Xonadondagi elektr asboblari. Elektr energiyasini tejash

Xonadondagi elektr asboblari. Elektr energiyasini tejash

O'quvchilarga / Fizika
Xonadondagi elektr asboblari. Elektr energiyasini tejash - rasmi

Material tavsifi

6-sinf fizika darsligi asosida 46-mavzu: Xonadondagi elektr asboblari. Elektr energiyasini tejash Yuqorida aytilganidek, kundalik turmushimizni elektrsiz tasavvur qilish qiyin. Xonadonda biz ishlatadigan elektr asboblaridan ayrimlari 99-rasmda keltirilgan. Bu rasmda elektr plitasi, chang yutkich, kir yuvish mashinasi, mikroto'lqinli pech va elektr dazmoli keltirilgan. Bu asboblarning barcha si xonadonga kiritilgan elektr tarmog'idan quvvat olib ishlaydi. Xonadonga kiritilgan elektr tarmog'ining kuchlanishi 220 V ga teng. Bu ancha yuqori kuchlanish bo'lganligi sababli hayot uchun xavfli hisoblanadi. 36 V kuchlanishdan yuqori bo'lsa, hayot uchun xavfli bo'ladi. Shunga ko'ra, asboblarni elektr manbaiga kattalarning ruxsatisiz ulamang! Elektrdan foydalanganlik uchun pul to'lanadi. Bu pulning miqdori sarflangan elektr energiyasiga bog'liq bo'ladi. Energiya tushunchasining to'laroq ma'nosi bilan darslikning keyingi mavzularida tanishasiz. Xonadonda sarflangan elektr energiyasini hisoblagich orqali aniqlanadi (100-rasm). Undagi raqamlar sarflangan energiyani ko'rsatadi. Elektr hisoblagichning boshqacha turlari ham mavjud. Sarflangan elektr energiyasiga pul to'lanadigan bo'lganligidan uni tejab sarflash kerak. Uyda zarurat bo'lmasa chiroqlarni o'chirib qo'yish, qo'shni xonada ish qilayotganda televizorni ovozini baland holda qoldirib ishlatish kerak emas. Kompyuterda uzoq muddat o'yinlarni o'ynash ko'p elektr energiyasining sarflanishiga olib kelish bilan birgalikda, sog'liq uchun ham zararlidir. Elektr energiyasini tejashning yana bir samarali usuli, cho'g'lanma elektr lampalarini tejamkor elektr lampalariga almashtirishdir (101- rasm). Bunday lampalar elektr energiyasini bir necha barobar tejash imkonini beradi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 582.36 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:26 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 582.36 KB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga