Xol effekti yordamida zarralar zaryadini aniqlash

Xol effekti yordamida zarralar zaryadini aniqlash

O'quvchilarga / Fizika
Xol effekti yordamida zarralar zaryadini aniqlash - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: XOLL EFFEKTI YORDAMIDA ZARRALAR ZARYADINI ANIQLASH. REJA: I. Kirish. Harakatlanayotgan zaryadning magnit maydoni. Xoll effekti. Elektronlarning solishtirma zaryadini aniqlash. Musbat ionlarning solishtirma zaryadini aniqlash. II.Xulosa: II. Adabiyotlar: KIRISH: I tok oqayotgan uzunlikdagi o'tkazgichga Amper qonuniga binoan kuchlanganligi H bo'lgan tashqi magnet maydon kuch bilan ta'sir etishi ko'rsatilgan edi, bu yerda tokning yo'nalishi bilan magnit maydon kuchlanganligi yo'nalishi orasidagi burchak. Bu formulaga kiruvchi hamma kattaliklar CGSM sistemada o'lchanishi lozim. J kuchning yo'nalishi chap qo'l qoidasiga ko'ra topiladi. Lekin har qanday tok ham zaryadli zarralar -elektronlar yoki ionlarning ko'chishidan hosil bo'ladi. Bundan tashqari magnit maydonda tokli o'tkazgichga ta'sir etuvchi kuch magnit maydonning harakatlanayotgan alohida zaryadlarga ta'sir etuvchi kuchlaridan iboratdir, deb xulosa chiqarish tabiiydir. Bu xulosani bevosita kuzatish yo'li bilan tekshirish mumkin: agar ichida elektron shu'la hosil bo'layotgan nayni, masalan, doimiy magnit yordamida hosil qilingan tashqi magnit maydoniga kiritsak, elektronlar shu'lasi chetga og'adi. Bunday og'ishni elektronlar shu'lasining fluores-stenstiyalanadigan ekranda hosil qiladigan yorug' dog'ining siljishidan osongina ko'rish mumkin. Havosi so'rib olingan nayning ichida elektronlar erkin harakatlanadi va magnit maydon kuchlari ta'sirida uning traektoriyalari egrilanadi, xolos, Agar elektronlar yoki boshqa zaryadli zarralar yaxlit jism ichida harakatlanayotgan bo'lsa, bu zarralar jism atomlari bilan uzluksiz to'qnashishlari natijasida o'zlariga ta'sir etuvchi kuchni jismga uzatib turadi. Kuchlarning bunday uzatilishini rasmda tasvirlangan aylanuvchi disk yordamida namoyish qilish mumkin. Bu disk ichida elektronlar uning radiuslaridan biri bo'ylab harakatlanadi. Disk tekisligiga perpendikulyar yo'nalgan magnit maydon zarralarni chetga og'diradi. Elektronlarning atomlar bilan uzluksiz to'qnashib turishi sababli elektronlarga ta'sir etuvchi kuch diskka uzatiladi va disk aylana boshlaydi. Harakatlanayotgan zaryadning magnit maydoni. Tashqi magnit maydon harakatlanayotgan zaryadga ta'sir ko'rsatar ekan, o'z navbatida, harakatlanayotgan zaryad ham atrofdagi fazoda magnit maydon hosil qiladi. Harakatlanayotgan zaryadlar oqimidan iborat bo'lgan elektr tokining atrofdagi fazoda magnit maydon hosil qilish faktiga asoslanib, shunday xulosa chiqarish mumkin. Harakatlanayotgan zaryad hosil qilayotgan maydon kattaligini Bio -Savar -Laplas formulasiga ko'ra toppish mumkin. Bu formulaga binoan uzunlikdagi tok element o'zidan r masofada yogan nuqtada kuchlanganligi Bo'lgan magnit maydon qiladi, bunda yok bilan g radius -vektor yo'nalishlari orasidagi burchak. Harakatllanayotgan zaryad hosail qilayotgan magnit maydonning kuchlanganlik chiziqlari zarraning v tezlik vektori r radius vektori yotgan tekislikka perpendikulyar yo'nalishgandir. Harakatlanayotgan zaryad musbat - bo'lsa, kuchlanganlikning yo'nalishi parma qoidasiga asoan toiladi: agar parmaning illgarilanma harakati v tezlikning yo'nilishi bilan bir xil bo'lsa, parma dastasining aylanish yo'nalishi ning yo'nalishini ko'rsatadi; harakatlanayotgan zaryad manfiy bo'lganda yuqoridagi yo'nalishga teskari tomonga yo'naladi. (1) formulaning ushbu paragrafda keltrilgan ko'rnishi undagi hamma kattaliklar birliklarning fazat bitta sistemasida (bunda CGSM sistemadami, CGSE sistemadami baribir) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 646.32 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:26 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 646.32 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga