Xromatografik va elektrometrik analiz usullari Reja: 1. Xromotografik analiz usulida qo'llaniladigan ionitlar. 2. Ion almashinish xromotografiyasining qo'llanilishi. Suyultirilgan eritmalarning ionlar yordamida kontsentrlash. Selitra tarkibidagi nitratlar miqdorini aniqlash. Elektrometrik analiz va uning qo'llanilishi. Eritmalarning rN qiymatini potentsiometrik usulda aniqlash. Xromotografik analiz asosan ikki maqsad uchun qo'llaniladi: 1. Aralashma xolidagi ionlarni bir-biridan ajratish; 2. Suyultirilgan eritmalardagi ionlarni yigib kontsentratsiyasi yuqori bo'lgan eritma hosil qilish. Bu ikki tadbirni bajarish uchun ionitlar (kationit va anionitlar) dan foydalaniladi. Laboratoriya sharoitida kuchli kislotali kationitlardan Ku-1, Ku-2, Ku-23 va shular kabilar juda ko'p ishlatiladi. Ularning almashtirish sigimi ( 1g ionitga yutiladigan ionning milli-ekvivalent massasi bilan o'lchanadi.) . Ancha yuqori bo'lib o'rtacha 4-5 milli -ekvig ga teng. Kationitlar o'zlari yuvilayotgan eritma tarkibidagi kationlarni yutadi va ularning o'rniga N+ ionlarini eritmaga chiqaradi, Ammo usha eritma tarkibidagi anionlarni va dissotsilanmaydigan molekulalarni mutlaqo yutmaydi. Shuning uchun kationlarni anionlardan va organik birikmalardan ajratish kationlar yordamida osongina amalga oshiriladi. Anionitlar kationitlarning aksicha; eritmadan faqat anionlarni yutadi, ammo kationlarni va organik birikmalarni mutlaqo yutmaydi. Anionitlar o'zlarini yuta olish sigimiga ko'ra yuqori asosli (masalan AV-17, AV-16), o'rta asosli (EOE-10 P) va past asosli ( AN-2F, AN-1) bo'ladi. Analiz uchun ionitlarni to'g'ridan-to'g'ri ishlatib bo'lmaydi. Ular keyingi qo'llanilishini hisobga olingan holda statik va dinamik sharoitlarda ishlatish uchun tayyorlanadi. Analiz statik sharoitda olib borilsa, ya'ni biror idishdagi eritmaga ionit solinib, eritmadagi ionlar bilan ionit orasidagi muvozanat vujudga keladigan sharoitda o'tkazilsa, ionit ham xuddi shunday usul bilan analizga tayyorlanadi. Dinamik usullar bilan olib boriladigan (ya'ni) ionit biror kolonkaga joylashtirilib, u orqali eritma o'tkaziladigan bo'lsa) analizlar uchun qo'llaniladigan ionitlar dinamik sharoitda ishlash uchun tayyorlanadi. Kationitlarni ishlatishga tayyorlash. Ku-1,Ku-2 yoki Ku-23 markali kationitlar elaklar yordamida donalarining diametriga ko'ra bir necha fraktsiyalarga ajratiladi va ulardan dametri 0.5 -1 mm bo'lganlari tanlab olinadi (ionitlarni xovonchada tuyib, uning donalarining ulchamini kichraytirish mumkin emas). Tanlab olingan kationit stankanga solinadi va uning ustiga natriy xloridning toyingan eritmasi ( kationit egallagan xajmga nisbatan 5 marta ko'p xajmda) qoyiladi hamda kationit bu kishi uchun bir sutka koldiriladi. Shundan so'ng kationit ustiga esa uyuvchi natriyning 1-n eritmasi kuyib, aralashma 2-3 soat koldiriladi (uni vaqti-vaqti bilan aralashtirilib turish kerak). Kationit ustidagi qo'ng'ir tusga kirgan eritma boshqa idishga kuyib olinadi va o'rniga yangi portsiya ishqor eritmasi qoyiladi. Bu ish kationit ustiga qoyilayotgan ishqor eritmasi avval qo'ng'ir, so'ngra sarik rangga kirguncha davom ettiriladi. Shunday qilib, kationit tarkibidagi kichik molekulyar organik birikmalardan iborat bo'lgan qo'shimcha yo'qotiladi. Shundan so'ng kationit juda ko'p miqdordagi suv bilan yuviladi. Uning ustiga o'z xajmidan 5 marta ko'p xajmdagi ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.52 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.52 KB
Ko'rishlar soni
89 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:27 ]
Arxiv ichida: doc