Yoqilg'i. Yoqilg'i va uning xossalari, turlari

Yoqilg'i. Yoqilg'i va uning xossalari, turlari

O'quvchilarga / Fizika
Yoqilg'i. Yoqilg'i va uning xossalari, turlari - rasmi

Material tavsifi

Yoqilg'i.Yoqilg'i va uning xossalari,turlari. RYeJA Yoqilg'ining xossalari. Yoqilg'ining tarkibiy qismi Yoqilg'i turlari Yoqilg'ining xossalari. Asosiy tarkibiy qismi ugleroddan iborat yonuvchi moddaga yoqilg'i deyiladi.Kimyoviy reaksiyaning jadal borishi natijasida yoqilg'i o'zidan issiqlik chiqaradi. Yoqilg'iga quyidagi talablar qo'yiladi: - yonish vaqtida ko'p miqdorda issiqlik chiqarish -yonish mahsulotlarida tabiatga zarar etkazadigan moddalar miqdorining kam bo'lishi -tez va to'la yonishi -qazib olish arzon bo'lishi -qayta ishlash hamda transportda bir joydan ikkinchi joyga ko'chirishning oson bo'lishi Yoqilg'i qazib olinishi yoki tayyorlanishiga ko'ra tabiy va sun'iy bo'ladi. Tabiatda ishlatishga tayyor holda mavjud bo'lgan yoqilg'ilar tabiiy yoqilg'ilar deyiladi. Qazib olinadigan toshko'mir, yonuvchi slanetslar, torf, neft, gaz, o'tin, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi chiqindilari tabiiy yoqilg'i hisoblanadi. Tabiatdagi yoqilg'ilarni yoki umuman moddalarni qayta ishlash rejasida olinadigan yoqilg'ilar sun'iy yoqilg'ilar deyiladi. Bularga koks, kukun holatigacha maydalangan qattiq, yoqilg'i, yog'och ko'miri, benzin, kerosin, solyar moyi, gazoyl, mazut, domna va koks batareyasi gazlari. Tabiiy gazni qayta ishlashda olinadigan gazlar kiradi. Yoqilg'ining tarkibiy qismi Yoqilg'i tarkibi organik va mineral moddalardan iborat bo'ladi. Organik moddalarga uglerod (S), vodorod (N2), kislorod (O2), azot(N2) va oltingugurt (S) kiradi. Bu kimyoviy elementlar va ular birlamchilarining miqdori turli xil yoqilg'ida turlicha bo'ladi. Masalan, neft va uning mahsulotlari tarkibi asosan uglerod va vodoroddan tashkil topgan. Yoqilg'ining agregat holatidan qatiy nazar, uning tarkibidagi uglerod va vodorod asosiy bo'lib, suyuq yoqilg'ida ularning miqdori 85-87% qattiq yoqilg'ida esa 50-90% ni tashkil etadi. Kislorod elementining miqdori qattik yoqilg'ida 6,5% gacha, suyuq yoqilg'ida esa 25% gacha etadi. Gazdagi vodorod va uglerodning umumiy miqdori 0,3 dan 95% gacha S va N2 birikma holida, yani metan (SN4) gazi ko'rinishida ko'proq uchraydi. Yoqilg'ining tabiatda hosil bo'lish davrida uning tarkibiy qismidagi kimyoviy elementlar miqdori ham o'zgarib boradi. Ayrim kimyoviy elementlar miqdori kamaysa, ayrimlariniki ortadi. Masalan, antratsit tarkibida 93% uglerod bo'lsa, yog'ochda 49% ni tashkil etadi. Yoqilg'ining tarkibiy qismi foiz(%) larda ifodalanadi, yani uning ish, quruq, yonuvchi, organik qismlarini tashkil qilgan kimyoviy elementlar yig'indisi har bir holat uchun 100% deb qabul qilinadi: Yoqilg'ining ish qismi Quruq massa qismi Yonuvchi massa qismi Organik massa qismi Yoqilg'i tarkibida uglerod qancha ko'p bo'lsa, kislorod shuncha kam bo'ladi va aksincha. Kislorod miqdorining yoqilg'i tarkibida ortishi uning issiqlik berishini pasaytiradi. Yoqilg'i tarkibidagi kimyoviy elementlarning reaksiyaga kirishi (yonishi)da har xil miqdordagi issiqlik ajraladi. Yoqilg'i turlari Yoqilg'ilar qattiq, suyuq va gaz holatida bo'ladi. Qattiq yoqilg'iga toshko'mir, torf, yonuvchi slanetslar, koks, yog'och ko'miri va h.k kiradi. Suyuq yoqilg'iga neft va neft mahsulotlari (benzin, kerosin, solyar va motor moylari, gazoyl, mazut, qozon qurilmasi) yoqilg'ilarini kiritish mumkin. Gaz yoqilg'isiga - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 86.05 KB
Ko'rishlar soni 153 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:30 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 86.05 KB
Ko'rishlar soni 153 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga