Ustvorlik va kritik kuch Reja: 1. Kritik kuchni aniqlash. Eyler formulasi. 2.Sterjen uchlarining tayanchga biriktirish usulini ustvorlikka ta'siri. 3. Kritik kuchlanish va Eyler formulasini ishlatish chegarasi 4. Sikilgan sterjenlarning ustvorlikka hisobi. Kundalang kirkim o'lchami uzunligiga nisbatan juda kichik bo'lgan sterjen markaziy uk buylab sikuvchi kuch ta'sirida sikilganda uning siqilishga deformatsiyalanishdan kura kuprok buyiga egilishini ko'rish mumkin. U vaqtda sterjen kuchning malum qiymatida uzining vertikal turgun holatini yukotadi. Bunga misol tarikasida velosiped gildiragining spitsini olish mumkin. Spitsning muvozanat turgun holatini buzilishi, yani geometrik ukining egilishi , gildirakning to'g'ri chiziqli harakatini buzadi, yani gorizontal tekislik buylab egri chiziqli harakati (vosmerka) seziladi. Pastki uchi bilan vertikal holatda kistirilgan sterjenning uk buylab sikuvchi kuch ta'siridan muvozanat holati ikki xil belgilanadi: ustvor va ustvor emas muvozanat holatlar(2,59-shakl). Agar sterjen R kuchi ta'sirida deformatsiyalangan holda uzining vertikal holatini saklasa va gorizontal yo'nalishda turtganda ozgina egilib yana uzining ilgarigi vertikal holatiga kaytsa, u turgun muvozanat - ustvor holatda bo'ladi. Agar sterjen gorizontal buylab turtilgandan sung o'z vertikal holatiga qaytmasa, yoki R kuchning malum qiymatida vertikal holatini buzib egila boshlasa, turgunligi buzilgan ustvor emas sterjen bo'ladi. Sterjenlarning ustvor yoki ustvor emas holatda bo'lishi uning razmerlariga, materialiga va ta'sir qilayotgan kuchning miqdoriga va yo'nalishiga bog'liq. Masalan, bir xil uzunlik va kundalang kesim razmerlariga ega bo'lgan ikki xil materialdan (pulat va yog'och) tayyorlangan sterjen bir xil kuch ta'sirida bulsa ulardan biri ustvor, ikkichisi ustvor emas bo'lishi mumkin. Sterjenga qo'yilgan sikuvchi kuchni sekin asta orttirib borganimizda uning ustvorligini buzilishga to'g'ri kelgan eng kichik kuchga kritik kuch deyiladi. Sterjenning kritik kuch ta'sirida to'g'ri chiziqli muvozanat holatidagi ustvorligini yo'qotish tufayli egilishga buylama egilish deyiladi. Konstruksiya elementlari turgunlik kuchlari ta'siri chegarasida kuchning kichik qiymatida xam uzining tayyorlanayotgan vaqtida loyihadagidan o'zgarishi tufayli (odatda hisob malum bir shaklga karab kilinadi), turgun holatini yo'qotish mumkin, lekin yuqorida aytilgan hisoblar buni etiborga olmaydi. Bunday masalalar elastik sistemalarning turgunligi, (ustvorligi) to'g'risidagi ta'limotga taalukli bo'lib, juda muhim ahamiyatga egadir.(masalan kesim yuza ulchamiga nisbatan uzunligi deyarli katta bo'lgan sterjen). 2-·. Kritik kuchni aniqlash. Eyler formulasi. Sterjenlarning ustvorligini ta'minlashda ustvorlikni buzuvchi kritik kuchni bilish va uni oldini olish mashinasozlikda va inshootda katta ahamiyatga egadir. ¥ar qanday mustahkam sterjen xam siqilishga ishlaganida ustivorligi etarli bulavermaydi, bu uzunligi kundalang kesim razmerlariga nisbatan katta bo'lgan sterjenlarda juda yakkol sezildi. (Kupriklarning ustunlari, binolarning karkaslari va x.z) . Markaziy sikilgan sterjenlarning egilishini boshlanishiga to'g'ri kelgan kritik kuchni birinchi bo'lib 1744 yili L.Eyler isbotlagan edi. Uning tajribasi , ikkita kuzgaluvchi va kuzgalmas sharnirlar orqali maxkamlangan vertikal sterjenni (2,60-shakl) ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.93 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:25
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.93 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:25 ]
Arxiv ichida: doc