Xalqaro birliklar tizimi

Xalqaro birliklar tizimi

O'quvchilarga / Fizika
Xalqaro birliklar tizimi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: xalqaro birliklar tizimi Reja: 1. Ilmiy texnik taraqiyotning rivojlanishi va muhandislik beqiyos qobliyatlarining shakllanishida fizika fanining o'rni. 2. Fizik kattaliklarning o'lchov birliklari. 3. xalqaro birliklar tizimi (XBT). Kelajak o'tmishda shakllanadi. Vaqtning uzviy bog'liqligini insoniyat rivojlanishda, ayniqsa fan va texnikaning rivojlanishida yaqqol tasavvur qilishi mumkin. Fizika va u bilan chambarchas bog'langan aloqa texnikasi bundan istisno emas. Axborot almashuvi, aniqroq qilib aytganda, aloqa insoniyat rivojlanishi uchun zarur asos hisoblanadi. Aloqa tizimlarining hozirgi kunda bizga xizmat ko'rsatayotgan namunalarining bir qismi XIX va XX asrlarda yaratilgan. Bu elektr aloqa tizimlar - telegraf, telefon, radio va kompyuter tarmoqlaridir. Boshlanishda ular o'zlaricha alohida, raqobat tariqasida rivojlana boshladi. O'zaro texnikaviy raqobat, vaqt o'tishi bilan, o'zaro bog'liqlik, bir maqsadni bajarish uchun birlashishga olib keldi. Uch elektrodli lampaning yaratilishi ularga birinchi asos bo'ldi va radiotexnikani rivojlanishiga, elektron apparatlarning yangi avlodlarini paydo bo'lishiga olib keldi. O'tgan asrning o'rtalarida kichik o'lchamli aktiv yarim o'tkazgich asboblaridan biri - tranzistor kashf etilishi aloqa tizimlarida, radioeshittirish va televideniyeda ikkinchi (inqilob) revolyutsiyaga, diskret yarim o'tkazgich asboblarning yaratilishi esa elektronikaning shakllanishiga olib keldi. Radiotexnika va elektronikaning asta-sekin o'zaro bog'lanishi radiosxema va elektron komponentalar o'rtasidagi chegaraning yo'qolishiga sabab bo'ldi. Integral sxemalarning yaratilishi va qo'llanilishi mikroelektronikaning shakllanishiga imkon berdi. Santimetr kvadratining yuzdan biri bo'laklarida tayyorlanadigan integral sxemalar bir necha o'n mingdan iborat aktiv va passiv elektron elementlarni o'z ichiga oldi. Natijada, integral sxemalarga asoslangan, aloqa tizimlarining uchinchi avlodlari paydo bo'ldi. Kristall hajmi bo'yicha taqsimlangan aktiv va passiv elementlarning, alohida funksiyani bajarishi uchun, o'zaro yuqori integratsiyali integral sxemalarning yaratilishga olib keldi. Masalan, zaryadlarni ko'chirish asbobi bo'lgan televizion kamera 3x4 mm2 sirtga ega bo'lib, milliondan ortiq aktiv elementlarni o'z ichiga oladi va murakkab funksiyalarni bajarishga xizmat qiladi. Katta integral sxemalar yaratilishi kompyuterlarning yangi avlodini, mobil telefonlar, televizion kameralar va boshqa hozirgi zamon aloqa tizimlarini yaratilishiga asos bo'ldi. Hozirgi vaqtda, qattiq jism elektronikasida, o'ta yangi elektron qurilmalarni yaratish uchun yangi fizikaviy prinsiplar va hodisalarni aniqlashda izlanish ishlari olib borilmoqda. Bu fizikaviy jarayonlarning xarakterli xususiyati - qattiq jism hajmidagi dinamik nojinsliliklardan axborotni saqlash va qayta ishlashda foydalanishdir. Dinamik nojinsliliklarga Gann elektr domenlari, silindrik va magnit domenlar, zaryadni ko'chirish asboblaridagi paket va «cho'ntaklar», sirtqi va hajmiy akustik hamda spinli to'lqinlar kiradi. Natijada hozirgi, eng yangi elektron qurilmalarni yaratish uchun akustikaviy - magnitoelektronika, kvant elektronikasi, spinotronika va nanotexnologiya yo'nalishlari yaratilmoqda. Bu yangi texnologiyalar o'z navbatida insoniyat faoliyatining barcha sohalarini rivojlanishiga olib kelishi hech shubhasizdir. Yuqorida keltirilgan fan va texnikaning yutuqlari istalgan davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat ko'rsatadi. Hozirgi davr talabiga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashda, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.04 KB
Ko'rishlar soni 146 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:26 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 21.04 KB
Ko'rishlar soni 146 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga