Uch fazali o'zgaruvchan tok zanjirlari

Uch fazali o'zgaruvchan tok zanjirlari

O'quvchilarga / Fizika
Uch fazali o'zgaruvchan tok zanjirlari - rasmi

Material tavsifi

Uch fazali EYuK uch fazali sinxron generatorda hosil qilinadi. Ushbu generator (1-rasm, a) qo'zg'almas stator va uning ichida aylanuvchi rotordan iborat. Statorning pazlariga (ariqlariga) o'ramlar soni o'zaro teng bo'lgan va bir-biridan faza bo'yicha ga siljigan (yoki T3 davrga farq qilgan) uchta chulg'amlar joylashtirilgan. Rotor o'zgarmas burchak tezligi ω bilan aylanganda uning magnit kuch chiziqlari statorning har bir chulg'amida (fazasida) elektromagnit induktsiya qonuniga ko'ra, amplituda va chastotalari bir xil bo'lgan, ammo bir biridan faza bo'yicha 2π3 ga (yoki T3 davrda) farqlanuvchi quyidagi sinusoidal o'zgaruvchan EYuK larni induktsiyalaydi: Yuqoridagiga o'xshash yo'l bilan uch fazali kuchlanish va tok sistemasi uchun ham quyidagi ifodalarni yozish mumkin: Shuningdek, grafikdan ko'rinadiki har bir faza EYuK lari o'zlarining maksimumlariga T3 davr o'tib erishadi. Shunga ko'ra, EYuK vektorlari larning geometrik yig'indisi quyidagicha (1-rasm, v) bo'lib, qirrali simmetrik yuldz shaklini tashkil etadi. 1-rasm, a va b dagi grafik haqida vektorlar diagrammasi generator rotorining soat mili harakati aynalishi yo'nalishiga mos keladi. Bunda hosil bo'lgan fazalarning A-B-C ketma-ketligi (almashinuvi) fazalarning to'g'ri ketma-ketligi deyiladi. 1-rasm, v da ko'rsatilgan vektor diagrammada esa EYuK vektorlari o'zining effektiv qiymatlarida ifoda qilingan. Generator va iste'molchi fazalari oxirgi uchlarini tegishlicha va nuqtalarga ulash yulduz usulida ulash deyiladi (2-rasm). Bunday ulash usuli ʎ belgisi bilan belgilanadi. va nuqtalar generator va iste'molchining nolinchi (yoki neytral) nuqtalari deyiladi. Аna shu nuqtalarni birlashtiruvchi sim nolinchi (yoki neytral) sim deyiladi. Uch fazali EYuK, kuchlanish va toklarning shartli musbat yo'nalishi 2-rasmdagi sxemada ko'rsatilgandek qabul qilinadi. Ushbu rasmda tokning musbat yo'nalishi qilib generatordan iste'molchiga tomon yo'nalishi, generator EYuKining musbat yo'nalishi esa generator chulg'amining oxirgi uchlaridan uning bosh uchlari tomon yo'nalishi olingan. Iste'molchilarda kuchlanish va tokning musbat yo'nalishi qilib ularning bosh uchlaridan oxirgi uchlariga tomon yo'nalish qabul qilingan. Ushbu tengliklardan foydalanib, faza va liniya kuchlanishlari orasidagi nisbatni aniqlash mumkin. Buning uchun ixtiyoriy faza kuchlanishlarining vektorlari o'zaro farq bilan chiziladi. So'ngra faza kuchlanishlarining ma'lum qiymatlariga ko'ra (4) ifodaga binoan liniya kuchlanishlarining vektor diagrammasini qo'rib, uning qiymatini aniqlaymiz Mаnbа vа iste'molchilаrni uch simli yulduz usulidа ulаsh Generatorning (yoki uch fazali tarmoqning) fazalariga ulanadigan qarshiliklar o'zaro teng va bir xil xarakterga, ya'ni bir xil sig'im va bir xil induktivlikka ega bo'lsa, bunday nagruzka simmetrik hisoblanadi. Simmetrik nagruzkada liniya toklarining yig'indisi nolga teng, ya'ni ifodaga mos vektor diagramma 5-rasm, a da ko'rsatilgan. Ushbu vektorlar diagrammasidan ko'rinadiki, simmetrik nagruzkada nolinchi simdan tok o'tmaydi. U holda nolinchi sigma ehtiyoj qolmay, manba va iste'molchini uch simli yulduz usulida ulash mumkin bo'ladi (5-rasm, b). Uch fazali simmetrik iste'molchilarga uch fazali asinxron dvigatellar, uch ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.36 MB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:24 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 3.36 MB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga