Yoqilg'ining yonish jarayonlari

Yoqilg'ining yonish jarayonlari

O'quvchilarga / Fizika
Yoqilg'ining yonish jarayonlari - rasmi

Material tavsifi

Yoqilg'ining yonish jarayonlari Reja: 1.Yoqilg'ining yonish jarayonlari. 2.Issiqlik balansi. Hozirgi zamon o'txona texnikasida yoqilg'ini yoqishning asosan 3 xil usuli - qatlamli, mashalali va uyurmali yoqish usulidan foydalaniladi. Qatlamli yoqish - bu yoqilg'ini klosnik cho'g'don deyiladigan maxsus cho'g'donda qatlamlab yoqish usulidir. Yoqilg'i yonish natijasida bevosita cho'g'don 1 da kul va shlakdan iborat g'ovak yostiq 2 hosil bo'ladi. Uning ustida yonayotgan koks qatlami 3 yani yonuvchan moddalari chiqib ketgan yoqilg'i bo'ladi. KOKS ustiga yangi yoqilg'i qatlami 4 beriladi. Bu yerda u keltirilgan issiqlik yoki yonayotgan yoqilg'ining va o'txona ichidagi qizigan qoplamaning issiqligi hisobiga isiydi. So'ngra yoqilg'i quriydi, yani undagi namlik bug'lanib ketadi. Shundan keyin sublizatlanish - uchuvchan moddalarning chiqishi 5 va KOKS hosil bo'lishi boshlanadi. Uchuvchan moddalar va KOKSning yonishi natijasida issiqlik chiqadi va o'txona ichining haroratsi ko'tariladi. Yonish uchun zaruriy havo kolosnik cho'g'don tagidan kiradi. Havo cho'g'don teshigi va g'ovak shlakli yostiq orqali o'tib isiydi. Havo keyingi harakat davomida o'z yo'lida KOKS yoqilg'i qatlamiga duch keladi. Ular bilan o'zaro ta'sir etishib, yoqilg'i qatlami ustida yonadigan o'txona gazlari oqimiga aylanadi va qatlam usti alangasini hosil qiladi. Bu hol yuqori qatlamlarning tez alangalanishi va barqaror yonishini ta'minladi. Yonish paytida hosil bo'lgan tutun gazlar o'z issiqligini qozonning isitish sirtlariga beradi va quvurga chiqib ketadi. Kolosnik cho'g'donda yotgan yoqilg'i zarralari va bu zarralarga kelayotgan havo tezligi shunday bo'lishi kerakki, zarralari qatlamdan uchib ketmasligi lozim. Havoning harakat tezligi katta bo'lganda yoqilg'i zarralarini qatlamdan havo o'chirib ketadi va ular yonmay tutun gazlar bilan birgalikda chiqib ketadi. Mashal qilib yoqish usulida yoqilg'i va yonish uchun zaruriy havo o'txonaga maxsus moslamalar yordamida beriladi. Yoqishning mashal usuli yoqilg'i zarralarining havo oqimi va yonish mahsulotlari bilan birgalikda to'xtovsiz harakatlanib turishi, bilan qatlamlab yoqish usulidan farq qiladi. Shuning uchun qattiq yoqilg'i chang holatga keltirish lozim. Kukun zarralarining o'lchami mikronlar bilan o'lchanadi. Yoqilg'ini bunday ishlanishi tufayli yoqilg'ining havo kislorodiga tegish va reaksiyaga kirishish sirti kattalashadi. Yoqilg'ini uyurmaviy usulda yoqish o'txonada hosil qilingan gaz-havo uyurmasi bo'lishi bilan xarakterlanadi. Uyurmaviy oqimlar yoqilg'ining havo bilan yaxshi aralashishiga imkon beradi, yoqilg'i zarralarining muallaq holda tutib turadi, bu esa yoqilg'ining yanada to'liq yonishini uyurmaviy usulida qattiq yoqilg'ini chang holida emas, balki yaxshi maydalangan bo'laklar holida yoqish mumkin. Yoqishning bu usulida o'txonada yoqilg'i zapasi mashala usulidagiga qaraganda ko'p, lekin qatlam usuligiga qaraganda kam bo'ladi. Shuning uchun yoqishning uyurmaviy usulining barqarorligi mashala usulidagiga qaraganda katta qatlam usulidagiga qaraganda esa kichik bo'ladi. Yonish to'liq va to'liqmas bo'ladi. Yoqilg'ini yonuvchi elementlari kislorod bilan quyidagicha reaksiyaga kirishib, to'liq yonsa, bunday yonish to'liq yonish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 55.93 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 55.93 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga