Ulug'bekning astronomiya sohasida olib borgan tadqiqot ishlari. O'zbekistonda fizika va astronomiya fanlarining taraqqiyoti Reja: Astronomiya fani va uning ahamiyati Gallaktika Ulug'bek akademiyasi. Akademiya faoliyatining ilmiy - tarixiy ildizlari Ulug'bek rasodxonasi Ulug'bek zijji O'zbekistonda fizika va astronomiya fanlarining taraqqiyoti Xulosa Adabiyotlar Astronomiya fani va uning ahamiyati. Astronomiya koinot haqidagi fan bo'lib, koinotdagi jismlar, ularning tuzilishi, tabiati, o'zaro ta'sir sistemasining harakati va rivojlanishining obyektiv qonunlarini o'rganadi. Astronomiya yunoncha so'z bo'lib, lug'aviy ma'nosi astro nomos (qonun) degan so'zlardan kelib chiqqan. Biz yashab turgan Yer ham samoviy jismlardan bo'lib, Quyosh sistemasidagi eng yorug' yulduzlardan biridir. Astronomiya ham juda qadimiy fanlardan bo'lib, kishilarning hayotiy va amaliy ehtiyojlari tufayli paydo bo'lgan. Shuning uchun u kishilarning hayoti va amaliy ehtiyojlari uchun xizmat qiladi. Kishilik jamiyatining taraqqiyoti natijasida xalq va davlatlar o'rtasida o'zaro aloqalar bog'lash uchun ehtiyojlar paydo bo'la boshladi. Oqibatda, dengiz va quruqlikdagi aloqalar uchun dengiz yo'llari, shaharlarning joylashishi, ular oraliqlari, tomonlarini aniq belgilash uchun geografik xaritalar, shuningdek, turli marosimlar uchun aniq vaqt jadvallari kabi ko'pgina muammolar paydo bo'ldi. Bunday muammolarni hal qilish ko'p jihatdan fizika, matematika, geografiya, geodeziya va astronomiya kabi fanlarni bilishni taqozo qilar edi. Biroq u vaqtlarda bu fan ham rivojlanmagan, alohida fan sifatida shakllanmagan edi. Samoviy jismlar haqidagi odamlarning tushunchalari esa ertaklardagidek: osmondagi yulduzlar go'yo farishtalarning tungi chiroqlari yoki osmon gumbaziga qoqib qo'yilgan bril'yantlar bo'lib, o'zidan nur sochib turadi deb faraz qilinardi. Yer haqidagi tushunchalar ham shunga o'xshash izohlanardi. Go'yo Yer ho'kizning shohida turadi, ho'kiz Yerni bir shoxidan ikkinchi shoxiga olganda Yer qimirlaydi. Ho'kiz baliqning ustida turadi, baliq esa suvning ustida turadi, degan tushunchalar bor edi. Yerning shaklini ham qandaydir yassi doira shaklida deb tushunganlar. Bu tushunchalar orqali shaharlar, dengiz va quruqliklardagi yo'llarni aniqlash kabi muammolarni hal qilishi mumkin emasdi. Xullas, hayotiy ehtiyojlar tufayli aniq fanlar ham rivojlana boshladi. Shunday qilib, samoviy jismlar, ularning sistemalari, o'lchamlari, masofalari, tabiati, ular harakatining obyektiv qonunlarini o'rganadigan va o'rgatadigan astronomiya fani shakllana boshladi. Ana shu fan yordamida biz samoviy jismlarning bizga noma'lum bo'lgan sirlarini o'rganib - bilib boramiz. Astronomiya fanining ahamiyati ham shundadir. Siz astronomiya fanini o'rganish orqali koinotda yuz berayotgan hodisalarni kuzatishingiz mumkin hamda Oy va Quyosh tutilishi, kometalarning qachon ko'trinishi kabi ko'pgina hodisalarni oldindan bashorat qila olasiz. Hozirgi davrda fan va texnikaning turli sohalari aql bovar qilmas darajada tez rivojlanib borayotganligi natijasida insonlarning qadami Oyga ham yetib bordi. Siz astronomiyani o'rganish bilan samoviy jismlarda ro'y berayotgan hodisa, uning o'lchamlari, masofasi, tabiati, harorati, uchar yulduz kabi koinotning sirlarini o'rganib olasiz. Buning hammasi sizga yuqori ma'naviyatli, bilimdon ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.18 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.18 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:25 ]
Arxiv ichida: doc