Mavzu: O'rta ta'lim maktablarining 9 - sinfida Yorug'lik energiyasidan foydalanish bo'limini o'qitish usullari KIRISH ASOSIY QISM. II.1. Fizika fanidan umumiy o'rta ta'limning Davlat ta'lim standarti va fizika fanidan umumiy o'rta ta'lim maktabining o'quv dasturi. II.2 Interfaol texnologiyalardan namunalar. II.3. Yorug'likning kimyoviy va biologik ta'siri mavzusini o'qitish metodikasi. II.4.O'zbekistonda Quyosh energiyasidan foydalanish va uning istiqbollari mavzusini o'qitish metodikasi. II. XULOSA KIRISH Boshqa fanlar singari maktabda fizika o'qitish ham ta'limning umumiy maqsadlariga xizmat qilishi, ya'ni o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, mantiqiy tafakkur qila olish qobiliyatini, aqliy rivojlanishini, o'z-o'zini anglash salohiyatini shakllantirishi va o'stirishi, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirishi hamda ijtimoiy hayotlari va ta'lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo'lgan bilimlar bilan qurollantirishi lozim. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti o'quvchilar umumta'lim tayyorgarligi, saviyasiga qo'yiladigan majburiy minimal darajani belgilab berdi. Davlat ta'lim standartini ishlab chiqqan holda fizika kursi mazmuni belgilab olindi, fizikadan umumiy o'rta ta'lim o'quv dasturi ishlab chiqildi. Dasturga asosan umumiy o'rta ta'lim maktablarini tugatgan o'quvchilar umumiy fizika kursining barcha bo'limlaridan, chunonchi, mexanika, molekulyar fizika va termodinamika, elektr, optika, atom va yadro fizikasidan ma'lum darajada tugallangan bilimlarga ega bo'lishlari zarur ekanligi inobatga olingan. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida fizika ta'limining ahamiyati uning fan-texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalari va kundalik hayotda tutgan o'rni hamda o'quvchilarning ta'lim olishni davom ettirishi uchun zamin tayyorlash zarurligi bilan belgilanadi. Fizika fanini o'rganish orqali o'quvchilar tabiatning eng umumiy qonunlarini, hodisalarni o'rganib o'zlarini ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, fizikadan amaliy ko'nikma va malakalarga ega bo'lishadi, o'qishni davom ettirish uchun zarur bo'lgan bilimlarga ega bo'lishadi. II.1. Fizika fanidan umumiy o'rta ta'limning Davlat ta'lim standarti va fizika fanidan umumiy o'rta ta'lim maktabining o'quv dasturi. O'quvchilar fizika asoslariga oid quyidagi bilim, ko'nikma va malakalarni egallashlari shart: fizik hodisalar haqida tasavvurga ega bo'lish va ularni tahlil qila olish; mexanika, molekulyar fizika va termodinamika asoslari, elektr, yorug'likka oid asosiy tushunchalar, atamalar, kattaliklar va ularning birliklari, qonuniyatlar, formulalarni bilish va ularni qo'llay olish; fizik hodisalarni kuzatishni rejalashtirish va o'tkazish, kuzatish natijalarini umumlashtirish ishlarini bajara olish; Optika (18 soat) Yorug'likning qaytish va sinish qonunlari. Qavariq va botiq linzalar. Linzaning fokus masofasi. YUpqa linza hosil qiladigan tasvirni yasash. Linzaning optik kuchi. Optik asboblar va ularning qo'llanilishi. Ko'z va ko'rish. Ko'zoynak. Yorug'lik tezligini aniqlash. Geliotexnika. O'zbekistonda Quyosh energiyasidan foydalanish va uning istiqbollari. YOrug'likning kimyoviy ta'siri. Fotografiya. YOrug'likning biologik ta'siri. Fotosintez va uning ahamiyati. AQLIY HUJUM METODI Aqliy hujum metodidan ham leksiya, ham amaliy darslarda foydalanish qulay. Bu metod bir zumda auditoriyadagi barcha o'quvchi-talabalarni qamrab olib ularni aktiv holatga keltiradi. BUMERANG TEXNOLOGIYASI ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
786.53 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:30
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
786.53 KB
Ko'rishlar soni
116 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:30 ]
Arxiv ichida: pptx