Yadro va elementar zarralar fizikasi. Mikrodunyo hodisalari ko'lami. Atom yadrosining asosiy xususiyatlari

Yadro va elementar zarralar fizikasi. Mikrodunyo hodisalari ko'lami. Atom yadrosining asosiy xususiyatlari

O'quvchilarga / Fizika
Yadro va elementar zarralar fizikasi. Mikrodunyo hodisalari ko'lami. Atom yadrosining asosiy xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Yadro va elementar zarralar fizikasining asosiy rivojlanish bosqichlari. Mikrodunyo hodisalari ko'lami. Atom yadrosining asosiy xususiyatlari RYeJA: 1. Radioaktivlikning ochilishi. Yadro fizikasining yaratilish asosi. 2. Yadro xususiyatlarini tushuntirish uchun kashf etilgan yadro modellarining yutuq va kamchiliklari. 3. Yadro ichki xususiyatlari, o'lchami, yadro kuchlari. 4. Yadro ichki energiyasidan foydalinish muammolari. Radioaktivlikning ochilishi. Yadro fizikasining yaratilish asosi. Yadro fizikasi - atom yadrosining tœzilishi, xususiyatlari va yadro ichida yuz beradigan jarayonlarni o'rganuvchi fandir. XIX asr oxirlariga qadar atom tœzilishi haqida xech narsa malum emas edi. 1896 yil A.Bekkerel (1852-1908) radioaktivlikni kashf etdi. Radioaktiv nurlanishlarning fotoplastinkaga ta'sir etishligini va ionlash xususiyatlarini aniqladi. Ikki yildan so'ng Per Kyuri (1859-1906) va Mariya Skladovskaya Kyuri (1867-1934) uran tœzlarining xam radioaktivlik xususiyatiga ega ekanligini aniqlashdilar. Radioaktivlik vaqtida uch xil (, , ) nurlanish vujudga kelib, nurlanish intensivligi tashqi ta'sirlarga (tem-peratura, elektromagnit maydon ta'siri, deformatsiya) bog'liq emas ekanligi aniqlandi. 1900 yili Kyuri, E.Rezerford, F.Soddilar radioaktiv namunalardan chiquvchi -ikki marta ionlashgan geliy atomi, -tez elektron, -esa qisqa elektromagnit tœlqin ekanligini aniqladilar. Shuning uchun, radioaktivlikni atom, molekulalarda bœladigan jarayonlar deb tushuntirib bœlmaydi, balki yangi bir soha - yadroda deyishlikni taqoza etadi. J.J.Tomson 29 aprel 1897 yilda elektronni kashf etdi. 1904 yili esa o'zining atom modelini tavsiya etdi, bunga ko'ra atom razmeri R=10-8 sm bœlgan musbat va manfiy zaryadlarga aralash neytral shar deb, atom nurlanishini kvazielastik kuchlarga ko'ra tebranishi tufayli deb qaradi. Atomdagi musbat va manfiy zaryadlarning taksimlanishi xarakterini o'rganish maqsadida E.Rezerford va uning xodimlari -zarrachalarning moddalarda sochilishini o'rganishdilar. Tajriba natijasida -zarralar o'zlarining dastlabki yo'nalishini turli burchak ostida o'zgartirgan. Bazilari juda katta (deyarli 1800 gacha) burchakka sochilgan. Olingan natijalarga asoslanib Rezerford atom ichida juda kichik xajmga to'plangan va katta massaga tegishli kuchli musbat elektr maydon (yadro) mavjud bo'lgandagina -zarralar shunday katta burchakka sochilishi mumkin, degan xulosaga keladi va 1911 yili o'zining planetar modelini yaratdi. Bu modelga ko'ra elektronlar yadro atrofida joylashadi. Elektronlar soni esa shundayki, ularning yig'indi manfiy zaryadi yadroning musbat zaryadini neytrallab turadi. Atomning bunday yadroviy modeliga ko'ra uning deyarli butun massasi kattaligi taxminan 10-12 sm ga teng bo'lgan atomning markazi yadrosida to'plangan. Rezerford -zarralar sochilishini atom markaziy yadro zaryadi Ze ni -zarraning zaryadi Ze ni nuqtaviy deb, ular orasidagi o'zaro ta'sirlashuvni Kulon qonuni ga bo'ysunadi deb hisobladi, bunda r-zaryadlar orasidagi masofa. Energiya va harakat miqdori momentining saqlanish qonuniga ko'ra sochilish uchun quyidagi formulani yaratdi (1) Bu yerda: dN-sochilish nuqtasidan r- masofada d-jismoniy burchakka to'g'ri kelgan va burchak ostida sochilgan -zarralar soni; --zarraning sochilishdan oldingi va keyingi yœnalishi o'rtasidagi burchak; N-sochuvchi yaproqchaga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.64 KB
Ko'rishlar soni 172 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:27 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.64 KB
Ko'rishlar soni 172 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga