Yorug'lik difraksiyasi. Gyuygyens - Frenel prinsipi

Yorug'lik difraksiyasi. Gyuygyens - Frenel prinsipi

O'quvchilarga / Fizika
Yorug'lik difraksiyasi. Gyuygyens - Frenel prinsipi - rasmi

Material tavsifi

Yorug'lik difraksiyasi. Gyuygyens - Frenel prinsipi Reja: Kirish Frenel zonalari. fraungofer difraksiyasi. difraksion panjara Rentgen nurlari difraksiyasi Golografiya Yorug'lik difraksiyasi deb ataladigan hodisada, yorug'lik nurlari shaffofmas to'siqlardan egilib o'tib geometrik soya sohaga kirib boradi. Difraksiya so'zi lotincha difraksio egilib o'tish dan olingan. Masalan, nuqtaviy monoxromatik yorug'lik manbai M dan tarqalayotgan yorug'lik nurlarining yo'liga shaffofmas jismdan yasalgan disk shaklidagi T to'siq joylashtirilgan bo'lsin (1.13-rasm). Geometrik optika qonunlariga asosan, E ekranda T to'siqning soyasi doira shaklidagi qorong'i soqa kuzatilishi lozim. Tajribada shu narsa kuzatiladi. Lekin to'siqdan ekrangacha bo'lgan masofa to'siq o'lchamlaridan bir necha ming marta katta bo'lsa, ekranda ketma-ket yorug'lik va qorong'i konsentrik halqachalar (1.13(b)-rasm) kuzatiladi. Gyuygens prinsipiga asosan, to'lqin frontining har bir nuqtasini ikkilamchi to'lqinlarining manbalari deb hisoblash mumkin. Frenel uni to'ldirib, bu ikkilamchi to'lqinlarning manbalarini kogerent manbalar deb va fazoning ixtiyoriy nuqtasidagi tebranish bu nuqtaga yetib kelgan ikkilamchi kogerent to'lqinlar interferensiyalanishining natijasi deb qarash lozimligini aytib o'tadi. Difraksiya hodisalari ikki sinfga bo'linadi. To'siqqa tushayotgan nurlar parallel dastasini hosil qilgan va difraksion manzara manbadan cheksizlikda mujassamlashgan holdagi hodisalarni Fraungofer tekshirgan. Shuning uchun bu hodisalar Fraungofer difraksiyasi deyiladi. To'siqqa tushayotgan yorug'lik to'lqinining sferadan iborat bo'lgan va kuzatish nuqtasi chekli masofada joylashgan holdagi difraksiyani Frenel o'rgangan. Shuning uchun bu sinfga oid hodisalar Frenel difraksiyasi deyiladi. Frenel zonalari. fraungofer difraksiyasi. difraksion panjara a) bir tirqishdan bo'ladigan difraksiya. To'g'ri to'rtburchakli tor tirqishli B ekranga parallel monoxromatik nurlar dastasi ekranga normal holda tushayotgan bo'lsin. Tirqishdan dastlabki yo'nalishda o'tayotgan barcha nurlar S linza yordamida linzaning fokal tekisligida joylashgan A ekranning 0 nuqtasiga to'planadi. Bu barcha nurlar o'rtasidagi yo'l ayrimasi 0 ga teng bo'ladi. 0 nuqta orqali tirqishga parallel yorug' yo'l o'tadi. Endi difraksiya tufayli tirqishdan o'tgan nurlarning faqat dastlabki yo'nalishda emas, balki bu yo'nalishga turli burchaklar ostida o'tishini nazarga olamiz ( burchak difraksiya burchagi deb ataladi). Tirqishdan shunday = 1 burchak ostida difraksiyalanuvchi nurlar dastasini ko'raylikki, dastaning chekka nurlari orasidagi yo'l ayirmasi yorug'lik to'lqinining uzunligiga teng bo'lsin: =2 2 bunda butun dastani Frenel zonalari deb ataluvchi shunday I va II zonalarga ajratish mumkin, bu zonalar uchun I zonaning har bir nuri bilan II zona mos nurining yo'l ayirmasi 2 ga teng bo'ladi. Linza yordamida 01 nuqtadan o'tgan to'g'ri chiziqda to'plangan bu nurlar interferensiyalanadi va o'zaro so'nishadi. Natijada 01 orqali qorong'i yo'l - difraksiya minimumi o'tadi (bu qol 01 ga simmetrik bo'lgan 0 ´1 da ham ro'y beradi) . ´ =2 burchak ostida difraksiyalanuvchi nurlar dastasinining chekka nurlar orasidagi yo'l ayirmasi 32 ga teng bo'lsin (1.15 v-rasm). Bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 67.57 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 15:30 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Fizika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 67.57 KB
Ko'rishlar soni 95 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga