Yorug'lik difraksiyasi. Yorug'lik sochilishi Reja: 1. Gyuygens - Frenel qoidasi. 2. Frenel va Fraungofer difraksiyasi. 3. Difraksion panjara. Panjarani ajrata olish qobiliyati. 4. Rentgen nurlarinig difraksiyasi. Vulf - Breg formulasi. 5. Yorug'likning sochilishi. Reley formulasi. 6. Yorug'likning o'z - o'zida fokuslanishi. 7. Golografiya to'g'risida tushuncha. 8. Gologramma hosil qilish va qayta tasvirni hosil qilish. 9. Golografiyaning qo'llanishi. Tayanch iboralar: yorug'lik difraksiyasi, Guyugens va Frenel qoidasi, difraksion panjara, panjaraning ajrata olish qobiliyati, rentgen nurlari, yorug'likning qaytishi, yorug'likning sochilishi, Reley formulasi, fokuslanish, golografiya tarixidan, golografiyaning asosi, gologramma hosil qilish, golografik tasvir hosil qilish, golografiyaning qo'llanilishi. 1. Gyuygens - Frenel qoidasi. Geometrik optika qonunlariga asosan, E ekranda T to'siqning soyasi doira shaklidagi qorong'i soha kuzatilishi lozim. Tajribada shu narsa kuzatiladi. Lekin to'siqdan ekrangacha bo'lgan masofa to'siq o'lchamlaridan bir necha ming marta katta bo'lsa, ekranda ketma-ket yorug'lik va qorong'i konsentrik halqachalar kuzatiladi. Gyuygens prinsipiga asosan, to'lqin frontining har bir nuqtasini ikkilamchi to'lqinlarining manbalari deb hisoblash mumkin. Frenel uni to'ldirib, bu ikkilamchi to'lqinlarning manbalarini kogerent manbalar deb va fazoning ixtiyoriy nuqtasidagi tebranish bu nuqtaga yetib kelgan ikkilamchi kogerent to'lqinlar interferensiyalanishining natijasi deb qarash lozimligini aytib o'tadi Yorug'lik difraksiyasi. Yorug'lik difraksiyasi deb ataladigan hodisada, yorug'lik nurlari shaffofmas to'siqlardan egilib o'tib geometrik soya sohaga kirib boradi. Difraksiya so'zi lotincha difraksio egilib o'tish dan olingan. Masalan, nuqtaviy monoxromatik yorug'lik manbai M dan tarqalayotgan yorug'lik nurlarining yo'liga shaffofmas jismdan yasalgan disk shaklidagi T to'siq joylashtirilgan bo'lsin. Geometrik optika qonunlariga asosan, E ekranda T to'siqning soyasi doira shaklidagi qorong'i soha kuzatilishi lozim. Tajribada shu narsa kuzatiladi. Lekin to'siqdan ekrangacha bo'lgan masofa to'siq o'lchamlaridan bir necha ming marta katta bo'lsa, ekranda ketma-ket yorug'lik va qorong'i konsentrik halqachalar kuzatiladi. 2. Frenel va Fraungofer difraksiyasi. Frenel difraksiyasi - bu difraksiya tarqaluvchi yorug'liklar difraksiyasi bo'lib, aylana shaklidagi tirqishdan bo'ladigan difraksiya ko'rinishida ko'rib chiqamiz. Agar AB aylana shaklidagi tirqish to'lqin uzunligi darajasidan katta bo'lsa, bu vaqtda tirqishning tasviri ekranda hosil bo'ladi.Agar tirqishni kichraytirsak, tirqish tasviri o'rniga o'zaro bir-birini almashtiruvchi qora va oq halqalar hosil bo'ladi. Agar aylana shaklidagi tirqishda tok Frenel zonalari sig'adigan bo'lsa, birinchi halqa oq bo'ladi, agar tirqishga juft Frenel zonalari sig'adigan bo'lsa birinchi halqa qora bo'ladi. Fraungofer difraksiyasi. Difraksiya hodisalari ikki sinfga bo'linadi. To'siqqa tushayotgan nurlar parallel dastasini hosil qilgan va difraksion manzara manbadan cheksizlikda mujassamlashgan holdagi hodisalarni Fraungofer tekshirgan. Shuning uchun bu hodisalar Fraungofer difraksiyasi deyiladi. Bir tirqishdan bo'ladigan difraksiya. To'g'ri to'rtburchakli tor tirqishli B ekranga parallel monoxromatik nurlar dastasi ekranga normal holda tushayotgan bo'lsin. Tirqishdan dastlabki yo'nalishda o'tayotgan barcha nurlar ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
173.67 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:30
Arxiv ichida: doc
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
173.67 KB
Ko'rishlar soni
102 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:30 ]
Arxiv ichida: doc