Yarim o'tkazgichli asboblar

Yarim o'tkazgichli asboblar

O'quvchilarga / Fizika
Yarim o'tkazgichli asboblar - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Yarim o'tkazgichli asboblar. Reja: Hozirgi davrda ilmiy texnikaning rivojlanishi bilan birga elektron element va uskunalarning murakkab turlari ko'payib bormoqda. Elektronika sanoat ishlab chiqarishini XIX-XX asrda rivojlanishi bilan birga paydo bo'la boshladi. Radioni kashf etilishi elektronikani rivojlanishiga asosiy turtki bo'ldi. Birinchi marta elektromagnit to'lqinlar yordamida signallarni uzoq masofaga uzatish masalasini va yechimini rus olimi А.S.Popov 1889 yilda ishlab chiqdi va 1895 yilda dunyoda birinchi bo'lib radioni kashf etdi. 1904 yil esa ingliz olimi Y. Fleming ikki elektrodli elektrovakuumli uskuna - diodni kashf etdi va radioda qo'lladi. 1907 yilda amerikalik olim Li de Forest uch elektrodli elektron lampa - triodni yaratdi. Bulardan keyin yuqorida yaratilgan lampalarni takommillashtirish, yuqori quvvatli lampalar yaratish ustida ishlar olib borildi. O'tgan asrning 30-40 yillarida uskunalarda juda ko'p elektron lampalar qo'llana boshlandi. Lekin bularning o'lchamlari kattaligi, ish davomiyligi qisqaligi, energiyani ko'p sarf qilishi ularni ishlab chiqarishga tadbiq etishni cheklay boshladi. Bularni bartaraf etish yo'lida ko'pgina amaliy ishlar olib borilib, yarim o'tkazgichli elementlar yaratildi. Yarim o'tkazgich elementlarni ishlab chiqish va tadbiq etish masalalarini akademik А.F.Ioffe birinchilardan bo'lib ko'rib chiqdi. Elektronika ilm va texnikaning asosiy yo'nalishlaridan bo'lib, quyidagilarni o'rganadi: a) Elektrovakuum va yarim o'tkazgichli elementlardagi fizik jarayonlarni; b) Elektrovakuum va yarim o'tkazgich elementlarni elektr tavsifnomalari, va kattaliklarini; v) Elektrovakuum va yarim o'tkazgichlardan tuzilgan uskunalar va tizimlarning xususiyatlarini. Elektronika uch xil yo'nalishga ega: 1. Informatsion elektronika - bu elektron hisoblash va informatsion o'lchov texnikasini asosini tashkil qiladi. Bularga ma'lumotni qabul qilgich, qayta ishlash, saqlash, uzatish uskunalari kiradi. 2. Energetik elektronika - o'rta va yuqori quvvatli elektr energiyani o'zgartiruvchi uskuna va tizimlari bilan bog'liq. Bularga o'zgartirgichlar, inventorlar, chastotali o'zgartkichlar va boshqa uskunalar kiradi. 3. Elektron texnologiya - elektromagnit to'lqinlar qo'llaniladigan uskunalar yordamida bo'ladigan texnologik jarayonlarda qo'llaniladigan uskuna va uslublarni o'z ichiga oladi. Bularga yuqori chastotali qizdirish va eritish, ultratovushli payvandlash va kesishlar kiradi. Elektron qurilmalarni keng qo'llanilishiga ularning quyidagi xususiyatlari sabab buladi: 1. Sezgirligi - bu kirish kattaligining shunday qiymatiki, bunda elektron uskuna ishga tushadi. Zamonaviy elektron uskunalarning sezgirligi quyidagichidir: tok bo'yicha 10-17А, kuchlanish bo'yicha 10-13V, quvvat bo'yicha 10-24 Vt 2. Ishlash tezligining o'ta yuqoriligi-bu tez bo'lib o'tadigan jarayon-larni rostlash, nazorat qilish va boshqarishda juda muhim rol o'ynaydi. Bu hodisa mikrosekundlarni mingdan biriga tengdir (10-6 s). 3. Universalligi - elektron qurilmalar ishlatadigan elektr energiyasini boshqa energiyalariga o'zgartirib olishi mumkinligidir. Yarim o'tkazgichlarning elektr o'tkazuvchanligi Yarim o'tkazgichlarga xona haroratida nisbiy elektr qarshiligi 10-5 dan 1010 Omsm bo'lgan elementlar kiradi. Yarim o'tkazgichlar qarshiligi bo'yicha metall va dielektriklar oralig'ida bo'lgan elementdir. Bularga: kremniy, arsenid, galliy, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.78 MB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:28 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.78 MB
Ko'rishlar soni 119 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga