turli xil omillarning organik va mineral o'g'itlar samaradorligiga ta'siri Reja: 1. tuproq xususiyatlarining taxsiri 2. Agrotexnik sharoitlari 3. iqlim sharoitlari 4. Organik va mineral o'g'itlarni birgalikda ishlitilishi 5. Ayrim ekinlar oziqlanish xususiyatlarining ahamiyati va almashlab ekish xarakteri. 6. Tayanch iboralar 7. o'z-o'zini tekshirish uchun savollar 8. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. tuproq xususiyatlarining taxsiri. qishloq xo'jalik ekinlariga berilayotgan o'g'itlarning samarali taxsiri o'simliklarni etishtirishda qo'llaniladigan agrotexnik tadbirlarga, tuproqning xususiyatlari, iqlim sharoitiga va boshqa omilga ko'p jihatdan bog'liqdir. o'simliklarga solinayotgan o'g'itlarning taxsiri tuproqning bir kator xususiyatlariga bogdikdir. tuproqning bunday xususiyatlari jumlasiga: tuproqning tipi va turi, mexanik tarkibi, kimyoviy tarkibi madaniylashganlik darajasi, muhit reaksiyasi, tarkibidagi o'simliklarga uzlasha oladigan ozuka moddalar miqdori va boshqalar kiradi. har xil tipdagi tuproqlargasolingan ayrim o'g'itlarning taxsiri turlicha bo'ladi. Masalan, kora tuproqlarda anchagina katta va ko'p miqdorda fosforli o'g'itlar ishlatiladi. Chimli-podzol tuproqlarda tulakonli o'g'it sifatida azotning ahamiyati kattadir. Torfli mintaqalarda kaliy ahamiyati jihatdan birinchi urinda turadi. tuproqning mexanik tarkibi o'g'itlarning harakatlanishi, singdirilishi va ushlanib qolishiga, bu esa o'z navbatida o'simliklarning o'g'itlar tarkibidagi ozuka moddalardan foydalanish xarakteriga taxsir qiladi. tuproqning mexanik tarkibini o'g'itlarning normasini, solish moddalari va usularini belgilayotganda hisobga olish lozim. Ogir mexanik tarkibli tuproqlarda o'g'itlarning singdirilishi va mustahkamlanib qolishi kuchli bo'ladi, suv bilan birga harakatlanishi sekin bo'ladi, bu jarayonlar yengil mexanik tarkibli tuproqlarda ancha tez utadi. o'g'itlarning samaradorligiga tuproqlarning madaniylashganlik darajasi katta taxsir qiladi. Madaniylashgan tuproqlarning fizik kimyoviy xususiyatlari yaxshi bo'ladi, shunday tuproqlarda mikrobiologik jarayonlar intensiv utadi, bu esa o'g'itlarning samaradorligiga ijobiy taxsir qiladi. Madaniylashgan tuproqlarning kuzga tashlanadigan ko'rsatkichlaridan bir - ularda o'simliklarga yengil uzlashadigan ozuka elementlarining borligidir. o'g'itlardan tuproq xususiyatlarini hisobga olgan holda ratsional, tabakalashtirib foydalanishda yuqorida aytilgan tuproq xususiyatlarini bilish kerak. Buning uchun tuproqlarni tekshirish va xo'jaliklarning tuproq xaritasini tuziladi, xaritada tuproqning almashlab ekish dalalaridagi alohida turlari, ularning xarakteristikasi, mexanik tarkibi, organik moddalar miqdori, xaydov qatlamining chuqurligi va boshqa xususiyatlari kursatiladi. tuproqning ayrim xususiyatlari juda sekin uzgaradi, tuproqni tekshirish jarayonida olingan bunday ko'rsatkichlar shu tuproq turi uchun uzoq vaqt xizmat qilishi mumkin. tuproq xaritasidan tashqari, xo'jaliklarda agrokimyoviy kartogrammasi xam mavjudki, ularda tuproq tarkibidagi arakatchan ozuka moddalarning miqdori, kislotaliligi, tuproq singdirish kompleksining asoslari bilan to'yinganlik darajasi va boshqa tez uzgarib turadigan ko'rsatkichlar keltiriladi. 2. Agrotexnika sharoitlari. qishloq xo'jalik ekinlarini etishtirishda qo'llaniladigan agrotexnik tadbirlar xam organik va mineral o'g'itlarning o'simliklar tomonidan samarali foydalanishga taxsir kursatadi. Agrotexnik tadbirlar jumlasiga: tuproqlarga o'z vaqtida va sifatli qilib ishlov berish, qishloq xo'jalik ekinlarini eng yaxshi va kulay agrotexnik muddatlarda ekish ekinlarning eng yaxshi o'tmishdoshlarini tanlash, almashlab ekish qoidalariga rioya qilish, qishloq xo'jalik ekinlari zararkunandalari, ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.39 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.39 KB
Ko'rishlar soni
81 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:24 ]
Arxiv ichida: doc