Yadro fizikasi elementlari

Yadro fizikasi elementlari

O'quvchilarga / Fizika
Yadro fizikasi elementlari - rasmi

Material tavsifi

Yadro fizikasi elementlari Reja: 1. Atom yadrosining tuzilishi va asosiy xarakteristikalari. 2. Yadroviy kuchlar. Yadroning fenomenologik modellari. 3. Yadro massasi va bog'lanish energiyasi. 4. Radioaktiv yemirilish. 5. Messbauer effekti. 1. Atom yadrosining tuzilishi va asosiy xarakteristikalari. Atom markazida yadro joylashgan va uning atrofida turli orbitalar bo'yicha elektronlar tinimsiz harakat qiladi. Atom yadrosi atomning markaziy qismida joylashgan bo'lib, proton va neytronlardan tashkil topgan. Atomning ichki tuzilishi qanday? - bu savol XX asr boshlarigacha yechilmay keldi. Shu davrga qadar faqat atomning o'lchami 10- 8 sm atrofida ekanligi, musbat va manfiy zarralar esa atom ichida muallaq harakatda ekanligi, hamda elektron massasi atom massasiga nisbatan bir necha ming marta kichik bo'lishligi ma'lum edi, xolos. 1911 yilda Ernest Rezerford azot yadrolarini -zarralar bilan bombardimon qilganda ulardan vodorod yadrolarini ajralib chiqishini kuzatdi. -zarralar elektronini yo'qotgan geliy elementining ionlaridir. Ular radiy va shu kabi elementlarning parchalanishida hosil bo'ladi. -zarralarning massasi elektron massasidan 800 marta katta bo'lib, zaryadi musbat va absolyut qiymati elektron zaryadidan 2 marta ortiq (2e=3,2∙10-19Kl). Rezerford tajribasi quyidagi 2.1 - rasmda keltirilgan. -zarralar qo'rg'oshin quticha ichida joylashgan 1 manbadan chiqib, 2 tuynukchadan o'tadi va oltin plastinka tomon yo'naladi. -nurlari maxsus 5 ekranda yorug'lik chaqnashi orqali qayd qilinadi. Tajribaning ko'rsatishicha, ko'pchilik -zarralar plastinkadan bemalol o'tgan. Ba'zilari esa ma'lum burchakka burilgan. Ammo shunday -zarralar ham uchraganki, ular dastlabki yo'nalishidan 135-1500 ga teng burchakka burilgan. Folga-plastinkadan - zarraning o'z yo'nalishini o'zgartirmay o'tishi oltin atomlarining ichida bo'shliq fazo mavjud ekanligini tasdiqlaydi. Haqiqatdan ham, zaryadli zarralar atom ichida bir tekis taqsimlanganda edi, Kulon qonuniga ko'ra barcha -zarralar ma'lum burchakka burilgan bo'lar edi. Tajriba natijasiga asoslangan holda Rezerford atom yadrosi haqidagi g'oyani ilgari surdi. Bu qoyaga ko'ra, atomning deyarli qamma massasi va uning musbat zaryadi o'lchami atom o'lchamidan juda kichik bo'lgan yadroda joylashgan. Bu fikrlar atomning planetar modeli, ya'ni atom markazida massasi atom massasiga yaqin musbat ishorali yadro va yadro atrofida turli orbitalar bo'yicha qarakat qiluvchi elektronlar to'plamidan iborat sistemadir, deb uqtiruvchi modelga asos bo'ldi. Rezerfordning hisoblashicha, yadroning o'lchami, diametri 10 12 10 13 sm atrofida bo'lar ekan. Yana bir elementar zarra - neytronni 1932 yil Chedvik aniqladi. Shundan so'ng fizik D.D.Ivanenko va nemis olimi V.Geyzenberg bir-biridan mustaqil ravishda atom yadrosi proton va neytronlardan tashkil topgan, degan fikrni ilgari surdilar. Shu tariqa atom yadrosining proton-neytron modeli yaratildi. Proton va neytronning birgalikdagi nomi nuklon deb ataladi. Bu nom lotincha NUCLEUS yadro degan so'zdan olingan bo'lib, u proton va neytron yadroviy zarralar ekanligini anglatadi. Proton musbat elementar elektr zaryadga ega bo'lgan zarradir, ya'ni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 304.31 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 304.31 KB
Ko'rishlar soni 98 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga