6-sinf fizika darsligi asosida 52-mavzu: Ko'zguga qaramagan odam bo'lmasa kerak. Unga qarab nimani ko'ramiz? Ko'zguda biz o'z aksimizni va atrofimizdagi buyumlarni ko'ramiz. Ko'zgudagi tasvir o'lchamlari, buyumlar o'lchami bilan bir xil bo'ladi. Ko'zguga yaqinlashsak, tasvir ham yaqinlashadi, uzoqlashsak tasvir ham uzoqlashadi. Demak, tasvir ko'zguning yuzida emas, balki ichkarisida hosil bo'ladi. Buning sababi nimada? Bir tomoni kumush bilan qoplangan shisha plastinaga ko'zgu deyiladi. Narsa, buyumlardan qaytgan yorug'lik ko'zguga tushadi va uning kumushlangan qatlamidan qaytadi. Yorug'likning qaytish qonunidan foydalanib, yassi ko'zguda tasvir hosil qilishni ko'raylik (110-rasm). Tasvir hosil qilish uchun buyumdan ikkita nurni ko'zguga yo'naltiriladi. Bu nurlar ko'zgu yuzasidan qaytish qonuniga rioya qilib qaytadi. Qaytgan nurlarni teskari tomonga davom ettirilsa, buyum tasviri ko'zgu orqasida hosil bo'ladi. Agar tasvirdan ko'zgugacha va ko'zgudan buyumgacha bo'lgan masofalar o'lchansa, ular teng bo'lib chiqadi. Ko'zgudagi aksimizga qarab, unga o'ng qo'limizni uzatsak, aksimiz chap qo'lini uzatadi. Demak, yassi ko'zguda chap tomon bilan o'ng tomonning o'rni almashinib ko'rinadi. Ko'zgudagi buyum o'zidan nur chiqarmaydi. Shu sababli tasvirni mavhum tasvir deyiladi. Shunday qilib, buyumning yassi ko'zgudagi tasviri mavhum, to'g'ri, o'lchamlari buyum o'lchamlariga teng, buyum ko'zgudan qancha masofada bo'lsa, ko'zgu orqasida shunday masofada va chap tomoni o'ng tomoni bilan almashinib ko'rinadi. Sferik ko'zgular*. Sharning bir bo'lagi ko'rinishida bo'lgan ko'zgular sferik ko'zgular deyiladi. Ular ikki turda bo'ladi: botiq va qavariq. Botiq ko'zguda nur sferaning ichki qismidan, qavariq ko'zguda sferaning tashqi qismidan qaytadi. Botiq ko'zguga Quyosh nurlari yuborilsa, ular bitta nuqtada to'planadi (11-a rasm). Bu nuqta botiq ko'zguning bosh optik o'qida joylashib, uning fokusi deyiladi. Ko'zgu markazi D nuqtadan F nuqtagacha bo'lgan masofa fokus masofasi deyiladi. Qavariq ko'zguga tushgan Quyosh nurlari undan sochiladi (11-b rasm). Sochilgan nurlarni fikran davom ettirilsa, F nuqtada kesishadi. Unga mavhum fokus deyiladi. OD - ko'zguning egrilik radiusi, DF - ko'zguning fokus masofasi deyiladi. Agar yorug'lik manbaini botiq ko'zguning fokusiga qo'yilsa, undan chiqqan nurlar ko'zgudan qaytib, bosh optik o'qqa parallel holda qaytadi. Ko'zgularda tasvir yasash uchun buyumdan chiqqan ikkita nurdan foydalanish kifoya. 112-rasmda botiq ko'zguda yonib turgan shamning tasvirini yasash keltirilgan. 112-rasmda buyum ko'zgudan 2F masofadan nariga qo'yilgan. Undan 1 nurni bosh optik o'qqa parallel, 2 nurni bosh fokus F ga yo'naltiramiz. Bu nurlar ko'zgudan qay tib, o'zaro uchrashgan joyida shamning tasviri hosil bo'ladi. Tasvir to'nkarilgan, kichiklashgan va haqiqiy bo'ladi. Agar buyum ko'zgudan 2F va F oralig'idagi masofaga qo'yilsa (113-rasm), tasvir bu safar ham 1 va 2 nur yordamida yasaladi. Tasvir to'nkarilgan, kattalashgan va haqiqiy bo'ladi. Agar buyum 2F masofaga qo'yilsa, buyum va tasvir ustma-ust tushadi. 114-rasmda qavariq ko'zguda tasvir hosil ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.07 MB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:29
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.07 MB
Ko'rishlar soni
123 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:29 ]
Arxiv ichida: ppt