Turbomаshinаlаrning nаzаriy аsoslаri. Ulаrning turlаri vа gidro-аerodinаmik sхemаlаri. Ishchi g'ildirаkli suyuqlik хаrаkаtining kinemаtikаsi. Suyuqlikni ishchi g'ildirаkkа kirish vа chiqish joylаridаgi tezlik diаgrаmmаlаri R E J A : 1. Turbomashina ishchig'ildirakda suyuqlik oqimi xarakati. 2. Turbomashinaning nazariy zo'riqmasi. 3. Turbomashinaning nazariy unumdorligi. 4. Turbomashinaning nazariy xarakteritikasi. 5. Turbomashinalarda energiya isrofi va uning xaqiqiy xarakteristikalari. gidravlik mashinalar Sun'iy ravishda tuliq nisbiy energiya farqi gidravlik mashinalar vositasida amalga oshiriladi. Gidravlik mashinaning ishchi organi suyuqlik oqimi bilan o'zaro muloqotda bo'lib unga tashqaridan sun'iy ravishda energiya uzatadi. Uzatilgan energiya miqdori suyuqlikni kerakli balandlikka ko'tarish va qarshiliklarni engib o'tish uchun sarflanadigan ishga etarli bulishi kerak. Gidravlik mashinalar konchilik sanoatida shaxta va karerlarni shamollatish, kon suvlarini er sathiga chiqarib tashlash va siqilgan havo energiyasida ishlaydigan kon mashinalari va uskunalarini yuqori bosimli havo bilan ta'minlashda qo'llaniladi. 2.Har bir parraklar qadamidagi (parraklar qadami aylana uzunligini parraklar soniga bo'lgan nisbati) va ishchi g'ildirak eni v2 (parrak uzunligi)dagi oqim tezliklari bir hil deb qaraladi. 3.Ishchi g'ildirakning parraklar soni cheksiz ko'p va ular qalinlikga ega emas deb faraz qilinadi. Bu bilan suyuqlik oqimi parraklar ta'sirida cheksiz va parallel tizillamalarga (struya) bo'linadi. Bu bilan har bir tizillama oqim harakat troektoriyasini parraklar shakliga mos kelishiga sharoit yaratiladi. 4.Suyuqlik harakati barqarorlangan harakat deb qaraladi. Ma'lumki barqarorlangan harakatda tezlik vaqtga bog'liq emas. 5.Ishchi g'ildirakda energiya isroflari bo'lmaydi deb qaraladi. Bu bilan ishchi g'ildirakga uzatilgan mexanik energiya to'liq suyuqlikga o'tadi deb qarashga imkon beradi. Bunday cheklashlar bilan qabul qilingan ishchi g'ildirak nazariy ishchi g'ildirak va uning zo'riqma va unumdorligi esa nazariy zo'riqma va nazariy unumdorlik deb tushuniladi. Turbomashinaning nazariy zo'riqmasi Parraklar soni cheksiz va qalinlikga ega bo'lgan hamda energiya isrofi yo'q deb faraz qilingan ishchi g'ildirak nazariy (ideal) ishchi g'ildirak deb qabul qilingan. Ideal ishchi g'ildirak orqali suyuqlik oqimiga uzatilgan mexanik energiya uning nazariy zo'riqmasi deyiladi. Mexanik energiyani parraklar orqali suyuqlik oqimiga o'tish jarayoni tizillama (struynoe) va uyurma (vixrevie) harakat nazariyalari asosida o'rganilgan. Tizillama harakat nazariyasi okim bir necha o'zoro parralel tizillamalardan tashkil topgan va chegaralangan joyida harakatlanadigan oqimlar uchun qo'llaniladi. Uyurma harakat nazariyasi esa parraklarni oqim bilan o'zaro muloqati natijasida parraklar atrofida paydo bo'ladigan uyurma harakatni parralel oqim harakatiga ta'siri natijasida paydo bo'ladigan ko'tarish kuchiga asoslangan. Uyurma harakat nazariyasi o'ta murakkab bo'lib u o'quvchidan oqimning uyurma harkati to'g'risida ma'lum darajada bilimga ega bo'lishini talab qiladi. Bu bilim oqim harakatini endi o'rganayotgan o'quvchida etarli emas. Shuning uchun ushbu qo'llanmada turbomashinaning nazariy zo'riqmasini aniqlash usuli tizillama harakat nazariyasi asosida ko'rsatilgan. 3-rasm. Markazdan qochma turbomashinalar. Ularning asosiy bo'laklarini ishchi ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.02 MB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:23
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.02 MB
Ko'rishlar soni
135 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:23 ]
Arxiv ichida: pptx