Turbomashina ishchi g'ildiragi bilan energiyani suv yoki havoga uzatish jarayoni. Turbomashinalarning asosiy energetik tenglamasi

Turbomashina ishchi g'ildiragi bilan energiyani suv yoki havoga uzatish jarayoni. Turbomashinalarning asosiy energetik tenglamasi

O'quvchilarga / Fizika
Turbomashina ishchi g'ildiragi bilan energiyani suv yoki havoga uzatish jarayoni. Turbomashinalarning asosiy energetik tenglamasi - rasmi

Material tavsifi

Turbomаshinа ishchi g'ildirаgi bilаn energiyani suv yoki hаvogа uzаtish jаrаyoni. Turbomаshinаlаrning аsosiy energetik tenglаmаsi. Turbomаshinаlаrning nаzаriy unumdorligi vа nаzаriy zo'riqmа хаrаkteristikаsi. Turbomаshinаlаrdа energiya yo'qotilishi. Gidrаvlik, хаjmiy vа meхаnik energiya yo'qotilishi хаqidа umumiy tushunchаlаr R E J A : 1. Turbomashina ishchi g'ildiragi bilan energiyani suv yoki havoga uzatish jarayoni. 2. Turbomashinalarda energiya isrofi va uning xarakteristikasi Turbomashinalar va ularni tasnifi Turbomashinalarda - energiy suyqlikka, ish gildiragi parraklari bilan zarrachalarning o'zaro bo'ladigan ta'sir kuchi yordamida uzatiladi. Turbomashinalar konchilik sanoatida shaxta va karerlarni shamollatish, kon suvlarini er sathiga chiqarib tashlash va siqilgan havo energiyasida ishlaydigan kon mashinalari va uskunalarini yuqori bosimli havo bilan ta'minlashda qo'llaniladi. Ular quyidagi alomatlar buyicha tasniflanadi: a)Harakatlantiruvchi muhit turiga ko'ra: - havo yoki gazlarni harakatlantiruvchi suv va suvli aralashmalarni harakatlantiruvchi gidravlik mashinalar Havo yoki gazlarni harakatlantiruvchi mashinalar guruhiga ventilyatorlar, havo purkagichlar va kompressorlar kiradi. Ventilyator va havo purkagichlar havo yoki gazlarni harakatlantiruvchi mashinalardir. Kompressorlar esa havoni siqish va uni iste'molchilarga etkazib berish uchun qo'llaniladigan mashinadir. Suv va cuvli aralashmalarni harakatlantiruvchi mashinalar guruhiga nasoslar, loyqa so'rgichlar (zemlesosni) va ko'mir so'rgichlar (uglesosi) kiradi. Nasoslar kon suvlarini, loyka so'rgichlar suv va tog' jinslari aralashmasini va ko'mir so'rgich suv va kumir aralashmasini harakatlantiruvchi mashinalardir. b) Ish organining konstruktiv tuzilishiga ko'ra gidravlik mashinalar uch guruhga bo'linadi. - parrakli - porshenli - rotatsion Parrakli gidravlik mashinalarning ish organi ishchi g'ildirak hisoblanadi va u o'qga mustahkam o'rnatiladi. Ishchi g'ildirak mashinalarda mashina o'qi va diametral mashinalarda ishchi g'ildirak diametri bo'ylab harakatlanadi va uning oqimi tinimsiz va bir me'erda aylanma harakat bilan aylanib parraklar bilan energiyani suyuqlik oqimiga uzatadi. Ishchi g'ildirakda suyuqlikning harakat yunalishiga qarab ular markazdan qochma o'qchizikli va diametral mashinalarga bo'linadi. Suyuqlik markazdan qochma mashinalarda ishchi g'ildirak radiusi, o'qchiziqli bo'ladi. Porshenli gidravlik mashinalarning ish organi silindr ichida ilgarilama-qaytarma harakat bilan harakatlanadigan porshen xisoblanadi. Bu turdagi mashinalarda suyuqlik bosimini ortishi porshenni harakati natijasida silindr xajmi kamayishi bilan amalga oshiriladi. Rotatsion gidravlik mashinalar guruhiga ish organining konstruktiv tuzilishi turlicha bo'lgan vintli, tishli, uyurma va rotatsion mashinalar kiradi. v) Suyuqlik oqimiga energiya uzatish uslubi bo'yicha gidravlik mashinalar uch guruhga bo'linadi. Bular - uyurmali - hajmiy - boshqa muhit energiyasi asosida ishlaydigan. Energiyani suyuqlikga uyurma orqali uzatish parrakli gidravlik mashinalarga tegishlidir. Bunday energiya uzatish parraklarning suyuqlik oqimi bilan o'zaro ta'siri natijasida paydo bo'ladigan ko'tarish kuchiga asoslangan. (Varraklarni uchish nazariyasiga o'xshash). Energiyani suyuqlikga hajmiy ko'rinishda uzatish ishchi bo'shliq hajmini majburiy ravishda (porshen orqali) kamaytirishga asoslangan. Ishchi bo'shliq hajmi kamaygan sari undagi suyuqlikning bosimi ortadi va yuqori bosimdagi suyuqlik ishchi bo'shliqdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.2 MB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:23 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.2 MB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga