Yig'indi quyosh radiatsiyasini piranometr yordamida o'lchash Yer o'z orbitasida harakat qilish vaqtida ellips ko'rinishdagi traektoriyani hosil qiladi, bunda ellipsning fokuslaridan birida Quyosh yotadi. Yer o'qining gorizontga nisbatan og'ishi 66,50 yoki bu o'qning tekslika nisbatan perpendikulyar vaziyati 23,50 ga teng bo'ladi. Qish vaqtida a nuqtada (perigeliy) yer Quyoshga eng yaqin masofada bo'ladi, yozda esa V nuqtada (afeliy) Quyoshdan eng uzoq masofada bo'ladi 1-rasm. 1rasm. Yer sharining Quyosh atrofidagi harakat orbitasi yer o'qining aylanish vaqtidagi og'ish o'zgarishi yil bo'yicha vaqtning o'zgarishiga olib keladi. yerning shimoliy yarim sharida yil boshi Quyosh turish vaqtiga mos keladi: qishda- 22 dekabr, yozda- 21 iyun va kuzgi va bahorgi teng kunliklar-23 sentyabr va 21 martga mos keladi. 2-rasm. 2-rasm. Quyosh balandligi va quyosh nurining atmasferadan o'tishi. Quyosh nurining yer atmosferasidan o'tishi va uning balandlik bilan bog'lanish sxemasi bilan ko'rsatilgan. AV-yer yuzasi, SD-atmosfera chegarasi, S1 da Quyosh nurlari bo'lganda atmosferada a1o masofani bosib o'tadi ; S2 bo'lganda nur a2o masofani bosib o'tadi; S3 bo'lganda nur a3o masofani bosib o'tadi; S4 bo'lganda nur a4o masofani bosib o'tadi. Shunday qilib, Quyosh kichik balandlikda bo'lganda atmasferada uzun yo'lni bosib o'tadi. Demak, yutilish va sochilish Quyosh nurlanishida yuqoridagi kattaliklarga bog'liq bo'ladi. Quyosh nurlanishi atmosfera va bulutlarda sochilganidan keyin havo molekulalaridan, bulut va chang zarralaridan qaytib yerdagi gorizantal sirtga tushadigan qismi sochilgan quyosh nurlanishi deyiladi. Yassi sirtga bir vaqtda tushuvchi to'g'ri va sochilgan Quyosh nurlanishi birgalikda yig'indi Quyosh nurlanishini hosil qiladi. Quyosh radiatsiyasining asosiy qismining to'lqin uzunligi 0,29 mkm dan 4 mkm gacha bo'lgan nurlarni tashkil qiladi. Quyosh spektrini odatda uch qismga ajratib o'rganiladi: Infraqizil nurlar (to'lqin uzunlik 4mkm0,76mkm), Ko'rinadigan nurlar (0,4mkm0,76mkm), Ultrabinafsha nurlar (0,29mkm0,4mkm). Atmosfera va bulutlar birgalikda Quyoshdan yerga tushadigan nurning energiyasini 15 foizini yutadi. Atmosferada Quyosh nurlanishining yutilishida atmosfera tarkibidagi kislarod (02), ozon(03), karbonat angdrid (S02), suv bug'i (N2O) va boshqa turli chang zarralari asosiy omil bo'ladi. Atmosfera tarkibidagi gazlar turli to'lqin uzunlikdagi nurlarni tanlab yutish qobilyatiga ega bo'lganligidan ularning har biri Quyosh radiatsiyasining ayrim qisimlarinigina zaiflashtiradi. Kislarod malekulalari spektrning qisqa to'lqin uzunligini yaxshi yutadi. SO2 molekulalari esa buning aksicha, infraqizil nurlarni yutib, ultrabinafsha va ko'rinadigan nurlarni o'tkazadi. Ozon molekulalari ultrabinafsha nurlarni suv bug'i esa ko'rinadigan va infraqizil nurlarni yaxshi yutadi. Quyosh spektrdagi energiyaning to'lqin uzunliklar bo'yicha taqsimlanish grafigi 3-rasmda ko'rsatilgan rasm. Quyosh nurlarini suv bug'ida yutilishi. 1-quyosh nurining atmosferadan o'tgunga qadar taqsimlanishi 2-quyosh nuring atmasferadan o'tgandan keyingi taqsimlanishi To'lqin uzunligi 0,29 mkm dan qisqa bo'lgan to'lqin uzunlikdagi Quyosh nurlarini atmosferaning yuqori qatlamidagi ozon yutgani uchun yerga etib kelmaydi. Atmosferaning ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
81.23 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:29
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
81.23 KB
Ko'rishlar soni
115 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:29 ]
Arxiv ichida: doc