Uch fazali uch simli zanjir aktiv quvvatini bir elementli vattmetr bilan o'lchash Reja: Uch fazali uch simli o'zgaruvchan tok zanjirlari aktiv quvvatini o'lchash usullari. Uch fazali uch simli zanjir aktiv quvvatini bitta bir elementli vattmetr bilan o'lchash. Tayanch so'z va iboralar: uch faza, uch simli, to'rt simli, zanjir, bir elementli, ikki elementli, vattmetr, o'lchash transformatori, shartli grafik belgi. Uch fazali tok quvvatini vattmetrlarda ulashning har xil usullari qo'llaniladi.Laboratoriya sharoitlarida uch fazali tok zanjirlari quvvatini bitta, ikkita va uchta asboblar uslubi deb ataladigan bitta, ikkita va uchta bir fazali vattmetrlarni ulab o'lchash usullaridan foydalanish mumkin.Qaysi usulni tanlab olish uch fazali tok zanjirlarining uch yoki to'rt simliligi, elektr energiya iste'molchilarining tekis yoki tekismasligi va iste'molchilarning ulanish usuli yulduz yoki uchburchak ulashga bog'liq aniqlanadi.Lekin, texnik o'lchashlarda mxsus vattmetrlardan, jumladan, ikki yoki uch elementli vattmetrlardan foydalaniladi.Mamlakatimiz sanoati uch fazali uch simli zanjirlar uchun ikkita va uch fazali to'rt simli zanjirlar uchun uchta o'lchash mexanizmlari birikmasidan tarkib topgan uch fazali vattmetrlar ishlab chiqaradi.Bu vattmetrlar tarkibiga kirgan xar ikki va uch o'lchash mexanizmlar bitta umumiy o'q, ko'rsatkich strelka va shkalaga ega.Shu sababli, qo'zg'aluvchan qismga aylantiruvchi momentlarning algebrik yig'indisi ta'sir etadi va vattmetr zanjiridagi umumiy quvvatni o'lchaydi. (1) Bunda -faza, -liniya kuchlanishlari, -faza, -liniya toklari.Ikki va uch elementli uch fazali vattmetrlarning o'lchash chegaralarini kengaytirish talab qilinishiga bog'liq: tok transformatorlari bilan: kuchlanish transformatorlari bilan: ham tok, ham kuchlanish transformatorlari bilan amalga oshiriladi. Elektromagnit, elektrodinamik, ferrodinamik va induksion tizimli elektr o'lchash asboblarining o'lchash chegarasini kengaytirish uchun tok transformatorlari, kuchlanish transformatorlari yoki ham tok transformatorlaridan foydalaniladi.Tok transformatorlari Ku=105; 155; 205; 305 va hokazo transformatsiya koeffitsenti xillari bo'ladi.Kasrning suratida kelgan 10; 15; 20; 30 va boshqa raqamlar transformator birlamchi cho'lg'amining nominal tokini amperdagi ifodalarini bildiradi, masalan, J1nom=10A; 15A; 20A; 30A hoka'zolar.Kasrning maxrajidagi raqam tok transformatorlari ikkilamchi. Yani elektr o'lchash asbobiga ulanadigan cho'lg'ami nominal tokini anglatadi. J2nom=5 A .O'quv laboratoriyalarida asosan UTT-5; UTT-5M; UTT-6; I-54 kabi tok transformatorlari bilan ish ko'riladi.TTtok transformatorlari o'n aniqlik sinflarida 0,01; 0,02; 0,05; 0,1; 0,2; 0,5; 1,0; 3,0; 5,0; va 10 tayyorlanadi.0,2 aniqlik sinfiga munosib I-54 transformatorlari birlamchi cho'lg'amining nominal toki 0,5; 1; 2; 5; 10; 20; va 50 A ga, ikkinchi cho'lg'amining nominal toki 5 A ga teng.O'lchashlarning kuchlanish transformatorlari TN turli, jumladan, NOS-havo bilan sovitiladigan bir fazali kuchlanish transformatorlari, NOSKK-kompensatsiya cho'lg'amli NTO uch fazali quruq., NOM bir fazali moyli, ZNOM uch fazali moyli, NKF chinni g'ilofli bir fazali va boshqa markalarda ishlab chiqariladi.O'quv laboratoriya UTN-1, U-universal, TN turdagi transformatorlarda keng foydalaniladi.TN larning birlamchi cho'lg'amlarining nominal ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.89 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:24
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.89 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:24 ]
Arxiv ichida: doc