XIX - asrning va XX - asrning boshlaridagi ilmiy revolyutsiya

XIX - asrning va XX - asrning boshlaridagi ilmiy revolyutsiya

O'quvchilarga / Fizika
XIX - asrning va XX - asrning boshlaridagi ilmiy revolyutsiya - rasmi

Material tavsifi

XIX -asrning va XX asrning boshlaridagi ilmiy revolyutsiya Reja: 1. XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida fizikani holati . XIX asrning oxiridagi ekspremental yangiliklar; rentgen nurlari, radioaktivlik, elektron, atom tuzilishini o'rganish, efir muammosi, hamda nisbiylik nazariyasining yaratilish tarixi. XIX asrning ikkinchi yarmida Yevropada va Amerikada kapitalizmning rivojlanib, o'zining yuqori fazasi imperializmga o'tish paytiga to'g'ri keladi . O'sha paytlarda eng rivojlangan kapitalistik mamlakatlardan biri Angliya bo'lib, unga iqtisodiy jihatdan Germaniya qo'shildi. Germaniya va AQSH iqtisodiy rivojlanishdan XIX asrning oxirida Angliyani quvib o'tib, AQSH jahonda iqtisodiy rivojlanishda birinchi o'ringa chiqib oldi. 1861 yilda Rossiyada o'tkazilgan reforma uni ham kapitalizmga yo'l tutishiga olib keldi, jamiyat formatsiyalarini bunday o'zgarishi, iqtisodi rivojlanishda fanni roli katta bo'ldi. XIX asrning ikkinchi yarmida fizikaning eng rivojlangan sohalaridan biri bu teplotexnika va elektrotexnika sohasiga to'g'ri keladi. Bug' mashinalari sanoatning asosiy dvigatellaridan biri bo'lib keldi. Bug'ning 1, 2, 3 marta kengaytirish yo'llari izlana boshlandi. Poroxning portlashidan dvigatel yaratish niyati, XIX asrning birinchi yarmida ichki yonar dvigateli ixtiro qilindi. 1890 yillari nemis injeneri Dizel tomonidan gazning yuqori bosqichda qizitish natijasida o'z-o'zidan yonadigan dizel dvigatelini yaratdi. 1880 yillari 3-davr dvigatellar bug' trubinalari ixtiro qilindi. Birinchi bug' trubinalarini shveytsariyalik injener Laval va angliyalik ixtirochi Parsons bir paytda ixtiro qilib ishlab chiqarishga taqdim etishdi. Fizikada, termodinamikada yangi qonuniyatlarini ochilishi teplotexnikani rivojlanishiga olib kelib, endi fanda ko'proq injenerlik ixtirolariga talab ortib bordi; ichki yonar dvigatellari, issiqlik mashinalari, par trubinalarini ishlash, teplotexnika bo'limini rivojlanishining mahsulidir. XIX asrning boshlarida fizikaning elektrotexnika bo'limini rivojlanishi yuksala bordi. Elektrotexnikani rivojlanishi elektrotelegrafda muhim rol o'ynadi. 60-70 yillarda telegraf va telefon aloqalarini yo'lga qo'yilishi, elektrodinamikani rivojlanishida muhim bosqich bo'ldi. Elektrodinamikaning rivojlanishi elektr tebranishlarini ochilishida muhim rol o'ynab, V.Tomson tomonidan elektr tebranishlarni ixtiro qilinishi elektrotexnikani rivojlanishida asos bo'ldi. Elektr tebranishlar elektr priborlar, elektr o'lchagich asboblarni rivojlantirishga olib keldi, elektro'tkazgichlar ixtiro qilina boshlandi. 1876 yilda Pavel Nikolaevich Yablochkov tomonidan, Yablochkov shami qaysiki yorug'lik beruvchi elektrenergiyasini foydalanish yo'lidagi birinchi qadam bo'lib, Yevropa, Amerika, Osiyoda «Rus yorug'i» nomi bilan mashhur bo'lgan. Rus ixtirochisi Aleksandr Nikolaevich Lodigin (1847-1923) tomonidan 1873 yili birinchi marta Peterburg ko'chalarini Lodiginning cho'g'lanma lampalari yorita boshladi. 1874 yili Lodigin o'zining ixtirosi uchun fanlar Akademiyasining Lomonosov mukofatiga sazovor bo'lgan. Amerikalik ixtirochi Tomas Alva Edison (1847-1931) elektr yoritgichlar bilan shug'ulanib, 1879 yili muvoffaqiyatli va ancha effektiv cho'g'lanma lampa ixtiro etdi. Cho'g'lanma lampalardagi vakkum fizikaning vakkumli texnikasida katta rol o'ynab, modda tuzilishining elektron nazariyasini rivojlanishida muhim rol tutgan. Taniqli angliya fizigi J.J.Tomson shunday degan edi: «Agar fan sanoatga yordam bergan bo'lsa, sanoat ham fanning rivojlanishiga munosib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.38 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:26 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.38 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga