tuproqlarni kimyoviy melioratsiyalash usullari Reja: 1. Nordon tuproqlarni oxaklash 2. qishloq xo'jalik ekinlarini tuproq reaksiyasi va oxaklashga munosabati. 3. Oxakning tuproq bilan o'zaro taxsiri 4. Oxakli o'g'itlar va ularning normasini aniqlash. Oxakni tuproqka solish usullari 5. Shurtoblar va shurtobli tuproqlarni gipslash 6. Gipsning tuproq bilan o'zaro taxsiri 7. tuproqni gipslash uchun ishlatiladigan materiallar. Gipsning normasi, tuproqka solish muddati va usullari. 8. Tayanch iboralar 9. o'z-o'zini tekshirish uchun savollar 10. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Nordon tuproqlarni oxaklash. Nordon reaksiyali tuproqlarda katta miqdorda singdirilgan holda vodorod va alyuminiy ionlari, shurtoblarda esa natriy kationi mavjud bo'lib, ular tuproqlarning fizikaviy, fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlarini keskin yomonlashtiradi, unumdorligini pasaytiradi. Bunday tuproqlarni holatini tubdan yaxshilash uchun ularni boshqa agrotexnik tadbirlar bilan birga kimyoviy melioratsiyalash ishlarini olib borish kerak. Nordon va shurtob tuproqlarni kimyoviy melioratsiyalash usullari tuproq mingdirish kompleksiga kationlar tarkibini kislotaliligini neytrallash va unumdorligini oshirish uchun asosiy tadbir oxaklash, shurtob tuproqlarning xossalarini yaxshilash va yuqori ishkoriyligi yo'qotish uchun gipslash kerak. Oxakli o'g'itlar kadimdan ishlatilib kelingan. Britan va Golli orollarining dehqonlari mergelp va burdan bundan 200 yil oldin foydalanganlari maxlum. 16-18-Asrlarda oxakli o'g'itlar g'arbiyevropamamlkatlarida juda keng mikyosda ishlatilgan, lekin usha paytda oxakni qanday qilishni bilmaganlar. tuproqlarning xususiyatlarini yaxshilagani sababli uni katta normalarda gung o'rnida xam ishlatganlar. Bu esa baxzi xollarda salbiy oqibatlarga xam olib kelgan. tuproqlarni kislotaliligini yo'qotish maqsadid oxakdan foydalanish fakat utgan asrning oxirlarida boshlandi. Oxakning samaradorligini aniklashda birinchi dala tajribalari D.I.Mendeleev raxbrligida 1867-1868 yillarda olib borilgan edi. Keyingi yillarda ushbu yo'nalishdagi ishlarni A.Engelgradt, P.A.Kostichev, P.S.Kossovich, K.K.Gedroits, D.N.Pryanishnikov va boshqalar olib bordilar. tadqiqot ishlarining natijalari asosida oxakning tuproqka taxsir qilish mexanizmi chimli-podzol tuproqlarda yuqori samaradorligi anklandi va oxakli o'g'itlarning qo'llashni eng samarali usullari ishlab chikildi. 2. qishloq xo'jalik ekinlarini tuproq reaksiyasi va oxaklashga munosabati. Kupchilik madaniy ekinlar va tuproq mikroorganizmlari kuchsiz nordon va neytral reaksiyasi muhitda yaxshi rivojlanadi, ishkoriy va ortikcha nordon muhit ularga salbiy taxsir kurstadi. har xil o'simliklar muhit reaksiyasiga turlicha munosabatda bo'ladi. o'simliklarni muhit reaksiyasi va oxaklashga bo'lgan talabiga karab bir necha guruhga bulinadilar: 1. tuproqning kislotaliligini o'ta sezuvchan o'simliklar, bularga: guza, beda, espartset, kand va xashaki lavlagi, kanakunjut va karam kiradi. 2. yuqori kislotalilikni sezuvchi o'simliklarga arpa, bahorgi va kuzgi bugdoy, makkajo'xori, soya, beda, kungabokar, bodring, piyoz va boshqalar kiradi. 3. tuproqning kuchli kislotaliligini kam sezuvchan o'simliklarga javdar, suli, tarik. Grechixa, tifeka, rediska va sabzi kiradi. 4. Zigir va kartoshka oxaklashga fakat kuchli kislotali tuproqlarda ehtiyoj sezadilar. Kartoshka nordon reaksiyani kam sezuvchan bo'lganligi uchun kislotali tuproqlarda xam yaxshi usadi. 5. Kuk va ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.19 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:23
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.19 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:23 ]
Arxiv ichida: doc