Turbo qurilmalarning ish rejimini aniqlash

Turbo qurilmalarning ish rejimini aniqlash

O'quvchilarga / Fizika
Turbo qurilmalarning ish rejimini aniqlash - rasmi

Material tavsifi

Turbo qurilmalarning ish rejimini aniqlash R E J A : 1. Turbo qurilmalarning ish rejimi. 2. Turbo qurilmalarning ish rejimini aniqlash usullari. Turbo qurilmalarning ish rejimi deb tashqi tarmoq xarakterisikasi blan zo'riqma xarakteristikalarni kesishgan nuqtasiga aytiladi. Kon suvlarini yer sathiga chiqarishda yoki konlarni shamollatishda turbomashina (nasos yoki ventilyator) tashqi tarmoq bilan ulangan holda ishlatiladi. Oqimning uzluksizlik qonuniga binoan qurilma tizimi bo'ylab harakatda bo'ladigan oqim sarfi - Qt turbomashina unumdorlikgiga - Q teng bo'ladi, ya'ni: Q=QT Suv yoki havoni tarmoq bo'ylab harakatga keltiruvchi kuch - bu nasos zo'riqmasi - N yoki ventilyator bosimi - R dir. Zo'riqma (bosim) kon suvini ma'lum balandlikga chiqarish va tashqi tarmoqning gidravlik qarshiliklarini engib o'tishga sarflanadi. Demak, energiyani saqlanish qonuniga binoan turbomashina zo'riqmasi (bosim) - N tarmoqning qarshi bosimiga - Nt teng bo'ladi, ya'ni: N=Nt 4.4-rasm. Turbomashina ish rejimining ko'rsatkichlarini aniqlash grafigi Ushbu xulosalarga ko'ra qurilma tizimning ish rejim ko'rsatkichlari (Qr va Nr) bir vaqtda (4.20) va .21) tenglamalarda keltirilgan talablarni qanoatlantirishi shart ekan. Turbomashinaning zo'riqma va tashqi tarmoq harakateristikalarini ifodalovchi tenglamalar, ya'ni H=f(Q); HT=f(Q),yechimi yuqorida keltirilgan shartlarni qanoatlantiradi. Tenglamalar yechimi grafik va analitik usullar bilan topiladi 4.4-rasm. Turbomashina ish rejimining ko'rsatkichlarini aniqlash grafigi. Grafik usulda turbomashinaning zo'riqma xarakteristikasi (1-egri chiziq) va tarmoq xarakteristikasi (2-egri chiziq) bir xil masshtablarda H-Q koordinat tizimida chiziladi. Egri chiziqlar kesishgan nuqtaning (R-nuqta) koordinatalari Qp va Hp (masshtablar bir xil bo'lganligi uchun) yuqorida keltirilgan shartlarni qanoatlantiradi. Shuning uchun bu nuqta tashqi tarmoq bilan birga ishlatiladigan turbomashinaning ish rejimi deyiladi. Ushbu (4.4-rasmda) turbomashinaning quvvat - N (3-egri chiziq) va foydali ish koeffitsiyenti - η (4-egri chiziq) xarakteristikalari ham ko'rsatilgan. Turbomashina ish rejimiga mos keladigan quvvat - Nr va foydali ish koeffitsiyenti - ηr R nuqtadan o'tkazilgan tik chiziq bilan quvvat (3-egri chiziq) hamda F.I.K. (4-egri chiziq) xarakteristikalari bilan kesishgan nuqtalar (R1 va R2) ordinatalari Nr va ηr orqali topiladi. Ikkinchidan elektr tarmoqning kuchlanishi yuklama ortishi bilan o'zgarib turadi. Bu o'zgarish turbomashina ish g'ildiragining aylanish tezligini o'zgartiradi va turbomashinaning zo'riqma xarakteristikasi (4.5 a-rasm) o'zgaradi. Bu holat yana turbomashina va tarmoq tizimi ish rejimini oldingi holatiga nisbatan o'zgartiradi (4.5 b-rasm). Natijada oqim sarfi kamayadi. Ish rejim ko'rsatkichlarga salbiy ta'mir etuvchi faktlarni oldini olish uchun qurilmani loyihalash va ishlatish jarayonida; Ish rejim unumdorligi kondagi suv oqim miqdoridan kam bo'lmasligi; Geometrik suv chiqarish balandlik - Ng, unumdorlik - Q=0 bo'lgandagi turbomashina zo'riqmasining - N0, Ng≤0.9·N0 qismini tashkil etishi; Tashqi tarmoq va mashina xarakteristikalari kesishgan nuqta bitta bo'lishi kabi ko'rsatmalarga amal qilish talab etiladi. Ushbu ko'rsatmalarga amal ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.12 MB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:23 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.12 MB
Ko'rishlar soni 148 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga