Uglevodlardagi glyukozid bog'larining konfiguratsiyasini turli xil uslublar yordamida YaMR asosida o'rganish a) protonlarning spin-spinlar ta'sir konstantasini tahlil qilish yoki PMR dagi anomer markaz protonlari signallarining kimyoviy siljish qiymatlari bo'yicha; b) anomer uglerodning qo'shni turgan protonlar bilan spin-spinlar ta'sirini etiborga olish orqali, yani uglerod bilan proton orasidagi ta'sirlashishni etiborga olgan sharoitda spektr olish (13S ning «off rezonans»li turi) orqali; v) piranozlardagi S-5 atomining furanozlardagi S-1 uglerod atomining 13S YaMR dagi signal holatlarini aniqlash orqali. Polisaxaridlarni YaMR spektroskopiya uslubni ishlatib tahlil qilish uchun kimyoviy, fizik-kimyoviy uslublarni birgalikda ishlatib kerakli ma'lumot olinadi. Buning uchun olib borilgan ko'p tadqiqot ishlar natijasida malum bir chizma taklif qilingan. Bu chizmada avval polisaxaridlar ajratib olingandan so'ng uni YaMR spektri olinadi, keyingi bosqichlarda esa turli xil kimyoviy modifikatsiya va reaksiyalar natijasida hosil qilgan mahsulotlarining spektri o'rganish taklif qilinadi. Shunday qilib polisaxaridlarning tuzilishini o'rganishda boshlang'ich holatdagi spektrlar bilan modifikatsiyalangan va degradatsiya jarayoni natijasida hosil bo'lgan bo'laklarning YaMR larini o'rganib biopolimer tuzilishiga tegishli bo'lgan muhim ma'lumotlarni olish mumkin. Shuni takidlash lozimki, bunday murakkab masalalarni xal etish uchun eng avvalo zamonaviy va ishlash chastotasi yuqori bo'lgan (220, 320, 500 mGts) spektrometrlardan va YaMR ning muhim bo'limlaridan bo'lgan qo'sh rezonans uslubidan keng miqyosda foydalanish kerak. Uglevodlarning tuzilishini o'rganishda I+, YaMR spektroskopiya usullari bilan bir qatorda mass-spektroskopiyadan ham keng ko'lamda foydalanib kelingan. Mass-spektrning hosil bo'lishida asosiy omillardan biri ionlanish jarayoni hisoblanadi. Ko'p vaqtlar davomida ionlanish uslubining turi sifatida elektron yordamida zarba berish ishlatilib kelingan. Keyingi vaqtlarda bunday ionlanish turidan tashqari kimyoviy ionlanish, maydon yordamida desorbtsiyalash va tezlashtirilgan atomlar yordamida bombardimon qilish kabi uslublardan keng ko'lamda foydalanish yaxshi yo'lga qo'yilgan. Monosaxaridlar uchishi qiyin bo'lgan birikmalar bo'lganligi uchun elektron zarba yordamida ionlanishga uchratib spektrini olish qiyin. Shuning uchun ularning turli xil hosilalari sintez qilinib spektri yaxshi o'rganilgan. Monosaxarid hosilalarining elektron zarba yordamida olingan spektrida molekulyar ion M ko'rinishda bo'ladi va turli xil bo'laklarining intensivligi katta bo'lmaydi. Monosaxaridlarning turli xil alisiklik hosilalarining (atsetatlar, metil efirlari, triftoratsetatlari) mass-spektrlarini tahlil qilish natijasida hosil bo'ladigan bo'laklar S-S bog'larining uzilishi yordamida sodir bo'lishi va OR guruhi OR ozod radikal holda M dan hosil bo'lishi yoki RON ham M da hosil bo'lishi aniqlandi. RMe, Ac, CF3CO Piranoz yoki furanoz holatdagi qand hosilalarining mass-spektrida bog'larning uzilishi birinchi navbatda glyukozid bog'lariga yaqin turgan S1-S2, S1-Sg va S1-Ok larda sodir bo'ladi, uzilish metil va atsetat hosilalarida, piranoz va furanoz halqalarda har xil sodir bo'lib o'ziga xos bo'laklar hosil qiladi. Furanozlar uchun ayniqsa S4-S5 bog'ning uzilishi o'ziga xos, ammo geksa piranozdagi S5-S6 bog'larning uzilishi kichik ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
92.83 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
92.83 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:25 ]
Arxiv ichida: doc