovushning tezligi havo temperaturasi ko'tarilishi bilan ortadi. Tovush tezligi 10°C da 337,3 ms, 0°C da 331,5 ms, 30°C da 348,9 ms va 50°C da 360,3 ms ga teng. Turli gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlar uchun 0°C dagi tovush tezligi 5-jadvalda keltirilgan. 2. Suyuqliklarda tovushning tarqalishi. Suyuq likda zarralar gazlarga nisbatan zichroq joylash ganligi tufayli ularda tovushning tarqalish tezligi kattaroq bo'ladi. Tovushning suvdagi tezligini birinchi marta 1826-yilda J. Kolladon va Ya. Shturm Shveysariyadagi Jeneva ko'lida o'lchashgan. 8°C li suvda o'lchangan tezlik 1440 ms ni tashkil etgan. Anhorlarda cho'milganda suv tagida ikkita toshni urib ko'rib, uning ovozini eshitgan o'quvchilar bo'lsa kerak. Tashqarida turib suv ichida hosil qilingan ovozlarni nega eshitmaymiz? Shunga qarab baliqlar ovoz chiqarmaydi, degan xulosaga ham borganmiz. Rus tilidagi «Baliqdek soqov» degan ibora shundan qolgan. Aslida baliqlar ham, boshqa suv hayvonlari - kitlar, delfinlar ham ovoz chiqarib, bir-biri bilan muloqotda bo'ladi. Faqat suvda hosil qilingan ovozning 99,9% suv sathidan orqaga qaytib ketadi. Xuddi shunday, havoda hosil qilingan ovoz ham suv ichiga o'tmaydi. 3. Qattiq jismlarda tovush tarqalishi. Buni o'rganish uchun o'yinchoq telefon yasaymiz. Yog'ochdan yasalgan ikkita gugurt qutisini olib, uning donalarini chiqarib qo'yamiz. Har birida bittadan cho'pni qoldirib, belidan bitta ipning ikkita uchini gugurtga teshib kiritib cho'plarga bog'laymiz. Qutilarni yopib ipni tarang qilib tortamiz. Telefon tayyor! O'rtog'ingizga birini berib, qulog'iga tutishini so'rang. O'zingizdagi qutini tortib, ipni taranglashtirib qutiga gapirsangiz, o'rtog'ingiz bemalol ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:25:27
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
785.62 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:23
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:25 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
785.62 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:23 ]
Arxiv ichida: ppt