yarim o'tkazgich va yarim o'tkazgich kontakt O'zlarining elektr o'tkazuvchanlik xossalariga qarab qattiq jismlar metallarga (o'tkazgichlarga), yarim o'tkazgichlarga va dielektriklar (izolyatorlar)ga bo'linadi. Metallar energetik zonalari elektron bilan to'la band qilinmagan bo'ladi (1a-rasm) va ularga tashqaridan kuchsiz elektr maydon ta'sir etsa, elektronlar yuqorida joylashgan uzluksiz bo'sh o'tkazuvchanlik zonalariga o'tib olib, ma'lum yo'nalishda harakat qiladi va elektr toki hosil bo'ladi. Sababi metallarda valent va o'tkazuvchanlik energetik zonalar bir-birlari bilan chaplashib uzluksiz zona hosil qilgan bo'ladi. Yarim o'tkazgichlarga esa valent zona elektronlar bilan to'lgan bo'lib, agar elektronlar o'tkazuvchanlik zonasiga o'tmasa, ular erkin bo'lmaydi (1b-rasm). Bu zona valent zonadan δe~0,12ev energetik masofada joylashgan bo'ladi, unda ΔE - taqiqlangan zonaning eni. Agar elektronlar valent zonadan o'tkazuvchanlik zonaga o'tmasalar, tashqi elektr maydon ta'siri bilan tok hosil bo'lmaydi. Yarim o'tkazgichda elektr toki hosil bo'lishi uchun, ma'lum tashqi faktor (temperatura, yorug'lik va h.K.) Yordamida elektronlar valent zonadan o'tkazuvchanlik zonaga o'tgan bo'lishi kerak. Elektr tokini yaxshi o'tkazadigan, ya'ni yuqori elektr o'tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo'lgan moddalar o'tkazgichlar deyiladi. Elektr o'tkazuvchi moddalar solishtirma qarshiligining katta kichikligiga qarab elektr tokini yaxshi o'tkazadigan elektr o'tkazgichlar (ρ=10-6¸10-4 Om×sm), izolyatorlar (ρ=105¸1018 Om×sm) va yarim o'tkazgichlar (ρ=10-4¸105 Om×sm)ga bo'linadi. Metallar, elektrolitlar va plazmalar elektr o'tkazuvchidir. Elektr o'tkazuvchanligi yuqori bo'lgan modda yoki jism o'tkazgich deb ataladi. O'tkazgichlar ikki xil bo'ladi: birinchi tur o'tkazgichlari va ikkinchi tur o'tkazgichlari. Dielektrikka o'zgaruvchan kuchlanish ta'sir etsa, unda qo'shimcha nobudliklar ham bo'ladi. Bunday energiya nobudligi dielektrik gisterezisidir. Bu nobudlik quyidagi formula bilan aniqlanadi: bu yerda k - material xususiyatiga bog'liq bo'lgan koeffitsiyent; f - o'zgaruvchan tok chastotasi; E - elektr maydonining kuchlanganligi. Biror elementga qo'shilganda erkin elektronlar hosil qiluvchi element, masalan, surma donor deyiladi, donor qo'shilgan element esa, n - tipli yarim o'tkazgich deyiladi Teskari ulanishda teshik va elektronlar tok manbaining turli qutblari tomon tortilishi sababli, to'siq juda katta qarshilikka ega bo'lib, undan o'tadigan tok juda kichik, to'g'ri ulanishda esa, aksincha bo'ladi. Demak, p-n qatlam bir tomonlama o'tkazish, ya'ni ventil xususiyatiga ega bo'ladi. Shu sababli yarim o'tkazgichli dioddan o'zgaruvchan tokni o'zgarmas tokka aylantirishda keng foydalaniladi. Diod, tranzistor, rezistor, induktivlik, kondensator kabi jajji asboblarning maxsus texnologiya asosida plyonkaga bosilib, o'zaro biriktirilishidan hosil bo'lgan sxemalar mikrosxemalar deyiladi. Bu sxemalarni yaratishda elektron - nur va lazer texnikasidan foydalaniladi. Murakkab elektrotexnik va elektron hisoblash mashinalarida bunday jajji asboblar ming-minglab ishlatiladi. Shu sabali ularning ixcham va pishiq, ishlatishga qulay bo'lishi juda katta ahamiyatga egadir. Yarim o'tkazgichli asboblar elektron va ion asboblarga nisbatan quvvat isrofi kamligi, gabarit o'lchamlari va massasining kichik (ixcham)ligi, arzonligi, mexanik jihatdan pishiqligi, xizmat davrining kattaligi ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
596.63 KB
Ko'rishlar soni
161 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:28
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
596.63 KB
Ko'rishlar soni
161 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:28 ]
Arxiv ichida: pptx