Ultrabinafsha nurlar fotoelektron spektrometrning tuzilishini o'rganish

Ultrabinafsha nurlar fotoelektron spektrometrning tuzilishini o'rganish

O'quvchilarga / Fizika
Ultrabinafsha nurlar fotoelektron spektrometrning tuzilishini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Ultrabinafsha nurlar fotoelektron spektrometrning tuzilishini o'rganish mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI Mavzu: Ultrabinafsha nurlar fotoelektron spektrometrning tuzilishini o'rganish. Kirish. I .bob. Fotoelektronlar spektroskopiyasi usullariga oid adabiyotlarning qisqacha mazmuni 1.1 Yuzalarni tekshirishda fotonlar oqimidan foydalanish. 1.2 Tashqi fotoeffekt qonunlari. 1.3 Ultrabinafsha nurlarning fotoelektron spektroskopiyasini (UBFE)va valent zonada elektronlar taqsimoti orasidagi bog'lanish……. Bitiruv ishining asosiy vazifalari. II -bob. Fotoelektronlar spektrometrining tuzilishi. 2.1 To'xtatuvchi(tormozlovchi )maydonli analizatorga ega bo'lgan spektrometrlar 2.2 Fotonlar manbai. 2.3 To'rt turli analizatorni yig'ish shartlari. 2.4 Yuqori vakkum olish. II -bob Fotoelektron spektroskopiya yordamida metallar va yarim o'tkazgichlar zonalarining parametrini aniqlash. 3.1 Metal sirti zonalarining parametrlarini aniqlash. 3.2 Aralashmasi yo'q ideal yarim o'tkazgich zonalarining parametrlarini o'rganish. Xulosa Hayotiy faoliyati xavfsizligi Iqtisodiy qism Foydalanilgan adabiyotlar Kirish. Keyingi 20-25 yil ichida yuzalarning tarkibini,tuzilishini va xususiyatlarini o'rganishga juda katta e'tibor qaratilmoqda.Bu esa o'z navbatida yuzalarning tekshirish usullarining kengayishiga va rivojlanishiga olib kelmoqda.Bunga asosiy sabab jismlarning qator(emessiya,optik, yemirilishga chidamlilik,ayrim mexanik ,fizik va ximiyaviy)xususiyatlarining k'op jihatdan uning ichki qatlamlariga emas,balki yuza qatlamlariga bog'liq ekanligidir.Jumladan hozirgi zamon texnologiyasida ,xususan mikro va optoelektronikada , qattiq jismning yuza va yuza osti qismi asosiy o'rinni egallaydi.Bu qatlamlarning tarkibini va tuzilishini o'zgartirish uchun juda ko'p usullar qo'llaniladi.Ionlarni implantatsiya qilish,diffuziya,impulsli electron dastalari va lazer nurlari bilan ishlov berish,yuqori haroratda qizdirish.Undan tashqari qattiq jism yuzada molekulyar oqimlardan foydalanib kerakli kristallarning yupqa epifaksial qatlamlarini hosil qilish ham juda ahamiyatlidir. Zamonaviy tekshirish usullari jism yuzasiga zarralar (elktron,ion,neytral atom,yoki molekula,foton(to'lqin tabiatini tekshirmaganligimiz uchun fotonlarni ham zarra deb ataymiz)),keskin qizdirish yoki kuchli elektr maydoni bilan ta'sir qilib,undan uchib chiqayotgan zarralarni har tomonlama analiz qilishga asoslangan.Amalda ionlar,elektronlar va fotonlar ta'siriga hamda analizga asoslangan usullar ko'p qo'llaniladi. Qattiq jism yuzalarining electron tuzilishini o'rganish uchun ultrabinafsha nurlarning fotoelektron spektroskopiyasi usulidan keng foydalaniladi.Bu usul yuzalarning zonalari parametrlarini aniqlash,ularda elektronlar taqsimoti to'g'risida bevosita axborot bera oladigan yagona usulidir.Bu bitiruv ishi to'rt turli fotoelektron spektrometrining tuzilishini o'rganishga bag'ishlangan. I-bob. Fotoelektronlar spektroskopiyasi usullariga oid adabiyotlarning qisqacha tahlili. Qattiq jism yuzasiga fotonlar oqimi kelib tushganda undan elektronlar uchib chiqishi ko'zatiladi.Bu hodisa tashqi fotoeffekt deb ataladi.Bu eketronlarning energiya boyicha taqsimotini tahlil qilish orqali yuzalarning holati to'g'risida qimmatli ma'lumotlar olish mumkin.Olinishi lozim bo'lagan ma'lumotlarning turiga qarab har xil to'lqin uzunlikdagi (chastotali)yorug'lik nurlaridan foydalanish mumkin.Bunda albatta fotonlarning energiyasi () elektronlarning chiqish ishiga () teng yoki undan katta bo'lishi kerak.Shuning uchun ham fotonlar spektroskopiyasida asosan ultrabinafsha () va rontgen () nurlar ishlatiladi. (Ichki fotoeffekt hodisalarga asoslangan usullarda infraqizil va ko'zga ko'rinuvchi nurlardan foydalaniladi). Kvant (foton) larining energiyasi juda kichik qiymatga ega bo'lganligi uchun ularni Joullarda emas,elektron-voltlarda o'lchash qo'laydir. () ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 440.52 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:25 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 440.52 KB
Ko'rishlar soni 116 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga