Yadrolarning gamma-nurlanishi RYeJA: Gamma-nurlar xususiyatini va vujudga kelish yo'llarini tushuntirish. Gamma-nurlanishda tanlash qoidasi. Gamma-o'tishlar ehtimoliyati va uning bog'liqlik tomonlarini tushuntirish. Gamma-nurlanishda yadroda massa soni, zaryadi o'zgarmaydi, faqat ener-giya o'zgarishi ro'y beradi. Gamma-nurlanish yadroning o'ygongan holatidan holatlar energiyalarining ayirmasiga teng bo'lgan diskret energiyali nurlanishlardir. Gamma-nur tinch holat massasi nol, zaryadsiz, spini I=1 ga teng bo'lgan qisqa elektromagnit to'lqindir. Gamma-nurlanish yadro ichida ro'y beradi, chunki alohida nuklon gamma nurlamaydi (yutmaydi), beta-emirilish nuklonlarga xos bo'lsa, gamma-nurla-nish yadroga xos jarayondir. Gamma-nur alfa, beta-emirilishlardan so'ng, yadro reaksiyalaridan keyin vujudga keladi, emirilishlardan keyin energiyasi 10 keV-5 MeV gacha reaksiyalardan keyin esa ~20 MeV gacha etishi mumkin. Gamma-nurlanish yadrodagi nuklonlarning yadro elektromagnit maydo-ni bilan ta'sirlashuviga ko'ra vujudga keladi. Foton yoki gamma-kvantlarning massasi nolga teng bo'lganligidan ular l orbital momentga ega bo'lmaydi. Fotonlar holatini belgilashda multipol tushunchasidan foydalaniladi. Bu holat, elektromagnit maydon-ning multipoli Lh va juftligi bo'lgan holatidir. Erkin fotonlar to'la momenti L bo'lgan holatlar ega bo'ladi. To'la momentining xar bir qiymatiga bitta juftligi musbat bitta juftligi manfiy bo'lgan holat to'gri keladi. Fotonning L momenti va -juftligi aniq bo'lgan holati malum multipollik bilan xarakterlanadi. Binobarin, kvant elektrodinamika- sida 2L karrali multipollik o'tishda foton manbaga nisbatan Lh harakat miqdori olib ketishi ko'rsatiladi. Multipollar L=1 bo'lganda dipol, L=2 bo'lganda kvadrupol, L=3 bo'lganda oktupol va x.k. nomlar bilan ataladi. Shunga asoan elektr dipol va oktupol hamda magnit kvadrupollar tok-juftlikka, aksincha magnit dipol va oktupol hamda elektr kvadrupollar juft-juftlikka ega. Elektr multipollarni Ye xarfi bilan, magnit multipollarni esa M xarfi bilan belgilash qabul qilingan Xarfning o'ng tomoniga L momentning qiymati qo'yiladi. M: elektr dipol kvant Ye1, magnit dipol kvant M1, elektr kvadrupol kvant Ye2, magnit kvadrupol kvant M2 va x.k. Nuklonlarning yadro bilan ta'sirlashuvida yadro zaryadlarining qayta taqsimlanishi elektr Ye, spin va orbital magnit momentlarning qayta taqsimlanishi esa magnit M tipidagi nurlanishlar vujudga keladi. Yadrodan chiquvchi -kvantlarning enegiyalari keV lardan bir necha MeV gacha bo'ladi. Shunga mos ravishda keltirilgan to'lqin uzunligi 210-10510-14 m atrofida bo'ladi. Agar fotonning to'lqin uzunligi u bilan o'zaro ta'sirlashayotgan yadro o'lchami R dan katta, yani bo'lsa, odatda bu ta'sirlashuvda harakat miqdori momenti va juftlikni saqlanish qonunlari ruxsat etgan multipollikning eng kichik qiymatlari amalga oshiriladi. Elektromag-nit nurlanishlar nazariyasidan elektr Ye multipol nurlanishlari nurla-nish to'lqin uzunligiga bog'liq bo'lib, nurlanish ehtimoliyati (1) Magnit nurlanishlari uchun (2) Bundan ko'rinadiki, bir xil multipollikda M-nurlanishlar Ye-nurlanishlarga nisbatan marta qiyinlashadi. Boshqacha aytganda, berilgan multipollik L-da ML-o'tish EL-o'tishga nisbatan omilga yoki shuncha marotaba sekinlashgan bo'ladi. Gamma o'tishlar ehtimoliyati gamma foton energiyasi va yadroning massa soniga bog'liq. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.55 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:27
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.55 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:27 ]
Arxiv ichida: doc