Yangi pedagogik texnologiya va uni didaktik imkoniyatlari Reja: 1. Texnologiya so'zining ma'nosi nima? 2. Yapon olimi T.Sakamotoning Pedagogik texnologiya haqidagi ta'rifini keltiring. 3. Akademik, V.P. Bespol'ko ta'rifi. 4. Quyidagi noan'anaviy dasr usullarini tushuntiring. Texnologiya - texnikaviy taraqqiyot bilan bog'liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so'zdan - «texnos» (techne) - san'at, mahorat, hunar va «logos» (logoc) - fan so'zlaridan tashkil topib «hunar fani» ma'nosini anglatadi. Ushbu so'z ko'proq ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Pedagogik texnologiya esa ma'lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va o'qituvchi pedagogik jarayon o'quvchi (talaba) funksional tizim qonunlariga tegishli bilimlar asosida ko'riladi. Yapon olimi T.Sakamoto tomonidan «o'qitish texnologiyasi-bu o'qitishning maqbulligini ta'minlovchi yo'l-yo'riqlar tizimi bilan bog'liq bilimlar sohasi» ekanligi e'tirof etiladi. obyektiv borliqni o'rganishga sistemali yondashuv metodi fanda keng ko'lamda qo'llanilgach uning ta'siri ostida asta-sekinlik bilan pedagogik texnologiya mohiyatiga ham aniqlik kiritila bordi: taniqli pedagogik olim N.F.Talizina texnologiyani «belgilangan o'quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat» deb tushuntirdi . I.Ya.Lernerning fikricha, pedagogik texnologiya «o'quvchilar harakatlarida aks etgan o'qitish natijalari orqali ishonchli, anglab olinadigan va aniqlanadigan maqsadni ifodalashni taqoza etadi. Yuqorida keltirilgan ta'riflardan ko'rinib turibdiki, pedagogika texnologiya belgilab olingan boshlang'ich maqsad va mazmun asosida o'quv jarayonini loyihalash sifatida talqin etilayapti. Bu bir jihatdan to'g'ri, lekin teranroq fikr yuritilsa, uning bir yoqlamaligi yaqqol ko'zga tashlanadi, chunki bunday yondashuvlarda o'quvchi shaxsi inkor etilayapti. Bu kamchilikning birinchi bo'lib, akademik V.P.Bespalko payqadi va o'zining asarida «Pedagogik texnologiya - bu o'qituvchi mahoratiga bog'liq bo'lmagan holda pedagog muvaffaqiyati kafolatlay oladigan o'quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir» deb ta'rifladi. Demak, yangi pedagogik texnologiya darsida darsning harakatlantiruvchi kuchi o'quvchi bo'lgandagi dars jarayonidir. Mazkur dars jarayonlari noan'anaviy usulda amalga oshiriladi. Quyida bir necha noan'anaviy dars ishlanmalarini keltiramiz: 1. «O'ta siqilish»ni o'rganish usuli. Bu usulni prujinaga osilgan jismning tebranishi mavzusida qo'llash misolida tushuntiramiz. Tebranma harakatda energiyaning bir turdan boshqa turga utish sistemasining to'liq energiyasi haqidagi tushunchalarni umumlashtirish va to'ldirishda ma'lum darajada darsnig samarasini oshiradi va o'qituvchining didaktik imkoniyatlarini kengaytiradi. -A A2 X 0 Wp 0 0 Wk = = WT | -A1 | = | A2 | 2.«Daraxt usuli». Bu usul yordamida o'quvchilar bilimini umumlashtirish va sistemalashda foydalanish mumkin. Sinf taxtasida daraxt-archa tasvirlanadi. Uning tanasiga o'qituvchi biror mavzuni yozadi (m: «Elektr maydoni») Chaqirilgan ketma-ket o'quvchilar navbati bilan daraxt shoxlariga shu mavzuga tegishli tushuncha va formulalarini archa o'yinchoqlari shaklida karton qog'ozlariga yozib ilib qo'yadilar. 3.«Iloncha usuli». O'quvchilarni kollektiv bo'lib ijodiy faoliyatga o'rgatishga yordam beradigan noan'anaviy usul. Bunda o'quvchilar oldin yozilgan formuladagi oxirgi fizikaviy kattalikdan boshlanadigan formulalar zanjirini tuzadilar. Bunday topshiriqlar ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.53 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:28
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.53 KB
Ko'rishlar soni
112 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:28 ]
Arxiv ichida: doc