8-sinf fizika darsligi asosida 51-mavzu: Yerning magnit maydoni Tabiatdagi go'zal hodisalaridan biri - qutb yog'dusidir. Qutb yog'dusi Yerning shimoliy va janubiy qutblari yaqinida yer yuzidan 80-100 km. gacha balandlikda ro'y beradi (141-rasm). Bunga sabab, Yer sharining ulkan magnitdair iborat ekanligidir. Quyosh nurlarining zaryadlangan, o'ta kuchli oqimlari sayyoramizga yetib kelganida, qutblarda og'adi. Demak, Yerning magnit maydoni himoya qobig'i vazifasini bajaradi. Yerning magnit maydoni uning sirtidagi jismlarga qanday ta'sir ko'rsatadi? K.ompas strelkasi yoki ipga osilgan doimiy magnit janubdan shimolga tomon yo'nalish bo'ylab joylashadi (142-a rasm). Bu yerning magnit kuch chiziqlari shimoliy magnit qutbdan janubiy magnit qutbga tomon yo'nalganligi, ya'ni yer sharining magnit maydon bilan o'ralgani orqali izohlanadi (142-b rasm). Rasmdagi (N dan S ga yo'nalgan) kuch chiziqlarining ixtiyoriy nuqtasiga qo'yilgan kompas shu chiziqlar yo'nalishida burilishini (joylashishini) bildiradi. Demak, kompas bizga «yo'l ko'rsatmaydi», u biz turgan joyda nisbatan Yer sharining shimoliy va janubiy geografik qutblarini ko'rsatadi. Yerning janubiy magnit qutbi (S) 75° shimoliy kenglik va 99° g'arbiy uzunlik yaqinida, Yer shariniig shimoliy geografik qutbidan taxminan 2100 km uzoqlikda joylashgan. Shimoliy magnit qutbi (N) esa Yerning janubiy geografik qutbi yaqinida bo'lib, 66,5° janubiy kenglik va 140° sharqiy uzunlikda joylashgan. Yerning magnit maydoni haqida nimalarni bilasiz? Nima sababdan kompas strelkasining yo'nalishi aynan Yerning geografik qutblarini ko'rsatmaydi? Magnitlar orasiga temir plastinka qo'yilsa, ular bir-biriga ta'sir ko'rsatmaydi. Uning sababi nima? Magnitlar orasiga shisha plastinka kiritilganda maydonga ta'sir o'tkazadimi? Qutb yog'dusi yerning qaysi joylarida kuzatiladi? ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
825.7 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:29
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
825.7 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:29 ]
Arxiv ichida: ppt