Ulug'bekning samarqanddagi ilmiy maktabi va akademiyasi Reja: Ziji Kuragoniy haqida Qozizoda Rumiy G'iyosiddin Jamshid Koshiy Ali Qushchi Abu ja'far Muhammad ibn al-Hasan Nasiriddin Tusiy Ulug'bek va uning astronomiya maktabi .Ulug'bek 1394 yilning 22 martida Amir Temurning Eron va yaqin Osiyo mamlakatlariga qilgan buyuk «besh yillik» yurishi davrida Ozarbayjonning Sultoniya shahrida qoldirgan ugrugida dunyoga keldi. Temur bu yurishda ko'pincha karvonni xotinlari bilan (o'ziga yuldosh bo'ladiganlaridan tashqari) Sultoniyada qoldirardi. 13931394 yillardagi karvonning to'xtatishida, uning 17 yoshli o'g'li Shoxruxning xotini, Chig'atoy zodagoni G'iyosiddin tarxanning qizi Gavharshod unga o'g'il nevara hadya qiladi. Ayni paytda Temurning askarlari Mesopotomiyada (Iroqda) jang qilishardi. 17 aprelda esa Sultoniyadan yetib kelgan chopar, Temurni nabira bilan tabrikladi. Bu xushxabar sabab bo'lib, Temur Mardin shahri ahliga shafqat qildi va soliq to'lovidan ozod qildi. Astronom G.Jalolov o'zining «Sharq adabiyotidan oy kalendari» maqolasida Ulug'bekning to'g'ulishi tarixi bayon qilingan quyidagi ma'lumotlarini keltiradi. Tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy o'zining «Zafarnoma» asarida Ulug'bekning to'g'ulishi haqida shunday hikoya qiladi: «Tangri, jahon ellarining podshosi Shoxruxga o'g'il hadya qiladi. Yangi chaqaloq buyuk, hosildor va sersuv diyorda dunyoga keldi; yangi «mehmon« baxtli yulduz ostida to'g'ildi». Keyinroq Sharafiddin Ali Yazdiy Ulug'bek ning to'g'ulishiga bag'ishlab, maxsus bob yozdi, unda: Ulug'bek yakshanba kuni, xijriy 796 yil, jumadul-avval oyining 19 kuni (quyosh-xijriy tavqvimi) ga ko'ra, it yilining farvardin oyida Sultoniya shahrida dunyoga keldi. Shundan so'ng quyidagi mazmundagi 8 misra she'r keltiriladi: Jahon sultoni Shoxruxga, xudo, oy-yuzli shaxzodani sovg'a qildi, Oy ko'tarilib, o'zining eng baland nuqtasiga erishgach, borliqni Sharqda ufqdan ko'tarilayotgan Quyosh kabi nurafshon etdi. Bilimdon munajjimlar, tug'ilish vaqtini aniqlashga kirishdilar va bir vaqtning o'zida ekliptikada va gorizontda yotgan nuqtaning uzunlamasini, boshqacha aytganda, to'g'ulish momentida chiqayotgan birinchi uyning (gorizont ustidagi osmonning yarim sferasi 15 darajadan qilib 12 uyga bo'linadi) uzunlamasini topdilar. Ular qolgan uylarning va sayyoralar o'rinlarining uzunlamalarini ham aniqladilar. Olingan ma'lumotlar asosida ajoyib bir qalam yordamida, oppoq qog'ozga (tug'ilish momentida) chiqayotgan nuqtaga mos shoxona goroskop (to'le) chizdilar. Yoshlik yillarida Ulug'bek ning turli sohalar bo'yicha bilimlari, saviyasi va dunyoqarashining shakllanishida, shubhasiz, uning ugruk bilan turli mamlakatlarga sayohati, o'sha davrning bilimdon va madaniyatli ayonlari bilan uzluksiz muloqotda bo'lishi, bobosi huzurida turli diplomatik uchrashuvlarda ishtirok etishi katta rol o'ynagan. Ulug'bek Aflotun, Aristotel, Gipparx, Ariabxata kabi Yunoniston. Misr va Hindiston allomalarining va sharq donishmandlaridan, al-Xorazmiy, al-Farg'oniy, al-Battoniy, Abul Vafo al-Buzjoniy, Abu Nasr ibn Iroq, al-Farobiy, al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Mahmud al-Chag'miniy hamda Nasriddin Tusiy kabi olimlarning ilmiy meroslaridan keng foydalangani uning so'nggi yillar ilmiy faoliyatidan yaxshi ko'rinadi. Ulug'bekning turli fanlar bo'yicha bilimining shakllanishida Amir Temir ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.54 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.54 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:25 ]
Arxiv ichida: doc