Uglevodlarning infraqizil spektrlari Infraqizil spektroskopiya (I+) organik moddalar tuzilishini o'rganishda keng ko'lamda ishlatiladigan uslub bo'lib, u yordamida tabiiy birikmalarning tuzilishi, fazoviy holatini aniqlash kabi muhim nazariy muammolarni xal etish ishlari juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. Uglevodlar molekulasida xromofor guruhlarining yo'qligi ularni ultrabinafsha spektroskopiya (UB) yordamida o'rganishga imkoniyat bermaydi Uglevodlar kimyosida I+ spektroskopiya funksional guruhlar va ularning molekulada bir-biriga nisbatan qanday joylashganligini aniqlashda ishlatiladi. Bunday muhim ma'lumotlarni olish ishlari birinchi navbatda monosaxaridlar va ularning hosilalarida olib borildi. Malumki, monosaxaridlar I+ spektroskopiyada ishlatiladigan CS2, CHCl3, CCl4 kabi erituvchilarda erimaydi, suvni ishlatish esa murakkab asbob-uskunalar talab etadi. Shuning uchun eritma holatida faqat monosaxaridlar hosilalarining spektri olinib, monosaxaridlar esa kaliy bromid bilan tabletka holatda tayyorlanib spektri olib o'rganiladi. Monosaxaridlarni identifikatsiya qilish uchun spektrning 650-400 sm-1 sohasi olinadi va 650-1250 sm-1 soha («barmoq sohasi») chuqur tahlil qilinadi. Monosaxaridlar va hosilalarining gidroqsil guruhi chastota qiymatlarini o'rganib, shu guruh yon qo'shnisi va ularning molekulada bir-biriga nisbatan qanday joylashganligi va molekulaning konfiguratsiyasi, hamda konformatsiyalari haqida ma'lumotlar olish mumkin. Bu ma'lumotlarni olish uchun birikmalarning juda suyultirilgan eritmasining spektri olinadi, chunki kuzatiladigan molekulalararo vodorod bog'lar aynan shu kontsentratsiyalarda namoyon bo'ladi. Bu uslub monosaxaridlar hosilalarini CCl4 da o'rganishga asoslangan. Bunday moddalarda gidroqsil guruhi vodorod bog'i hosil qilishda qatnashmasa uning qiymati 3650-3630 sm-1 oralig'ida namoyon bo'ladi, agar vodorod bog'i hosil qilishda qatnashsa qiymat kamayadi. Agar gidroqsil guruhi molekula ichidagi vodorod bog'i hosil bo'lishida qatnashib besh azoli halqa hosil qilsa qiymat taxminan 30 sm-1, olti azolida esa 80 sm-1 ga kamayadi. Yutilish chastotasining intensivligi muvozanat aralashmadagi gidroqsil guruhlarining miqdoriga bog'liq. Bu holat avval gidroqsil guruhi tutgan oddiy birikmalarda, keyinchalik esa bu ma'lumotlar monosaxaridlar hosilalarining infraqizil spektrini o'rganishda foydalanilgan. 2,3-Di-O-metil--D-ksiloza eritmada ko'proq miqdorda A konformatsiya holatida bo'lib, bu holatni barqaror qiladigan ikkita vodorod bog'larining mavjudligidir. A 2,3-Di-O-metil--D-ksiloza Ayrim hollarda infraqizil spektri yordamida molekulada molekula ichra vodorod bog'ining borligini aniqlab birikmaning konfiguratsiyasini tasdiqlash mumkin. Masalan, dezoksiqandlar quyidagi B va V tuzilishga ega bo'lishi aniqlanilgan: Bu birikmalarning infraqizil spektrida 3512 sm-1 chastotaning borligi gidroqsil guruhi olti halqali sistema hosil qilib vodorod bog' hosil bo'lishini tasdiqlaydi, uning konformatsiyasi (S) faqat B holatga mos keladi. S Uglevodlardagi piranoz halqasining konformatsiyasi va konfiguratsiyasini aniqlash uchun ham bu spektroskopiya uslubining imkoniyatlari mavjud. Piranoz halqasi uchun halqaning antisimmetrik tebranishi 9173 sm-1, simmetrik tebranishi esa 77014 sm-1 qiymatlarda namoyon bo'lib, S1-N bog'ining deformatsion tebranishlari 79917 sm-1 sohada kuzatiladi. Agar piranoz halqasidagi S1-N bog'ida halqaga nisbatan vodorod atomi ekvatorial holatda bo'lsa S1-N tebranishi 8448 sm-1 da, aksial joylashgan bo'lsa 8917 sm-1 da namoyon bo'ladi. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
151.56 KB
Ko'rishlar soni
159 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
151.56 KB
Ko'rishlar soni
159 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:25 ]
Arxiv ichida: doc