Yorug'likning elektromagnit nazariyasi Reja: Kirish 1. Maykl Faradey nazaryasi 2. Jeyms Klark Maksvell nazaryasi 3. Genrix Gers nazaryasi Xulosa. TOSHKENT 2023 Kirish O'tmishga nazar soladigan bo'lsak o'z vaqtida Nyuton yorug'lik haqida mulohaza yuritar ekan, bu haqida, yorug'lik - tezligi deyarli cheksiz bo'lgan mayda zarrachalardan tashkil topadi deb ta'kidlar edi. Nyutonning zamondoshi bo'lgan yana bir mashhur fizik olim Xristian Gyuygens esa aksincha, yorug'lik to'lqin tabiatiga ega bo'lib, u xuddi tovushning havoda, yoki, istalgan biror moddiy muhitda tarqalishi singari tarqaladi degan g'oyani ilgari surardi. Taassufki, Gyuygensning g'oyalari Nyutonning ilmiy nufuzi soyasida qolib ketdi va akademik doiralarda unchalik ham katta qiziqishga sabab bo'lmadi. Hatto, odatda sermulohazaligi bilan ajralib turadigan kuchli olimlar ham, faktlarni tekshirib o'tirmasdan, shunchaki Nyutonning ta'kidlariga ishonib qo'ya qolishdi. Chunki, ularning fikricha, Nyuton noto'g'ri gapirishi ehtimoli mavjud emasdi. Maykl Faradey nazaryasi Elektromagnetizm haqidagi tushunchalarning rivojlanishi asnosida yuzaga kelgan yorug'likning mohiyatiga oid yangi fikrlar, yorug'lik tabiatiga oid avvaldan mavjud chalkashliklarni yanada chigallashtirib yubordi. Bu masala ayniqsa Faradeyni ikkilantirib qo'ygandi. Faradey yorug'lik tabiatiga oid yangi izohni izlay boshladi. Xususan Faradeyning kuch chiziqlari ham shunday tabiatga ega bo'lib, ularni statik emas, balki, dinamik nuqtai nazardan qarash lozim edi. Faradey yorug'likning elektromagnit tabiati haqida fikrlar ekan, bu boradagi o'z ilmiy tekshirishlarining natijalarini, o'zining 1846-yilda chop etilgan Nur vibratsiyalari haqidagi fikrlar, hamda, Magnit kuchining fizik chiziqlari haqida deb nomlangan, 1851-yilda chop etilgan asarlarida bayon qilgan. Faradey tomonidan 1845-yilda kashf etilgan, magnetizm hamda yorug'lik hodisalarining o'zaro bog'liq ekanligi haqidagi kashfiyot, yorug'likning mohiyati haqidagi Maykl Faradey ta'limotlarga yangi qon bo'lib kirib keldi va yorug'lik to'lqinlarining qat'iy ko'ndalangligiga yana bir bora ishora bergan edi. Bu esa, olimlar ongida o'rnashib qolgan, efir haqidagi eski aqidaga zid bo'lib, bu Faradey g'oyalarining ham xuddi Gyuygens g'oyalari kabi shubha ostiga olinishiga sabab bo'lishi mumkin edi. Faradey o'zining yorug'likning' elektromagnit tabiati haqidagi fikrlarini bayon qilar ekan, ko'ndalang to'lqinlar hosil bo'ladigan kuch chiziqlari haqida to'xtalib, shunday deydi: Bizga ma'lum nazariyadagi (olim bunda Gyuygensning to'lqin nazariyasini nazarda tutmoqda) - tebranishlar yorug'lik hodisalarining asosini tashkil etishi va u bilan bog'liq hodisalar esa, kuch chiziqlarida sodir bo'lishi mumkinligi haqida taxmin qilib ko'rish mumkin. Ushbu kuch chiziqlari zarrachalarni o'zida birlashtiradi. Demak, materiyaning massasini va tebranishini umumlashtiradi. Agar imkon berilsa, bu g'oya bizni efir tushunchasidan xalos etishi mumkin. Boshqa tomondan qaralsa, ushbu tebranishlar aynan efir muhitida yuz beradi deb olinadi. Olim elektromagnit kuch chiziqlarida yuz beruvchi tebranishlarning mohiyatini qandaydir mexanik jarayonlarga asoslanmagan, aksincha, bu tur tebranishning tamomila yangicha, hali to'liq tushunib yetilmagan qandaydir oliy turi deb ataydi. Bu turdagi tebranishlar ...

Joylangan
08 May 2024 | 18:31:00
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
147.42 KB
Ko'rishlar soni
162 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 15:31
Arxiv ichida: docx
Joylangan
08 May 2024 [ 18:31 ]
Bo'lim
Fizika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
147.42 KB
Ko'rishlar soni
162 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 15:31 ]
Arxiv ichida: docx