Xonadonlardagi elektr zanjirlar va ulashlar

Xonadonlardagi elektr zanjirlar va ulashlar

O'quvchilarga / Fizika
Xonadonlardagi elektr zanjirlar va ulashlar - rasmi

Material tavsifi

8-sinf fizika darsligi asosida 37-mavzu: Xonadonlardagi elektr zanjirlar va ulashlar Xonadonning elektr zanjiri Elektr toki elektr energiyani ishlab chiqaradigan elektr stansiyalaridan xonadonlarga, ishlab chiqarish korxonalariga va barcha iste'molchilarga tar-qatiladi. Xonadonlarga berilgan elektr energiyasi ham o'tkazgichlar orqali iste'­molchilarga tarqatiladi. Xonadon elektr zanjiri boshqa xonadonlar bilan o'zaro parallel ravishda 220 V kuchlanishli umumiy elektr tarmoqqa ulangan bo'ladi. Xonadondagi barcha elektr iste'molchilar o'zaro parallel ulangan bo'ladi. 95-rasmda namuna sifatida xonadon elektr zanjiri va uning sxemasi tasvirlangan. Saqlagichlar Xonadonlarda xavfsizlik chorasi tariqasida umumiy elektr tarmoqdan xona­don elektr zanjiriga ulanadigan joyga saqlagichlar ulanadi. U xonadon elektr zanjiriga kcluvchi ikkala simga ulangan bo'ladi. Saqlagichning vazifasi zanjirdagi tok kuchi me'yordan ortib ketganda zanjirni uzishdan iborat. Radio, televizor kabi elektr bilan ishlaydigan asboblar hamda avtomobillarda ham eruvchan saqlagichlardan foydalaniladi. Bunday eruvchan saqlagichda ingichka sim shisha naycha o'qi bo'ylab tortilgan holda kavsharlangan bo'ladi (96-a rasm). Shisha naychaning uchlarida metall uchliklari bo'lib, ingichka simning uchlari shu metallarga kavsharlab qo'yiladi. Naycha maxsus tutqichga o'rnatiladi. Tarmoqdagi elektr kuchlanish 220 V dan ortib ketganda yoki elektr asbob ichida biror nosozlik tufayli belgilangandan katta miqdorda tok oqib o'tsa, saq-lagichdagi ingichka sim shu zahoti erib, uziladi va elektr asbobga tokning o'tishi to'xtaydi. Bu esa elektr asbob ishdan chiqishining oldini oladi. Elektr asbobga yangi saqlagich qo'yib, undan kundalik turmushda yana foydalanish mumkin. Texnikada elektromagnit va issiqlik ta'sirida ishlovchi kontaktli hamda qayta tiklanuvchi saqlagichlar ham keng qo'llaniladi (96-b, d rasm). Ularning elektr sxemada belgilanishi 96 -e rasmda keltirilgan, Xonadon elektr zanjirining tarmoqqa ulanishi Elektr simyog'ochlarda kamida ikkita sim bo'ladi. Bu simlardan biri neytraldir. Neytral simda elektr kuchlanish bo'lmaydi, u yerga ulangan bo'ladi. Simyog'och simlarining eng pastdagisi neytral sim bo'ladi. Aytaylik, simyog'ochdagi simlar soni to'rtta bo'lsin (97-rasm). Pastdagi neytral (O)-sim bilan boshqa uchtasining har biri orasidagi kuchlanish 220 V ga teng. Shuning uchun har bir xonadonning bitta simi neytral simga, ikkinchisi esa boshqa simlardan biriga ulanadi. Masalan, I xonadon 0-va 1-simga, II xonadon 0- va 2- simga, in xonadon 0- va 3- simga ulanadi. Shunday ulanishda har bir xonadondagi elektr kuchlanish 220 V dan bo'ladi. Agar yanglishib, xonadonning elektr zanjiri 1-va 2-sim, 2- va 3-sim yoki 1- va 3-simga ulab qo'yilsa, bu xonadonda tarmoqqa ulangan elektr asboblari shu zahoti kuyadi. Chunki, simyog'ochdagi bunday tartibdagi simlar orasidagi kuchlanish 380 V ni tashkil etadi. Kuchlanishning bor-yo'qligini aniqlash O'tkazgichlarda, elektr asboblarda elektr kuchlanish bor-yo'qligini aniqlash, o'tkazgichlardan qaysi biri neytral ekanligini bilish uchun turli asboblardan foydalaniladi. Ulardan eng oddiysi otvyortka-indikatordir (98-rasm). Otvyortka-indikator o'rtasiga neon lampa (i) o'rna-tilgan. Lampaning bir tomoni otvyortka-indikatorning uchiga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 783.88 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:26 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 783.88 KB
Ko'rishlar soni 101 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga