Yarim o'tkazgichli raqamli integral mikrosxemalar sxemotexnikasi ══ Reja: Raqamli texnika asoslari Mantiqiy IMS parametrlari Bipolyar tranzistorlarda yasalgan kalit sxemalar Maydoniy tranzistorlarda bajarilgan kalit sxemalar Mantiqiy integral sxemalar negiz elementlari 9.1. Raqamli texnika asoslari Zamonaviy hisoblash texnikasida axborotni raqamli qayta ishlash usuli muhim rol o'ynaydi. Raqamli yarim o'tkazgichli IMSlar hisoblash texnikasi qurilmalari va tizimining negiz elementi hisoblanadi. Hisoblash mashinalari tomoniday qayta ishlanayotgan berilganlar, natija va boshqa axborotlar faqat ikki qiymat oladigan (ikkilik sanoq tizimi) elektr signallari ko'rinishida ifodalanadi. Analog axborotni raqamli ko'rinishga aylantirish uchun uni kvantlaydilar, yani vaqt bo'yicha uzluksiz signal uning malum nuqtalardagi diskret qiymatlari bilan almashtiriladi. So'ngra berilgan signal oxirgi diskret qiymatiga mos ravishda raqam beriladi. Signal diskret darajalarini raqamlar ketma - ketligi bilan almashtirish jarayoni kodlash deb ataladi. Olingan raqamlar ketma - ketligi signal kodi deb ataladi. Ikkilik sanoq tizimida biror son ikki raqam: 0 va 1 orqali ifodalanadi. Raqamlarni ifodalash uchun raqamli tizimlarda tok yoki kuchlanish kabi elektr kattalikni ikki holatdagi signalini qabul qilishga moslashgan elektron sxema bo'lishi talab qilinadi. Kattalikning biri - 0 ga, ikkinchisi - 1 ga mos kelishi kerak. Ikki elektr holatga ega bo'lgan elektr sxemalarni yaratishning nisbatan soddaligi shunga olib keldiki, hozirgi zamonaviy raqamli texnika mana shu ikkilik ifodalanish tizimga asoslangan. Raqamli qurilmalar ishlash algoritmini ifodalash uchun bul algebrasi yoki mantiq algebrasi qo'llaniladi. Mantiq algebrasi doirasida raqamli sxema kirish, chiqish va ichki qismlariga mos ravishda bul o'zgaruvchilari o'rnatiladi va ular faqat ikki qiymat qabul qilishi mumkin: X=0 agar X 1; X=1 agar X 0. Bul algebrasi asosiy amallari bo'lib mantiqiy qo'shuv, ko'paytiruv va inkor amallari hisoblanadi. Mantiqiy qo'shuv. Bu amal YoKI amali yoki dizyunksiya deb ataladi. Ikki o'zgaruvchini mantiqiy qo'shish postulatlari 9.1 - jadvalda keltirilgan. Bunday jadvallar haqiqiylik jadvallari deb ataladi. Shuni takidlash kerakki, bu amal ixtiyoriy o'zgaruvchilar soniga mo'ljallangan. Amal bajarilayotgan o'zgaruvchilar soni, uning belgisidan oldin turgan raqam bilan ko'rsatiladi. Demak, 9.1 - jadvalda 2YoKI amali bajarilgan. Mantiqiy qo'shuv YoKI amalini bajaruvchi element (elektron sxema) shartli belgisi 9.1 a - rasmda keltirilgan. 9.1 - jadval Mantiqiy qo'paytiruv. Bu amal HAM amali yoki konyunksiya deb ataladi. Mantiqiy ko'paytiruv postulatlari 9.2 - jadvalda keltirilgan. Mantiqiy HAM amalini bajaruvchi element shartli belgisi 9.1 b - rasmda ifodalangan. 9.2 - jadval Mantiqiy inkor. Inkor amali inversiya yoki to'ldirish deb ataladi. Inkor postulatlari 9.3 - jadvalda keltirilgan. Inversiya amalini bajaruvchi mantiqiy element shartli belgisi 9.1 v - rasmda keltirlgan. - jadval a) b) v) 9.1 - rasm. Elementar mantiqiy HAM, YoKI, EMAS amallarini bajaradigan mantiqiy elementlardan foydalanib ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
84.87 KB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
84.87 KB
Ko'rishlar soni
152 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:29 ]
Arxiv ichida: doc