Yoqilg'i Reja: 1. Yoqilg'i va uning xossalari 2. Yoqilg'ining yonish jarayonlari 3. Yonish jarayonlarini hisoblash. 4. Yoqilg'ini yondirishga tayyorlash. 1. Yoqilg'i va uning xossalari Yonganda ko'p miqdorda issiqlik chiqadigan, tevarak atrofdagilarga zararli ta'sir qilmaydigan, issiqlik olish uchun ishlatilishi maqsadga muvofiq hamda iqtisodiy jihatdan foydali bo'lgan barcha moddalardan yoqilg'i sifatida foydalanish mumkin. Elektr, mexanik va issiqlik energiyasini olishni asosiy manbai organik yoqilg'i hisoblanadi. Hozirgi vaqtda yer yuzida ishlab chiqarilayotgan va iste'mol qilinayotgan energiyaning 70% ni organik yoqilg'ining kimyoviy energiyasi hisobidan va faqat 30% gina suv, shamol, quyosh va atom energiyasidan foydalanish hisobidan olinadi. Mamlakatimiz yoqilg'i sanoati qariyb bir asrlik tarixga ega. Bu sanoat yer qa'rida topilgan va qazib olinayotgan ko'mir, Neft, tabiiy gaz konlari negizida shakllandi va rivojlanib bormoqda. Respublikamizda 159 (zaxirasi sanoat darajasida hisoblangan) neft-gaz koni ochilgan, ularning 115 tasi Buxoro - Xiva geologik provintsiyasida, 27 tasi Farg'ona vodiysi, 10 tasi Surxondaryo, 7 tasi Ustyurtda joylashgan. Konlarning gaz, gaz-kondensatli, gaz-neft', neft, gaz-neft kondensatli turlari mavjud. Yoqilg'i sanoati Respublika yoqilg'i-energetika kompleksining asosiy turlarini tashkil etadi va barcha turdagi yoqilg'ini qazib olish, tabiiy gazni tozalash va yetkazib berish, Neft mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalaridan iborat. Mustaqillik yillarida ko'rilgan keskin tadbirlar natijasida neft qazib olish xajmi yuqori sur'atlarda o'sdi. Respublikaning neft mustaqilligi ta'minlandi. Agregat holiga ko'ra yoqilg'i qattiq, suyuq va gaz yoqilg'isiga, kelib chiqishiga yoki olinish usuliga ko'ra tabiiy va sun'iy yoqilg'iga bo'linadi. (1-jadval). Organik yoqilg'ilarning tasnifi. 1-jadval Organik yoqilg'i energiya manbai bo'lishi bilan bir qatorda, u kimyo sanoati uchun muhim xom-ashyo hisoblanadi. Organik yoqilg'ilarni qayta ishlash natijasida ko'plab muhim kimyoviy mahsulotlar olinadi. Qazib olingan joyi va ishlatilishiga ko'ra mahalliy yoqilg'i (torf va slanets) va tashib keltiriladigan yoqilg'ilar bo'ladi. Yoqilg'i tarkibi organik va mineral moddalardan iborat bo'ladi. Organik moddalarga uglerod (C), vodorod (H2), kislorod (O2), azot (N2) va oltingugurt (S) kiradi. Bu kimyoviy elementlar va ular birikmalarining miqdori turli xil yoqilg'ida turlicha bo'ladi. Masalan, neft' va uning mahsulotlari tarkibi asosan uglerod va vodoroddan tashkil topgan. Yoqilg'i tarkibiga yonuvchan elementlar, namlik va yoqilganda kulga o'tadigan minerallar kiradi. Yoqilg'ining tarkibi kimyoviy elementlarning massaviy foiz miqdori, namligi va kul miqdori bilan tavsiflanadi. Qattiq va suyuq yoqilg'ining elementar tarkibini quyidagicha yozish mumkin: C+H+S+O+N+A+W=100% (1) Yoqilg'ining yonuvchan qismiga uglerod, vodorod va oltingugurt kiradi. Yoqilg'ining yonmaydigan qismiga eca, azot, kislorod, namlik W va yoqilg'i yonganda kulga aylanadigan mineral moddalar A kiradi. Yoqilg'ining tarkibi ishchi, quruq, yonuvchan va organik massalarga ajratiladi. Xar bir massa tarkibiga mos ravishda quyidagidek indekslar beriladi: ishchi - i; quruq - q; yonuvchan - yo; va organik ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
361.39 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
361.39 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:30 ]
Arxiv ichida: doc