Yorug'lik interferensiyasini kuzatish usullari. Frenel ko'zgulari Reja: Yorug'lik interferensiyasi. Yorug'lik manbaidagi atomlar xaotik ravishda chaqnab va o'chib turishi Frenel ko'zgulari 1. Yorug'lik interferensiyasi. Elektromagnit to'lqin tarqalayotganda fazoning har bir nuqtasida elektr va magnit maydonlar davriy ravishda (masalan w chastota bilan) o'zgarib turadi. Bu o'zgarishlar E va H vektorlarining tebranishlari sifatida ifodalanadi. Bunda Em va Hm mos ravishda elektr va magnit maydon kuchlanganligi vektorlarining maksimal (amplituda) qiymatlari E va H vektorlarining tebranishlari bir xil fazada va o'zaro perpendikulyar tekisliklarda sodir bo'ladi. 1-rasmda Ox yo'nalish bo'yicha tarqalayotgan to'lqin tasvirlangan. Elektromagnit to'lqin E va H vektorlarining fazoda tebranishidan iboratdir. Lekin soddalashtirish maqsadida biz bundan keyingi mulohazalarimizda faqat E vektorning tebranishlari to'g'risida gapiramiz, H vektorni esa deyarli esga olmaymiz. Ammo E vektorga perpendikulyar yo'nalishda H vektor ham tebranayotganligini unutmaslik kerak. Agar to'lqinning turli nuqtalaridagi E vektorlar faqat bir tekislikda yotsa, bunday to'lqinni yassi elektromagnit to'lqin deb, bu tekislikni esa tebranish tekisligi deb ataymiz. 1-rasmda tasvirlangan to'lqin yassi elektromagnit to'lqindir. Maksvell hisoblashlar asosida elektromagnit to'lqinlar 3*10 8 ms tezlik bilan tarqalishi lozim, degan xulosaga keldi, bu qiymat keyinchalik optik usullar bilan aniqlangan yorug'lik tezligiga teng bo'lib chiqdi. Bu esa yorug'lik - elektromagnit to'lqindir deb talqin qilinishiga imkon berdi. Hozirgi vaqtda eng zamonaviy tajribalar asosida yorug'likning vakuumda tarqalish tezligi c = (299792456,2 +- 1,1) ms deb qabul qilingan. Haqiqatdan, keyinchalik amalga oshirilgan tekshirishlar elektromagnit to'lqinlarning chastotalar diapazoni nihoyat keng ekanligini ko'rsatdi. Xususan inson ko'zi seza oladigan elektromagnit to'lqinlarning chastotalari ν= (0,75 + 0,40) 1015 Gs. (1) diapazonda yotadi. Bunday chastotali to'lqinlarning vakuumdagi uzunligi Intervalga to'g'ri keladi. Elektromagnit to'lqinlarning bu diapazoni yorug'lik to'lqinlar deb yuritiladi. Mexanik tebranishlar chastotalarning ma'lum diapazoni inson tovush tarzida qabul qilgandek, elektromagnit to'lqinlar chastotalarning yuqorida keltirilgan diapazonini ko'zimiz yurug'lik sifatida qayd qiladi. Chastotalar intervali AA qanchalik kichik bo'lsa, nurlanish monoxromatikroq bo'ladi. har qanday real monoxromatik yorug'lik uchun AA chekli qiymatga ega. Yuqoridagi (1) ifoda esa ideal monoxromatik to'lqin uchun o'rinlidir. Yorug'lik nurlarining yo'nalishiga perpendikulyar qilib xayolan S yuzni joylashtiraylik. Bu yuz orqali birlik vaqtda o'tayotgan yorug'lik to'lqinlarning energiyasi yorug'lik oqimi (F) deb ataladi va Js yoki Vt hisobida o'lchanadi. Birli8k vaqt ichida yuz birligi orqali o'tayotgan yorug'lik oqimi , ya'ni I = FS (2) Yorug'lik oqimining zichligi yoki yorug'lik intensivligi deyiladi. Yorug'lik intensivligi Vt m2 hisobida o'lchanadi. Yorug'lik intensivligi yorug'lik tarqalayotgan muhitning sindirish ko'rsatkichi n ga va yorug'lik to'lqin amplitudasining kvadratiga proporsional: I ~ nE2 m (3) Yung tajribasida M1 va M2 tirqishlardan chiqayotgan yorug'lik to'lqinlarning ustma-ust tushishi natijasida yorug'lik interferensiyasi ro'y ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:28:52
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.26 KB
Ko'rishlar soni
164 marta
Ko'chirishlar soni
39 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 May 2024 [ 18:28 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.26 KB
Ko'rishlar soni
164 marta
Ko'chirishlar soni
39 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:30 ]
Arxiv ichida: docx