KHKlarida Yadro energetikasi bo'limini 'oqitishda axborot texnalogiyalardan foydalanish mavzusidagi MUNDARIJA: KIRISH3 I Bob. Kasb-hunar kollejlarida fizikaning o'quv me'yoriy xujjatlari tahlili va axborot texnalogiyalari 1.1-§ Kasb- hunar kollejlarida fizika fanining Davlat ta'lim standartlari, fan dasturlari tahlili17 1.2-§ Fizika o'qitishda axborot texnologiya usullaridan foydalanish26 II Bob. Kasb-hunar kollejlarida Yadro energetikasi bobini o'qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanish. 2.1-§ Yangi mavzuni bayon qilishda axborot texnologiyalaridan foydalanish43 2.2-§Bo'limiga oid amaliy mashg'ulotlarini tashkil etishda axborot texnologiyalari usulidan foydalanish54 Xulosalar89 Foydalanilgan adabiyotlar92 Internet ma'lumotlari Kirish O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida har tomonlama yetuk mutahasis kadrlar tayyorlashning mohiyati, zaruriyati, zamonaviy fan va texnikaning rivojlanish talablariga mos barkamol avlodni tarbiyalash masalalari izchillik bilan tahlil etilgan, dolzarb vazifalar va ularni amalga oshirish chora tadbirlari belgilab berilgan Shu bois mamlakatimizda ta'lim tizimini takommillashtirish va uni hozirgi zamon talablariga moslashtirish, zamonaviy informatsion texnologiyalarga asoslangan jahon andozalari darajasidagi tizimni yaratish umumdavlat siyosatining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanmoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta'lim tizimini tatbiq etish asosida, jamiyatning rivojlanishi talablarini hisobga olgan holda, yetuk mutaxasislarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalariga katta e'tibor berilgan. Bu vazifalarni hal qilish uchun esa birinchi navbatda o'quv jarayonini tubdan isloh qilish, unga jahonning rivojlangan davlatlarida keng qo'llanilayotgan zamonaviy informatsion va pedagogik texnalogiyalarni izchillik bilan tatbiq etish zarur. Zamonaviy ta'lim tizimining pedagogik asoslarini tahlil qilish va ta'lim jarayonida o'qituvchining o'rni va vazifalarini aniqlash dolzarb uslubiy masalalardan hisoblanadi. Komp'yuter va telekommunikatsion texnalogiyalarga asoslangan zamonaviy ta'lim tizimining asosiy pedagogik usullari an'anaviy ta'lim tizimidagi pedagogik usullardan tubdan farq qiladi. Birinchidan, ta'lim tizimining texnalogik asosi jadal rivojlanib borganligi uchun o'quv kurslarini ishlab chiqish murakkablashadi va o'qituvchidan pedagogik faoliyatning maxsus usullari va malakalaridan foydalanishni talab etadi. Undan tashqari zamonaviy informatsion texnologiyalar o'quv materiallari sifatida ham o'ziga xos talablar qo'yadi. Ikkinchidan, zamonaviy informatsion tehnologiyalarga asoslangan o'quv jarayonida asosiy figura o'quvchi hisoblanganligi uchun, o'qituvchi asosan o'quvchining berilgan murakkab o'quv axborotlaridan osonlik bilan foydalana olishga yordam berish, talabalarning mustaqil ta'lim olish faoliyatiga imkoniyat yaratish vazifalarini bajaradi. Uchinchidan, zamonaviy ta'lim tizimida o'qituvchi va talabalar orasidagi o'zaro indivudial munosabat, zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlari ta'siri faollashadi. Shunday qilib, ta'lim jarayonida zamonaviy informatsion va telekomunikasion texnalogiyalarni faol qo'llash, o'quv jarayonida o'qituvchining o'rni, roli va pedagogik faoliyatini ma'lum darajada o'zgarishiga olib keladi. O'qituvchilar tomonidan o'quv kurslari tayyorlashda faoliyat murakkablashib, maxsus malaka va usullarni hamda o'quv materiallarini tayyorlash sifatiga e'tiborni kuchaytirishni talab etadi. Ishning maqsadi: Ta'lim jarayonida fizika fanidan olib borilayotgan ma'ruza, amaliy va laboratoriya darslarida kompьyuter texnikasidan foydalangan holda darslarni tashkil qilish uchun zarur ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
427.52 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:27
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
427.52 KB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:27 ]
Arxiv ichida: pptx