yonilg'ilarning umumiy xossalari va ularning dvigatel ishiga ta'siri Reja: 1. Yonilg'ilarning bug'lanuvchanligi. 2. Dvigatellarda smola va qurum hosil bo'lishi. 3. Yonilg'ilarning yonish jarayoniga ta'sir etuvchi xossalari. Ichki yonuv dvigatellarida yonilg'ining ximiyaviy energiyasi issiqliq energiyasiga, issiqlik energiyasi esa mexanik ishga aylanadi. Dvigatelning foydali ish koeffitsiyenti qancha yuqori bo'lsa, uning ko'rsatkichlari xam shuncha yuqori bo'ladi. Yonuvchi aralashma hosil bo'lish xarakteriga ko'ra dvigatellar ikki turga: aralashma silindrlar ichida hosil bo'ladigan dizel dvigatellari va aralashma silindrlar tashqarisida hosil bo'ladigan karbyuratorli gaz dvigatellariga bo'linadi. Neftdan olingan barcha yonilg'ilar turli qaynash temperaturasiga ega bo'lgan uglevodorodlarning murakkab aralashmasidir. Masalan, dizel yonilg'isi 170-3600 S temperaturada, benzin esa, 35-200 S da qaynaydi. qishki sort yonilg'i va benzinlar yengil fraksion tarkibga ega, past temperaturada bug'lanadi. Yonilg'ining sifati ko'rsatiladigan pasportlarda buglanuvchanlik fraksion tarkib bilan baholanadi. Fraksion tarkib quyidagicha aniqlanadi. Maxsus priborda 100 ml yonilg'i kizdiriladi. Ajralib chiqayotgan bug'lar sovutiladi. Natijada u suyuqlikka aylanadi. Bu suyuqlik o'lchov silindriga yig'iladi. Xaydash vaqtida avval benzinning qaynay boshlash temperaturasi, so'ngra 10, 50 ,90% benzinning qaynab bug'lanish temperaturasi hamda, qaynab bug'lanish oxiridagi temperaturasi yozib qo'yiladi (dizel yonilg'isi uchun faqat 50 va 96% qaynash nuqtalari yozib qo'yiladi). Bu ma'lumotlar, odatda, standartlarda va sifat pasportlarida keltiriladi. Bazi yonilg'ilarning xaydash egri chizig'i 3 rasmda ko'rsatilgan. Benzinlarning yengil fraksiyalari (egri chiziqda 10% yonilg'ining qaynay boshlashidan to qaynab bug'languncha bo'lgan oraliq) yurgizib yuborish fraksiyalari deb ataladi. Bu fraksiyalarning malum miqdori dvigatelni yurg'izib yuborish va qizdirish uchun kerak bo'ladi. Agar benzin yomon berkitiladigan rezervuar va baklarda saqlansa, bug'langanda uning yurg'izib yuborish xossalari keskin yomonlashadi. Yonig'ida osongina bug'lanadigan fraksiyalarning juda ko'p bo'lishi maqsadga muvofiq emas. Bu holda dizel dvigatellarida yonilg'i kuchli yonadi, karbyuratorli dvigatellarning yonilg'i naychalarida bug'lar tiqilib qoladi, buning natijasida dvigatel normal ishlamaydi (o'ta qizib ketadi, quvvati pasayadi, bazan to'xtab qoladi va uni sovitmasdan yurgizib yuborish mumkin bo'lmaydi). Bu hodisa ko'pincha qishki sort benzinlarni yozda ishlatda sodir bo'ladi. Shuning uchun ham yengil fraksiyalarning miqdori cheklanadi, benzin qaynay boshlash temperaturasi 35 0S dan past bo'lmasligi lozim. Yonilg'ining 10 % dan 95 % gacha qismi qaynab bug'lanadigan temperatura uning asosiy qismining bug'lanishini xarakterlaydi. U ish fraksiyasi deb ataladi. Dvigatelning ish xarakteri, kizish muddati karbyuratorli dvigatellarni bir ish rejimidan boshqasiga tez o'tkazish imkoniyati (yoqilg'ini qabul qiluvchanligi) ish fraksiyasiga bog'liq. Standartda ish fraksiyasi 50% qaynash nuqtasi bilan normallanadi. U qancha past bo'lsa, yonilg'ining tarkibi shuncha bir xil bo'ladi hamda dvigatel shuncha turg'un ishlaydi. 90% qaynash nuqtasidan to qaynab bug'lanishning oxirigacha og'ir uglevodorodlar bug'lanadi (egri chiziqning pastki qismi). Bu nuqtalar orasidagi temperaturalar farqi qancha kam bo'lsa, yonilg'ining ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.39 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.39 KB
Ko'rishlar soni
122 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:30 ]
Arxiv ichida: doc