Yoqilg'i xo'jaligi

Yoqilg'i xo'jaligi

O'quvchilarga / Fizika
Yoqilg'i xo'jaligi - rasmi

Material tavsifi

Yoqilg'i xo'jaligi Reja: 1.Shlak, kul olish. 2.Yoqilg'i omborlari. 3.Yoqilg'ini uzatish transportini tuzilishi. 4.Mazut va gaz bilan ta'minlash. Yoqilg'i omborlari quyidagilarga bo'linadi: asosiy, xarajatli (chiqimli ) va avariyali yoki rezervli. Asosiy omborlar qozonxonalarda alohida bo'lib, temir yo'llarni yaqiniga quriladi va ayrim hollarda bir necha obyektlarning va butun bitta nohiyani ta'minlash uchun ishlaydi. xarajatli omborlar qozonxona yoniga quriladi, ularni hajmi yoqilg'i zapasi haftadan bir oygacha o'zgarib turadi. Ayrim hollarda yoqilg'i ko'p sarflanmaydigan omborlarga yoqilg'i tushirib- yuklaydigan qurilmalar o'rnatish mumkin. Uzoq ishlash sharoitida yoqilg'ini yetkazib berishda uzilish hollari bo'lsa yoki agarda asosiy omborlar qozonxonalardan 50 km dan ortiq uzoqlikda joylashgan bo'lsa, bunday hollarda qozonxonalarni yoniga avariya omborlari qurish kerak. Katta bo'lmagan isitish cho'yan qozonlari yashash uylarini erto'lada joylashgan bo'lsa, shu sathda yoqilg'i uchun maxsus xona bo'lmog'i kerak. Ularga maxsus lyuk orqali yoqilg'i avtomashinalarda tushiriladi. Bu xonalarni o'lchami quyidagicha olinadi, yani undagi yoqilg'i zapasi kamida bir oyga etishi kerak. Yoqilg'i omborda qozongacha alohida maxsus relssiz vagonetkali transportlarda tashiladi. Agarda isitish qozonlari bir qator binolarga xizmat etsa u holda qozonlar yer sathiga alohida binolarga o'rnatiladi. Undagi qozon o'chog'i qo'lda boshqarishga jihozlangan bo'lsa, yoqilg'i omborlari qozon binosiga yopishgan berk bo'ladi. Yoqilg'i qozonlarga bundan ham relssiz vagonetkalarda beriladi. Oxirgi vaqtlarda kichik isitish qozonlariga yarim mexanizatsiyalashgan o'choqlar o'rnatilmoqda. Ularni ishlashi uchun yuklash qurilmalari orqali yoqilg'ini uzluksiz berish talab qilinadi. Yoqilg'ini sutkasiga 150 t dan ko'p sarf qilsa, tushurish va yuklash ishlarini hammasi mexanizatsiyalanadi. Shlak, kul olish. Qattiq yoqilg'iga ishlaydigan hozirgi hamma qozonlardan yonganda chiqadigan qoldiqlar 100 kgsoat kul bo'lsa, kul va shlakni olish mexanizatsiyalash qurilmalar bilan jihozlanadi. Binolarni erto'lada joylashgan isitish cho'yan qozonlari bundan istisno. Ularda kul va shlaklarni olish uchun vertikal elektr podyomniklar o'rnatilgan. Yonganda qozondan chiqadigan hamma qoldiqlar quyidagi formula orqali aniqlanadi. kgsoat. Bu yerda: V- qozondagi maksimal yoqilg'ini sarfi kg soat. AR- kul miqdori. q4-mexanikaviy yonmaslikdagi issiqlikni yo'qolishi. Mexanizatsiyalashgan usul uchun shlak, kul olishda mexanikaviy, pnevmatik va gidravlik qurilmalardan foydalaniladi. Vertikaliga va gorizontaliga transportirovkani birinchi tizimi mexanikaviy- turli mexanizmlar bilan ishlash; ikkinchi tizimi-pnevmatik-quvurlarda havo oqishi bilan, shlaklarni katta bo'laklari oldin maydalagichlar orqali o'tadi. Uchinchi tizimi-gidravlik-kul va shlaklarni ochiq kanallarda yoki quvurlarda suv bilan transportrovka qilinadi. Mazut xo'jaligi. Mazut qozonxonalarida asosiy va yordamchi yoqilg'i sifatida ishlatiladi. Qozon yoqilg'isini bir turdan ikkinchi turga tez aylantrish mumkin. Masalan: gazni mazut bilan qabul qiluvchi-quyuvchi qurilmaga, mazut saqlagich, mazut nasos stansiyasi , qozon binosi va nasoslarni orasini bog'lovchi quvurlarni hammasini yig'indisini mazut xo'jaligi deyiladi. Mazut qozonxonalarga temir yo'llarda, tsisternali avtomobillarda yoki maxsus quvurlarda beriladi. Yoqilg'i qozonxonalar oldiga joylashtirilgan idishlarga quyiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.31 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12.31 KB
Ko'rishlar soni 99 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga