11-sinf fizika darsligi asosida 31-mavzu: Laboratoriya ishi. Yoritilganlikning yorug'lik kuchiga bog'liqligi Ishning maqsadi. Yoritilganlikning, yorug'lik manbayi, yorug'lik kuchiga bog'liqligini eksperimental ravishda tekshirish. Kerakli asbob va jihozlar. Yoritilganlik qonunlarini o'rganadigan qurilma, yorug'lik manbayi, lyuksmetr, o'lchov tasmasi yoki chizg'ich. Ishning bajarilishi. Ishni bajarish qurilmasining chizmasi 4.32-rasmda keltirilgan. Bunda 1- va 3-yorug'lik kuchi ma'lum bo'lgan cho'g'lanma tolali lampochkalar. 2-lyuksmetrning fotoelementi. 1-lampochkani kuchlanishi o'zgartiriladigan tok manbayiga ulanadi. 2-lampochkani esa nominal kuchlanishli (lampochkaga yozilgan) tok manbayiga ulanadi. 1-lampochkadan lyuksmetrgacha bo'lgan r1 masofa o'lchab olinadi. 1-lampochkaga 40 V kuchlanish beriladi. Lyuksmetrda uning hosil qilgan yoritilganligi (E1 ) aniqlanadi. 1-lampochka o'chirilib, 2-lampochka yoqiladi. Luksmetr 2-lampochkaga qaratiladi r2 masofa o'zgartirilib, lyuksmetr ko'rsatishi E1 ga teng bo'lgan joyda qoldiriladi birinchi lampochkaning 40 V kuchlanishdagi yorug'lik kuchi hisoblab topiladi. 1-lampochkaga berilgan kuchlanishni 80 V, 120 V, 160 V, 200 V ga o'zgartirib, unga mos kelgan E2 , E3 , E4 va E5 lar aniqlanib, jadvalga yoziladi 3. Tajriba natijalariga ko'ra, yoritilganlikning yorug'lik manbayi yorug'lik kuchiga bog'liqlik Ee=f(Ie) grafigi tuziladi. 4*. 1-lampochkaga nominal kuchlanish berilib, 2-lampochka o'chiriladi. r1 ni o'zgartirib, unga mos kelgan yoritilganlik, lyuksmetrdan yozib olinadi. E=f(r) grafigi tuziladi. Jadval va grafikdan munosat o'rinli bo'lishi tekshiriladi. ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
776.31 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:30
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
776.31 KB
Ko'rishlar soni
108 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:30 ]
Arxiv ichida: ppt