Yadro energiyasidan foydalanish Xavfli yadro qurollarining tuzilishi, ishlash prinsipi, uning quvvati, uning zararli ta'sirlari va undan himoyalanish kabi bilimlarni har bir inson bilishi shart. Bunday bilimlar sistemasining eng avval maktabda ximiya va grajdan mudofaasidan bilganlariga tayangan holda fizika darsida zanjir yadro reaksiyalari, yadro reaktori, kritik massa, yadro energiyasidan foydalanish, termoyadro reaksiyalari, radioaktiv nurlanishning biologik ta'siri kabi temalarni kengroq o'rganish jarayonida shakllantirish mumkin. Yadro qurollarida yadro reaksiya-sining ikki turidan: 1) og'ir elementlar yadrolarining bo'linish zanjir reaksiyasidan, 2) yengil elementlar yadrolarining birmuncha og'ir elementlarning yadrolari bilan birikish reaksiyasidan foydalaniladi. Uran 92 U235 yoki plutoniy kabi og'ir elementlar yadrolarining bo'linish zanjir reaksiyasi yadro qurollarida, yengil elementlar - vodorod izotoplari deyteriy va tritiy yadrolarining birikish (sintez) reaksiyasidan termoyadro qurollarida foydalaniladi. Atom bombasining portlashi uchun K 1 bo'lishi kerak. Ana shunday sharoitda zanjir reaksiya shiddatli bo'la boshlaydi va oqibatda portlash yuz beradi. Atom bombasining portlash zonasida harorat o'nlab million gradusga, bosim esa million atmosferaga etadi. Portlashda fotonlar va neytronlar intensiv ravishda chikadi. Portlash atrofidagi joylar yadro bo'linishida hosil bo'ladigan radioaktiv parchalar- mahsulotlar bilan zaharlanadi. Bu zaharlanish shamol va suv oqimi bilan juda katta territoriyaga tarqalishi mumkin. Vodorod bombasi portlaganda deyteriy bilan tritiy aralashmasi bir onda o'nlab million graduslargacha qiziydi. Shu tufayli shiddatli termoyadro reaksiyasi vujudga kelib, bu reaksiya vodorod bombasining portlashi bilan tugallanadi. Vodorod bombasining portlash kuchi atom bombasining portlash kuchidan bir necha o'n marta katta. Yadro qurollari portlatilganda tabiatda qanday hodisa yuz beradi? Quyida ana shu haqda to'xtalib o'tamiz. Yadro qurollari portlatilganda zarar etkazadigan omil-lar kuyidagilar: 1) Zarb to'lqini, 2) Yerug'lik nurlari, 3) O'tuvchi radiatsiya, 4) Radioaktiv zaharlanish va boshqalar. Zarb to'lqinlari. Zarb to'lqini qattiq siqilgan sferik havo zonasidan iborat bo'lib, portlash markazidan hamma tomonga bir tekis tarqaladi. Zarb to'lqini 330 ms tezlikda tarqaladi. Zarb to'lkini o'z yo'lidagi barcha narsalarni vayron qiladi. Zarb to'lqini natijasida kishilarning suyaklari sinadi, qon quyiladi, qorin va ko'krak bo'shlig'i kattiq jarohatlanadi. Zarb to'lqini-ning ta'siri yuzaga berilayotgan bosimga bog'lik,. Yorug'lik nurlari. Yadro quroli portlaganda elektromagnit nurlar chiqadi. Yorug'lik nurlari portlashning yorug'liktarqatadigan sohasida chiqadi. Yadro quroli, havo va tuproqning juda yuksak haroratga qadar qizigan bug'lari shu sohani tashkil etadi. Yorug'lik nurlari bir necha sekund davom etadi. Yorug'lik nurlari o'z yo'lidagi barcha narsalarni yondirib, ko'mir qilib ko'yadi, umuman kishilarni yoppasiga shikastlashi mumkin. Singuvchi (o'tuvchi) radiatsiya. Yadro quroli portlaganda hosil bo'ladigan - nurlar va neytronlar oqimi o'tuvchi (singuvchi radiatsiya) deyiladi, - nurlar organizmning ancha ichkarisigacha kiradi - nur havoda o'nlab va yuzlab metr masofada tarqaladi. - nurlanish kisqa vaqt davom etadi. Lekin inson ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.51 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.51 KB
Ko'rishlar soni
103 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:27 ]
Arxiv ichida: doc