Urchuksiz yigirish mashinalari Reja: 1. Urchuqsiz ip yigirishning usullari. 2. Pnevmomexanik yigirish mashinasining tuzilishi va ishlashi. 3. Pnevmomexanik yigirish mashinasida ta'minlash, diskretlash, pishitish va ipni o'rash moslamalari. 5. Pnevmomexanik yigirish mashinasining unumdorligi. 6. Pnevmomexanik yigirish mashinasining afzalliklari va kamchiliklari. Urchuqsiz ip yigirishning usullari Urchuqsiz ip yigirishda quyidagi yangi, qo'shimcha texnologik operatsiyalar mavjud: ta'minlanuvchi mahsulotni (piltani) diskretlashtirish (bir - biriga bog'liq bo'lmagan alohida tolalar oqimiga keltirish). Diskret tolalar oqimini ip shakllantirish zonasiga transportirovkalash (harakatlantirish). Kerakli chiziqiy zichlikni hosil qilish uchun diskret tolalarini davriy (siklik) qo'shish. Urchuqsiz ip yigirishda mahsulotning ravonligi oldindan bashorat etilgan bo'lib, ip shakllanishi kameraning aylanishi hisobiga buramlar berish orqali amalga oshiriladi. Bunday usul «erkin uchli yigirish» deb nom olgan. Urchuqsiz yigirishning quyidagi turlari mavjud: Mexanik (ipning erkin uchlariga diskret tolalarni birlashtirish mexanik tarzda amalga oshiriladi). Pnevmomexanik (diskret tolalar kameraga havo yordamida yo'naltiriladi va mexanik tarzda buramlar beriladi). Pnevmatik (ajratilgan tolalarni uzatish va pishitish havo buroni orqali amalga oshiriladi). Elektromexanik (tolalarni to'g'rilab va parallellashtirish elektr maydoni orqali, pishitish esa mexanik usul orqali amalga oshiriladi). Gidravlik (tolalarni uzatish va pishitib ip hosil qilishda suyuqlik oqimi ishlatiladi). Pnevmomexanik yigirish mashinasining tuzilishi va ishlashi. Pnevmomexanik usul keng tarqalgan bo'lib, mehnat va mashina unumdorligi 4-5 marta oshirilgan va pakovka massasi 2,5 - 4,0 kilogrammga etkazilgan. Mahsulotni davriy qo'shilishi ipning chiziqli zichligi va mustahkamligi bo'yicha notekisligini 30-40 foizga kamayishiga va uning nimjon (chidamsiz) joylarini keskin kamayishiga olib keldi. Pnevmomexanik yigirish mashinasida, ta'minlash, diskretlash, pishitish va ipni o'rash moslamalari Pnevmomexanik yigirish mashinasida, ta'minlash, diskretlash, pishitish va ipning shakllanishi kabi jarayonlar alohida yigirish bloklarida (brikmalarda) amalga oshiriladi. Mashinaning ta'minlash zonasi ta'minlash silindri, ta'minlash stolchasi, zichlagichlardan iborat blokka joylashtirilgan. ta'minlash stolchasi ta'minlash silindriga kuch bilan bosib turganligi tufayli ular orasidagi tolalar tutami qattiq Diskretlash asbobning asosiy vazifasi uzluksiz tolali mahsulotdan tolalarning bir tekis diskret oqimini hosil qilishdir. Mahsulotni diskretlashda sirti arrasimon tishli garnitura bilan qoplangan valik ishlatiladi. Diskretlovchi valik taminlovchi silindrga nisbatan ancha katta tezlik bilan aylanib mahsulotni jadal suratda ingichkalashtirib yuboradi. Natijada piltadan ayrim tolalar va ularning guruhlari ayrilib, tolalarning diskret oqimini hosil qiladi. Diskretlovchi valik pilta uchlariga (tutamiga) ta'sir qilib, tishlari bilan tolalarni yo'lib ola boshlaydi. Garnituraga o'tgan tolalar pnevmokanalga boradi. Bu yerda tolalar garnitura tishlaridan havo ta'sirida ajratib olinadi. Buning uchun havoning tezligi tola joylashgan sirtning chiziqli tezligidan katta bo'lishi kerak. Diskret barabanlar sxemasi Pishitish va ipning shakllanishi. Yigirish kamerasida ip pishitiladi. Yigirish kamerasining konussimon ichki sirti juda silliq bo'lib, tolalar shu sirtda asta sekin markazdan qochuvchi kuch ta'sirida o'yiq sirtga siljib, unda yig'iladi. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
319.27 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
319.27 KB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:25 ]
Arxiv ichida: doc