7-sinf fizika darsligi asosida 30-mavzu: Yerning tortish kuchi ta'sirida jismlarning harakati Gorizontal otilgan jismning harakati Miltiqdan gorizontal yo'nalishda otilgan o'qning, motori o'chib qolgan samolyotning yoki undan tashlab yuborilgan jismlarning harakat trayektoriyasi qanday bo'ladi, ular qayerga borib tushadi, degan savollarga javob topaylik. Faraz qilaylik, jism 80 m balandlikdagi minoradan yerga vertikal yo'nalishda tashlandi. Havoning qarshiligi hisobga olmasa ham bo'ladigan darajada kichik va g =10 ms2 deb olsak, h = gt2 2 formula yordamida jism 1 s da 5 m, 2 s da 20 m, 3 s da 45 m, 4 s da 80 m masofani bosib o'tishini ko'rish mumkin. Endi jism baland minoradan υo boshlang'ich tezlik bilan gorizontal yo'nalishda otilsin (98-rasm). Bu harakatlar natijasida u minoradan s masofa uzoqlikka borib tushadi. Gorizontal yo'na - lishda otilgan jism harakatini tahlil qilib, unda ikkita ajoyib natijani kuzatish mumkin. Birinchi natija. 80 m balandlikdan tashlangan jism 4 s da yerga tushadi. Shu balandlikdan 5 ms, 10 ms, 15 ms, 20 ms boshlang'ich tezlik bilan gorizontal yo'nalishda otilgan jismlar ham bir xilda 4 s da yerga tushadi. Hattoki, ularning 1 s, 2 s, 3 s oxirida yerdan balandliklari ham bir xil bo'lib, boshlang'ich tezliksiz tashlangan jismdagi kabi bo'ladi. Balandlikdan boshlang'ich tezliksiz tashlangan jism yerga qancha vaqtda tushsa, shu balandlikdan gorizontal yo'nalishda otilgan jism ham shuncha vaqtda yerga tushadi. Ikkinchi natija. Gorizontal otilgan jism ixtiyoriy teng vaqtlar orasida minoradan bir xil masofaga uzoqlashib boradi. Agar yerga jismning egri chiziqli harakatining proyeksiyasi tushirilsa, uning proyeksiyasi to'g'ri chiziqli tekis harakatni ifodalaydi. Shuning uchun minora ostidan jismning tushgan joyigacha bo'lgan masofa quyidagicha ifodalanadi: 98-rasmda ko'rsatilganidek, jism 80 m balandlikdagi minoradan 5 ms, 10 ms, 15 ms, 20 ms boshlang'ich tezlik bilan gorizontal yo'nalishda otilgan bo'lsa, jism har gal minoradan qancha uzoqlikka borib tushishini hisoblaylik. Bunda t = 4 s deb olib, (1) formuladan har bir holat uchun s masofani topamiz: 1) υ0 = 5 ms da s = 5 ms · 4 s = 20 m; 2) υ0 = 10 ms da s = 10 ms · 4 s = 40 m; 3) υ0 = 15 ms da s = 15 ms · 4 s = 60 m; 4) υ0 = 20 ms da s = 20 ms · 4 s = 80 m. Demak, gorizontal otilgan jism ikki xil harakatda ishtirok etadi, ya'ni gorizontal yo'nalishda to'g'ri chiziqli o'zgarmas tezlikdagi harakatini davom ettiradi hamda Yerning tortish kuchi ta'sirida vertikal yo'nalishda o'zgaruvchan tezlikda erkin tushish tezlanishi bilan pastga erkin tushadi. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1016.07 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:29
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1016.07 KB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:29 ]
Arxiv ichida: ppt