Vavilov - Cherenkov effekti. Nurlanish

Vavilov - Cherenkov effekti. Nurlanish

O'quvchilarga / Fizika
Vavilov - Cherenkov effekti. Nurlanish - rasmi

Material tavsifi

Vavilov - Cherenkov effekti (nurlanish) RYeJA: Cherenkov aniklagan yangi nurlanish. Nurlanish intensivligining elektronlarning nurlanish tormozlanish intensivligi orqali bo'lishi. Vavilov - Cherenkov nurlanishning tabiati. Xar qanday zarrachani S dan katta tezlikda harakat kila olmasligi. Vavilov - Cherenkov effektini chizma orqali tushuntirish. Vavilov - Cherenkov effektini qo'llanilishi. yorug'lik biror muhitga tushsa yutiladi, sochiladi xam yorug'lik tushishi natijasida nurlanadi (lyuminestsensiya) 1934 yilda Cherenkov lyuminestsensiya hodisasini o'rganish vaqtida va nurlari ta'sirida tinik suyuqliklarda lyuminestsensiyaga uxshamagan nurlanishni anikladi. Lyuminestsensiya hodisasi moddaning ximiyaviy tarkibiga bog'liq bo'ladi. Cherenkov aniklagan bu nurlanish moddaning ximiyaviy tarkibi va fizikaviy holatiga bog'liq emasligi aniklandi. Bu masalani urganib, akademik Vavilov, Cherenkov aniklagan nurlanish erkin elektronlarning modda orqali harakatiga bog'liq degan fikrni berdi. hisoblashlar shuni kursatdiki, Cherenkov kuzatgan xamma suyuqliklarda nurlanish intensivligi juda kam bo'lishiga qaramay, elektronlarning nurlanish tormozlanish intensivligi orqali bo'ladi. Erkin elektonlarning modda orqali utishidagi bu yangi nurlanishning tabiatini tushuntirish Vavilov-Cherenkov nurlanishi (effekti) deb ataladi. Bu nurlanishning tabiatini 1937 yilda rus fiziklar akademik Tamm va Franklar tula ochib berdilar. Bizga malumki, zaryadli zarracha fakat tezlanish bilan harakatlangandagina elektromagnit to'lqinlari sochiladi. Lekin xech qanday zarracha yorug'lik tezligidan katta tezlikda harakat kila olmaydi ( Bu fikr nisbiylik nazariyasidan kelib chikadi). Tam va Frankka qadar xech kim buni analiz kilmagan edi. Nisbiylik nazariyasiga asosan xar qanday zarracha yorug'likning vakumdagi S tezligidan kichik tezlikda harakat qiladi yani C1 C sh.u. vakumda to'g'ri chiziqli harakat qilayotgan zarracha elektromagnit to'lqinlari chikarmaydi.Tinik muhitda yorug'likning fazaviy tezligi S dan kichik yani, bu yerda ( n 1) bo'ladi. Bu fikrdan zarracha tinik muhitda yorug'lik fazaviy tezlikdan katta yani, C C1 tezlikda harakatlanadi. Tamm va Franklarning fikricha muhitda yorug'likning fazaviy tezligidan katta tezlikda harakatlanuvchi zarracha elektromagnit to'lqinlari sochadi. Vavilov-Cherenkov effektida tinik muhitda harakatlanuvchi zarracha muhitning atom va molekulalarini tebratadi natijada zarrachaning energiyasi va tezligi kamayib boradi va manfiy tezlanishga ega bo'ladi. Tebrangan muhitning zarrachalari elektromagnit to'lqinlarini sochadi. Bu yorug'lik to'lqinlari muhitning xar bir nuqtasidan sferik to'lqinlar holda tarkaladi. Vavilov-Cherenkov effektini chizmada xam ko'rish mumkin (83-rasm). Elektron 1,2,3,4 chiziq buylab harakatlansa bu vaqtda xar bir nuqtada 11, 21,31 sferik to'lqinlar tarkaladi. Elektron S1 tezlik bilan harakatlansin.Xar bir keyingi nuqta malum kechiqish bilan tebranadi, natijada 11, 21,31 sferik to'lqin radiuslari qisqaradi. Bu elementar sferik to'lqinlarning interferensiyasi uchi 4 nuqtada yotuvchi konusni bildiradi. Agar e - elektron 1 sekundda 1-4 yulni utsa to'lqin 1-11 yulni utadi. 1-4 va 1-11 bo'laklar mos holda S1 va ga to'g'ri keladi. U holda uchburchak 1, 11, 4 dan Cos = , C1 = ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.95 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.95 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga