Umumiy o'rta ta'limning yangi taxrirdagi davlat ta'lim standartlari, ularning mazmuni va mohiyati Reja: 1.Kirish 2.Asosiy kism 3.Xulosa 4.Adabiyotlar ruyxati Davlat ta'lim standartlariga sharx Kimyo ta'limining maqsadi va vazifalari Umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi kimyo ta'limi pedagogik jarayonning ajralmas tarkibiy qismi bo'lib, ta'limning umumiy maqsadlarga muvofiq o'quvchi shaxsini tarbiyalashga xizmat qiladi. Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillaridan ta'lim-tarbiya sohasini isloh qilish natijasida to'plangan tajribalar, chiqarilgan bir qator hulosalar asosida amaldagi ta'lim- tarbiya tizimini hozirgi taraqqiyot va kelgusidagi talablar darajasiga ko'tarishga, uni takomillashtirishga jiddiy etibor berish zarurligi va ta'lim-tarbiyaning uzluksizligini ta'minlashdan kelib chiqib, kimyo ta'limi oldiga qator vazifalar qo'yildi. «ta'lim to'g'risida» gi qonunga muvofiq: 1. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining kimyo ta'limi konsepsiyasini qayta ishlab chiqildi; 2. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining kimyo ta'limi konsepsiyasidan kelib chiqqan holda, uning standartlarini ishlab chiqish taqozo qilindi. Kimyo ta'limi standarti kimyo o'quv predmetining majburiy mazmunini belgilab berdi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining kimyo ta'limi standarti, kimyo ta'limi tizimidagi barcha komponentlarni: ta'limning mazmuni, maqsadi, ta'limning uzluksizligi, tashkiliy shakllari, usullari, vositalari va boshqalarni qayta ko'rib chiqish mezoni hisoblanadi. Kimyo ta'limi konsepsiyasiga muvofiq kimyo ta'limining yo'nalishi va maqsadi yosh avlodning kimyo fani asoslarini chuqur egallashi, o'quvlarning siyosiy g'oyaviy, estetik, ekologik tarbiyasi tabiatga va jamiyatga bo'lgan ijobiy munosabat, qadimgi yashab ijod etib o'tgan buyuk mutafakkirlar, keyingi yillardagi olimlarimizning kimyo sohasidagi erishgan yutuqlari oid o'quv materiallari bilan tanishtirib borish orqali vatanga bo'lgan e'tiqodni shakllantirish, kasbga yo'naltirish ko'zda tutiladi. Kimyo ta'lim standarti-kimyo o'qitishda o'quvchilarga beriladigan ta'lim va tarbiyaning mazmuni negizini belgilovchi ko'rsatkichlar, shuningdek, o'quvchilarning tayyorgarlik negizidagi bilim va amaliy faoliyatlari darajasi me'yorini belgilaydigan mezon bo'lib hisoblanadi. Kime ta'limi standarti - umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun tuziladigan kimyo ta'limi dasturi va o'quv materiallarining xajmini belgilab beruvchi mezon bo'lib xizmat qiladi. Kime ta'limi standarti kimyo ta'limida o'qituvchilarning davlat va jamiyat oldidagi vazifalari, burchi va javobgarligini qay darajada his qilishlari mezoni bo'lib ham hisoblanadi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining kimyo ta'limi standarti kimyo o'quv predmetidan o'quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, o'quvchilar egallaydigan bilimi, hosil qiladigan amaliy ko'nikma va malakalar hajmini ko'rsatuvchi me'yor bo'lib, umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi kimyo ta'limi negizini belgilovchi ko'rsatkichlar o'quvchilarning kimyo ta'limidan tayyorgarlik darajasiga qo'yiladigan talablar majmuasidan iborat bo'lgan hujjat tariqasida tasdiqlanadi va xizmat qiladi. Kimyo ta'limi standartining tuzilishi uzluksizligini ta'minlash asosida kimyo ta'limida moddalar, moddalarning tuzilishi va xossalari, moddalarning olinishi, kimyoviy til, eng muhim kimyoviy tushunchalar va qonunlar, nazariyalar, kimyoviy ishlab chiqarishlar texnologiyasi, Respublikamiz kimyo sanoatining erishgan yutuqlari, organik moddalarning ayrim vakillari, tabiat va jamiyatga kimyoviy ishlab chiqarishning ekologik ta'siri haqidagi bilimlarni bilishga va amaliy malakalar hosil qilishga ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.98 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.98 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:25 ]
Arxiv ichida: doc